tgP Bunda, aKpm - tik qiya transheyaning ko’tarilishi mumkin bo’lgan burchagi, daraja;
в - karyer bortining qiyalik burchagi, daraja.
Tik qiya kapital transheyalar yuqoridan birinchi markazlashtirish gorizonti nuqtasigacha o’tkaziladi (100-150m chuqurlikkacha), gorizont qayta yuklash uskunasi bilan ta’minlangan. Karyerning chuqurlashishi bilan kapital transheyalar uzunlashadi (har 45-60m chuqurlikdan keyin). Kon massasini zaboydan qayta yuklash nuqtasigacha avtosamosvallar bilan tashiladi.
Yer osti kon lahimlari bilan ochish usuli (6.12-rasm.) tog’li va chuqur karyerlarda qo’llaniladi, bunda yer osti kon lahimlarini o’tish va ulardan foydalanish kapital transheyalarga qaraganda arzon bo’lishi kerak (katta chuqurlikdagi uncha turg’un bo’lmagan tog’ jinslarida, tog’li konlarni qazib olishda, baland tog’ yonbag’rida). Ochuvchi kon lahimlari sifatida vertikal va qiya stvollar, rudatushurgichlar, shtolnyalar, kvershlaglar va boshqalar qo’llanilishi mumkin. Uncha katta bo’lmagan tog’lik va tekis maydonga ega bo’lgan konlarni ochish tashqi joylashgan yarim transheyalar bilan amalga oshiriladi. Ishchi gorizontlar qoidaga ko’ra alohida yoki guruhli yarim transheyalar tizimi bilan ochiladi, bu esa karyer yonidan (karyer maydonidan tashqarida) har bir pog’ona uchun alohida bo’sh tog’ jinslariga ega bo’lishga imkon beradi (6.13-rasm.). Karyer transportiga ko’ra yarim transheyalar trassasi
oxiri berk yoki tugunli shaklda bo’ladi.
6.12-rasm. Yer osti kon lahimlari bilan tog’ yon bag’ri (a) va chuqur (b) konlarni ochish sxemasi:
1 - ruda tushurgich; 2 - shtolnya; 3 - kvershlaglar; 4 - stvollar; 5 - karyer konturi
KON LAHIMLARINI O’TISHDA ISHLARNI TASHKIL QILISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZATSIYALASH
“Kon lahimlarini o’tish” tushunchasi kon lahimi konturlaridagi tog’ jinsini qazib olishni va uni shu konturlardan tashqariga tashishni anglatadi. Qazib olinadigan tog’ jinsning fizik-texnik xususiyatlariga ko’ra ularni qazib olish burg’ulash-portlatish usuli bilan maydalash bilan yoki maydalasiz amalga oshiriladi (yoki boshqa usullar bilan). Kon lahimlari transportli va transportsiz usullar bilan o’tiladi. Transportli usulda qazib olinadigan kon massasi katta masofalarga temiyo’l, avtomobil va konveyer transporti bilan tashiladi. Kon massalarini qazib olish va yuklash mexanik kuraklar, draglaynlar va boshqa ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan pastdan va yuqoridan yuklash bilan amalga oshiriladi. Transportsiz usulda qazib olinadigan tog’ jinsi bevosita qazib olish uskunasi bilan (draglayn va mexanik kuraklar) qazib olinadi va kon lahmining yuqori qismiga joylashtiriladi. Transheyalarni o’tishning transportsiz usuli nisbatan iqtisodiy tomondan foydali lekin uning qo’llanish sohasi kichik. Bu usul kapital transheyalarning tashqi joylashuvida va karyer maydoni chegarasida o’tkaziladigan yuqori pog’onalardagi ichki joylashuv transheyalarida qo’Uamladi.
Transheyalarni transportli o ’tish usuli. Transheyalarni temiryo’l transporti va mexanik kuraklar yordamida o’tishda ko’plab hollarda yuqoridan yuklash qo’llaniladi, ya’ni temiryo’l yo’llari transheya bortida joylashadi. Transheyalarni o’tishda pastdan yuklash uskunaning foydalanish koeffitsiyenti kam bo’lganligi uchun qo’llash iqtisodiy tomondan samarali emas. Yuqoridan yuklash bilan transheyalarni o’tish uchun uzaytirilgan ishchi a’zoga ega EKG-2U, EKG-3.2U, EKG-4U va EKG-6.3U ekskavatorlari qo’llaniladi. Transheyaning chuqurligi ekskavatorning maksimal bo’shatilish qobiliyati va transport vositasining balandligiga bog’liq bo’ladi. Uncha turg’un bo’lmagan va qiyalik burchagi kichik bo’lgan tog’ jinslarida transheyalarni o’tish transheyaning joylashuv chuqurligi ekskavatorning bo’shatish radiusi bilan tekshirilishi kerak. Transheyaning chuqurligi Hm va asosining kengligi В kattaligi, temiryo’l transportiga yuqoridan va pastdan yuklanish holati 6.3-jadvalda keltirilgan.