k
рез
-gd
®з
1 - k
к
Foydali qazilmaning aralashuv koeffitsiyenti:
Foydali qazilmani yo’qotish va aralashuvini kamaytirish bo’yicha ishlar karyerni proekt qilishda va foydalanish davrida amalga oshiriladi. Karyerni proektlash kuzatuv ishlari
asosida amalga oshirish kerak, shunda karyerni qazib olish tizimini tanlash va ularning elementlarini aniqlash osonlashadi. Qiya va tik qiya konlarni qazib olishda yo’qotishlarni kamaytirish uchun konlarni qazilmaning osilgan tomonidan qazib olish amalga oshiriladi. Mobil transport turlaridan foydalanish (misol uchun, avtomobil transporti) murakkab tuzulishli qazilmalarni qazib olishda yo’qotishlarni kamaytirishga yordam beradi.
Konlardan foydalanishda yo’qotishlarni kamaytirish yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bilan amalga oshadi, bunda konlarda alohida qazib olish amalga oshirilishi mumkin. Shunday qilib, karyerlarda teskari mexanik kuraklar, gidrvlik ekskavatorlar, g’ildirakli skreperlar bilan majmuada yumshatgichlardan foydalaniladi. Foydali qazilmalarni qazib olishda ularning nisbatan to’liq qazib olinishi uchun avval marksheyder ishlarini amalga oshirgan holda maydonning tuzilishini, dezyunktiv o’zgarishlami nazorat qilish va boshqa hollarga e’tibor berish kerak. Shunda foydali qazilmaning yo’qotishlari kamayadi va sifati oshadi.
Konlami qo’shimcha qazib olish maxsus transport turlari va uskunalar bilan,
karyerning yopilgan bortlarida, karyer tubida, himoyaviy va chegara butunliklarida minimal foydali qazilma qolishini ta’minlagan holda amalga oshiriladi. Misol uchun, kon ishlarini yotgan ko’mir maydonlarida tugatish uchun shnekburg’ulash uskunalaridan (rasm. 10.1), tik qiya plastlarda - draglaynlardan (rasm. 10.2) foydalanish mumkin.
10.1-rasm.. Kon ishlarini tugatishda shnekli burg’ulash mashinalaridan foydalangan holda qazib olish sxemasi:
1 - shnekli burg’ulash mashinasi; 2 - karyer bortining oxirgi holati; 3 - ko’mir qatlami
10.2. Rasm.. Tugatilgan kon ishlarida ko’mirni draglayn yordamida qazib olish sxemasi:
1 - draglayn; 2 - avtosamosval; 3 - ko’mir plasti
QAZIB OLINGAN FOYDALI QAZILMANING SIFATIGA QAZIB OLISH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZATSIYASINING TA’SIRI
Karyerlarda qo’llaniladigan mexanizatsiyalash vositalari va asosiy qazib olish ishlarini bajarish usullari katta miqyosda qazib olingan foydali qazilma sifatiga, yo’qotishlar darajasiga va boshqa jinslar bilan aralashuviga ta’sir qiladi.
Bu ta’sir katta miqyosda murakkab tuzulishli konlami qazib olishda, qazib olinadigan kon massasi bir necha murakkab zaboylar holatida ko’ringanda ko’rinadi. Murakkab zaboylarning barcha turlari ularning turlariga hos ko’rinishda bo’lishi mumkin (10.3-rasm.).
turga balandligi bo’yicha ikkita va undan ortiq gorizontal va yotgan holda joylashgan alohida qazib olinadigan qatlamli foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsi bo’lganda yoki qayta ishlanadigan foydali qazilmalarning turli turlari bo’lgan zaboylar kiradi. Bu zaboy turlari bir qancha ko’mir, fosforit va qurilish materiallari konlarida ko’rinishi mumkin.
10.3-rasm.. Murakkab tuzilishli zaboy turlari:
a, b - 1-tur; v, g- 2-tur; d, e - 3-tur; 1 - qoplovchi tog’ jinsi; 2 - ruda
tur zaboylariga harakatlanadigan tik qiya va qiya qatlamli foydali qazilma va bo’sh tog’ jinslari yoki alohida qayta ishlanadigan foydali qazilma turlari kiradi. Bunday zaboylar ko’pincha qo’rg’oshin-ruh, mis-molibden, fosforit, asbest karyerlarida va Kuzbass ko’mir karyerlarida ko’p uchratiladi.
tur zaboylariga turli turdagi foydali qazilmalar ketma-ketlikda joylashmagan holadagi zaboylar kiradi. Bunday turdagi zaboylar bir qancha temir rudalari konlarida va rangli metal konlarida uchraydi.
