Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet52/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

7.2-jadval

Ko’rsatkichlar

Bosqichlar

1

2

3

4

5

Gorizontlar nuqtalari, m

+70

+40

+10

-20

-50

Bosqich chuqurligi, m

30

30

30

30

30

Qoplovchi tog’ jinsi ordinatasi, mm

31

37

86

75

33

Bosqichdagi qoplovchi tog’ jinsi maydoni, мм2

465

855

1290

1125

495

Ko’riladigan bosqichgacha qoplovchi tog’ jinsining umumiy maydoni, мм2

465

1320

2610

3735

4230

Foydali qazilma ordinatasi, mm

8

26

30

40

28

Bosqichdagi foydali qazilma maydoni, мм2

120

390

450

600

420

Ko’riladigan bosqichgacha foydali qazilma umumiy maydoni, мм2

120

510

960

1560

1980







Qoplovchi tog’ jinsining o’rtacha koeffitsiyenti, м3 / м3

3.87

2.56

2.63

2.34

2.1

Qoplovchi tog’ jinsining joriy koeffitsiyenti, м3/ м3

3.87

2.17

2.86

1.87

1.17







  1. Gorizontlar nuqtasi va bosqichlar chuqurligi qazilmaning ko’ndalang kesimi bo’yicha olinadi.

  2. Kon massasining ordinatalari (qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma) mos keluvchi bosiqichdagi shaklning kesimi o’rta chizig’ini o’lchagan holda aniqlanadi.

  3. Kon massasining, qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmaning maydoni ordinataning bosqich chuqurligiga ko’paytmasi bilan aniqlanadi.

  4. Kon massasi, qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmaning umumiy maydoni ko’riladigan bosqichgacha kon massasi (qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma) maydonlari yig’indisi bilan aniqlanadi.

  5. Qoplovchi tog’ jinsining o’rtacha koeffitsiyenti qoplovchi tog’ jinsining umumiy maydonini foydali qazilma umumiy maydoniga bo’lish bilan aniqlanadi, joriy qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti - mos keluvchi bosqichdagi qoplovchi tog’ jinsining maydonini shu bosqichdagi foydali qazilma bosqichiga bo’lish bilan aniqlanadi.

Qazib olinadigan aniq hajmlar natural kattalikka o’tkazilgan maydonlarning (qirqimning masshtabini hisobga olgan holda) karyer maydoni uzunligiga (yoki blok) ko’paytirish bilan aniqlanadi.
Karyer maydonini geometrik tahlil qilish va ishlar rejimini grafigini tuzish usuli karyer ustki qismida joylashgan qoplovchi tog’ jinsi hajmini hisobga olmaydi. Shu sababli bu usul karyerning chuqurlashishi bilan qoplovchi tog’ jinsi koeffitsiyenti va ularning dinamikasini aniq hisoblab bermaydi. Bu xatolikni qo’shimcha qoplovchi tog’ jinsi kattaliklarini aniqlash yo’li bilan yo’qotish mumkin, bu natijalarni mos keluvchi koeffitsiyentlarga qo’shish kerak. Qoplovchi tog’ jinsining qo’shimcha koeffitsiyenti karyer yuqori qismida qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi hajmining mos keluvchi karyer chuqurligidagi foydali qazilma qazib olishga hajmiga nisbatiga teng. Bitta karyer yuqorisidagi qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi hajmi (м3) quyidagi formula bilan aniqlanadi:

  • Qoplovchi tog’ jinsining qo’shimcha o’rtacha koeffistentini hisoblaganda:

V =1 Bctgy Н2 + 1 nctgy Н (7.3)
в.т ^ д о / т.с т.с.р ^ о/ т.с т.с.р V /

  • Qoplovchi tog’ jinsining qo’shimcha joriy koeffistentini hisoblashda:

Ve . т = ^ ВдС^Ут. с (Н 'т . с . р “ Н "т . с . в ) + ^ ^gУт. с (Н 'т . с . р “ Н 'т . с . в ) (7.4)
Bunda, Вд - karyer tubining kengligi, m;
ymc - karyer yonining o’rtacha qiyalik burchagi, daraja;
Нтсp - belgilangan nuqtadagi karyer uchidagi o’rtacha chuqurlik, m;
Нтс e- yuqorida yotgan nuqtadagi karyer yonidagi o’rtacha chuqurlik, m.
Qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilmalarning grafigini tuzish ketma-ketligi aylanasimon tik qiya va qiya qazilmalarni qazib olishda, shuningdek ishlar frontining yelpig’ichsimon va aralash harakatlanishida ishga ko’rsatilgandagiga xos bo’ladi [26].