Qazilmalarning murakkab yotish holatlarida, qazilmaning o’lchamlarining katta o’zgarishida, foydali qazilmaning sifat ko’rsatkichlarining katta darajada o’zgarishi va turli boshqa omillarning ta’sirida (asosiy jarayon uskunalarining texnik qobiliyatilari, iste’molchilaming sifatga bo’lgan talabi va boshqalar) qazib olishning alohida jarayonlarini
tashkil qilish samarali, kerakli sifat ko’rsatkichlarini bera oladigan bo’lishi kerak.
Qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslari ko’rinishida bo’lgan murakkab zaboylarga birinchi o’rinda burg’ulash - portlatish yumshatishiga kuchli talablar qo’yiladi. Murakkab zaboylarda birlamchi maydalashni nazorat qilish foydali qazilmaning yo’qotilishini va ularning qoplovchi tog’ jinslari bilan aralashuvini nazorat qilishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.
Alohida yumshatish deganda, turli vaqtda turli turdagi foydali qazilmalarning yoki foydali qazilma va qoplovchi tog’ jinsining alohida portlatish bilan yumshatilishi tushuniladi. Tog’ jinsining birinchi turi portlatilgandan keyin uning ikkinchi turi yoki tog’ jinsi birinchisi to’la tashib bo’lingandan keyin portlatiladi. Burg’ulash portlatish ishlarining parametrlari va tashkil qilinishi qazib olinadigan zaboyning murakkabligi bilan belgilanadi. Amaliyot alohida portlatishning eng yaxshi ko’rsatkichlari qiya portlatish skvajinalarini portlatish bilan, ayniqsa ishlar frontining osilgan yon bilan kelganda erishilishini ko’rsatadi (rasm. 10.4).
Nisbatan qalin qazilmalarni qazib olishda vertikal skvajinalardan foydalaniladi.
10.4-rasm.. Murakkab tuzilishli zaboylarni yumshatish usullari:
a - qiya skvajinalardan foydalangan holda alohida yumshatish; b - o’sha, vertikal skvajinalardan foydalangan holda; v - qiya skvajinalardan foydalangan holda bir vaqtda portlatish; g - vertikal skvajinalardan foydalangan holda qisilishda portlatish
Bir vaqtda yumshatish asosan turli sortli rudalar noto’g’ri tuzulishga ega bo’lganda va yotishning doimiy bo’lmagan elementlarida, ya’ni alohida portlatish va yumshatish turli sortli rudalarni selektiv qazib olish imkonini bermaganda qo’llaniladi. Bir vaqtdagi yumshatishda, portlatish vaqtida kon massalarining aralashuvining minimal holatiga erishilishini ta’minlash kerak, ya’ni tabiiy portlatiladigan blokning minimal o’zgarishiga harakat qilish kerak. Bu tog’ jinsi yig’imining minimal kengligida va qisilishda portlatishda erishiladi. Aralashuv darajasi qatlamning pog’onaga nisbatan joylashish balandligiga bog’liq bo’ladi. Minimal aralashuvga pog’onaning pastki qismida erishiladi (10.4-rasm.). Qisilishdagi portlatish shuningdek qatlamlarning minimal siljishini ta’minlaydi, bunda ruda qatlamining tog’ jinsi bilan aralashuvi minimal bo’ladi va selektiv qazib olishga yaxshi sharoitlar yaratiladi.
Murakkab zaboylarda qazish-yuklash ishlari shuningdek bir qancha o’ziga hosliklarga ega. Ular qazib olinadigan foydalp qazilmaning sifatiga oxirgi ta’sirni ko’rsatadi. Qoyasimon tog’ jinslari ko’rinishida bo’lgan murakkab qatlamlarni qazib olishda asosan avtomobil va temiryo’l transporti bilan majmudagi bir cho’michli ekskavatorlardan foydalaniladi. Bunday hollarda bir cho’michli yuklagichlar ham keng qo’llaniladi.
Murakkab zaboylarda portlatilgan tog’ jinslarini qazib olishning o’ziga hosliklari ularning transformastiyasi bilan (portlatish vaqtida) bog’liq, bu esa tekshirishlar natijasini va birlamchi geologik-marksheyder hujjatlaridan foydalanishni murakkablashtiradi, shuningdek foydali qazilmaning tog’ jinsi bilan qo’shimcha aralashuviga olib keladi va rudalarning turli sortlarining chiqishi bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda oddiy valli qazib olish tog’ jinslari aralashuvining oshishiga olib keladi va kondistion bo’lmagan tog’ jinslari chiqishiga, shuningdek umumiy yo’qotishlarni oshishiga olib keladi. Bu mahalliy va chet el karyerlarida selektiv qazib olish va yuklashning qo’llanilishiga olib keladi.
Portlatilgan murakkab zaboylarda selektiv qazib olish oddiy va murakkab bo’lishi mumkin.