  1. KON ISHLARIREJIMINING KALENDAR REJASI

Karyer maydonlarining geometrik tahlilida (yuqorida ko’rsatilgan) kon ishlarining rivojlanish davri bo’yicha qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi va foydali qazilma grafiklari tuzildi. Bosqichlar sifatida kon ishlarining bir qancha siljishi (yotgan va gorizontal qazilmalar uchun) va kon ishlarining bir qancha chuqurlashishi (qiya va tik qiya kon uyumlai uchun) qabul qilingan. Kon ishlarini rejalashtirishda kon tashkilotlarining barcha texnik-iqtisodiy hisoblari bu bosqichlarga qarab emas, kalendar hajmlarga qarab bajarilishi sababli, karyerning mavjud vaqtiga qarab kalendar rejalarni tuzish kerak bo’ladi. Kalendar rejalar (7.5-rasm.) quyidagicha tuziladi.
1. Qulay masshtabda absitsa o’qiga teng qirqimmlar o’rnatiladi (karyer ishlash yillariga mos keladigan), boshqa o’qda esa - (absitsa o’qiga parallel bo’lgan) -har bir bosqichdagi (t, t2, t3 va boshqa) foydali qazilma qazib olish vaqtlari o’matiladi, bular esa quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:



7.5-rasm.. Tik qiya kon uyumi uchun kon ishlari kalendar rejasi:


1 - qazib olish ishlarining grafigi; 2 - ochish ishlarining grafigi; tx,t2,t3... - bosqich chegarasida zaxiralarni qazib olish vaqti; h, - kon ishlarining yillik chuqurlashish tempi; Угм - qoplovchi tog’ jinsi (foydali qazilma) hajmi.






  1. rasm. Gorizontlar kon uyumlari uchun kon ishlari kalendar rejasi:

1 - qazib olish ishlarining grafigi; 2 - ochish ishlarining grafigi; - kon ishlarining yillik
harakatlanish tezligi; t3,t2, t3... - bosqich chegarasida zaxiralarni qazib olish vaqti; Уг.м - qoplovchi tog’ jinsi (foydali qazilma) hajmi.
t = ЗэQ (7.5)
Bunda, Зэ - bosqich chegarasidagi foydali qazilma zaxirasi, м3;
QKZ - karyeming foydali qazilma bo’yicha yillik unumdorligi (loyiha tomonidan belgilangan), м3.
Tik qiya kon uyumlarini qazib olishda va karyerni uzunlik bo’yicha bir nechta foydali qazilma bloklariga bo’lish kerakligida foydali qazilma zaxiralari i - blokdagi S qazilmaning qirqim maydonlarining shu blokning uzunligiga Ц ko’paytmasi bilan aniqlanadi:
пб
З = Z S,l, (7.6)
1
Bunda, пб - bosqich chegarasidagi bloklar soni.

  1. Karyer ishlarining yillar bo’yicha mos keluvchi nuqtalardan chiziqlar (parallel ordinata o’qlari) o’tkaziladi va ularda karyerning mos keluvchi yildagi foydali qazilma bo’yicha unumdorligini ko’rsatuvchi qirqimlar qabul qilingan masshtabda joylashtiriladi. Qirqimlar oxirini chiziqlar bilan bog’lab, foydali qazilmaning kalendar rejasini hosil qilamiz. Agar karyerning foydali qazilma bo'yicha unumdorligi karyerning butun ishi davomida o'zgarmas bo'lsa, unda qazib olish ishlarining kalendar rejasi absitsa o’qiga parallel bo’ladi. O’zgaruvchan bo’lganda chizma pog’onasimion bo’ladi. Shuningdek karyerning boshlang’ich davridagi (loyihaviy unumdorlikka erishish) va kon ishlarining yakunlanishdagi unumdorligini aniqlash kerak. Asosan karyerni foydalanishga topshirishda uning unumdorligi loyiha unumdorligini 40-60% ini tashkil qiladi. Karyerning loyiha unumdorligiga erishish vaqti 2-3 yilni tashkil qiladi. Karyer ishining oxirgi 2-3yilida uning unumdorligi nolgacha tushadi.

  2. Bosqich chegarasidagi karyerning qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha unumdorligi (м3) doimiy hisoblanadi va har bir foydali qazilmani bosqichli qazib olish davri uchun quyidagi formula qo’llaniladi:

a=к.э /1 (7.7)
Bunda, Ve3 - bosqich chegarasida qoplovchi tog’ jinsi hajmi, (м3). t - shu bosqichda foydali qazilma zaxiralarini qazib olish davri, yillar.
Bosqich chegarasida qoplovchi tog’ jinsi bo’yicha karyeming unumdorligini aniq hisoblash uchun karyer yon bortlaridagi qoplovchi tog’ jinsi hajmini aniqlash kerak. Bu holatda karyerning unumdodligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Q = (7.8)
Bunda, Vem- (7.4) formula bo’yicha aniqlanadigan yon bortdagi qazib olinadigan qoplovchi tog’ jinsi hajmi.
Asosan ochish ishlarining kalendar grafigi pog’onasimon bo’ladi.
Kerak bo’lganda karyer kon ishlarining kalendar grafigiga ish frontining harakatlanish tezligini^ (gorizontal qazilmalar uchun) (7.6-rasm.) yoki quyidagi formulalar bilan aniqlanadigan kon ishlarining yillik chuqurlashish tempi hz (tik qiya qazilmalar uchun) kiritiladi:

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish