Morrining seshanba darslari Muallif: Mich Elbom


Yettinchi seshanba: keksayishdan qoʻrqish haqida suhbatlashamiz



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,77 Mb.
#221767
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Bog'liq
Morrining seshanba darslari 60511

Yettinchi seshanba: keksayishdan qoʻrqish haqida suhbatlashamiz 
Morri 
jangni boy berdi. Endi kimdir uning ketini artib qoʻyadigan boʻldi. 
U  buni  odatiy  dovyuraklik  bilan  qabul  qildi.  Hojatdan  keyin  qoʻli  orqasiga  yetmayotganini 
anglagach, yana bir imkoniyati cheklanganidan Konnini xabardor qildi. 
– Mening oʻrnimga bu ishni qilishga uyalmaysizmi? 
– Yoʻq, — javob berdi u. 
Dastlab insonning oʻzidan soʻrab olish – Morri uchun xos xislat edi. 
Bu  holat  qaysidir  maʼnoda  xastalikka  toʻliq  taslim  boʻlish  hisoblangani  sababli  Morri  unga 
koʻnikish bir oz vaqt olganini tan oldi. U endilikda eng oddiy va oʻta shaxsiy ishlarni bajarish 
imkoniyatidan  ham  mahrum  boʻlgandi:  hojatxonaga  borish,  burnini  artish,  avratini  yuvish. 
Nafas  olish  va  ovqatini  yutishdan  tashqari,  u  deyarli  barcha  narsada  boshqalarga  qaram 
boʻlib qolgandi. 
Men Morridan qanday qilib shu vaziyatda ham nekbin kayfiyatda yashashni uddalayotganini 
soʻradim. 
–  Mich,  bu  qiziq,  —  dedi  u.  –  Men  mustaqil  odamman,  demak,  bularning  barchasi  – 
mashinadan  tushishda  birovning  yordamiga  tayanish,  kimdir  meni  kiyintirib  qoʻyishi  kabi 
ishlarga qarshi kurashishim zarur, degan fikrda edim. Boshida bir oz uyaldim ham, chunki 
jamiyatimiz  bizga  ketimizni  oʻzimiz  arta  olmasak,  bundan  uyalishimiz  kerakligini  uqtiradi. 
Keyin  oʻylab  qoldim:  “Jamiyat  nima  deyishini  esingdan  chiqar.  Umrimning  koʻp  qismini 
jamiyat  meʼyorlariga  amal  qilmay  oʻtkazdim.  Bu  safar  ham  uyalib  oʻtirmayman.  Shu  ham 
muammomi?” Bilasanmi nima? Juda gʻalati narsa sodir boʻldi shunda. 
– Nima boʻldi? 
–  Boshqalarga  qaramligimdan  rohatlana  boshladim.  Hozir  meni  yonboshga  yotqizib, 
ogʻriqlarni  oldini  olish  uchun  orqamga  malham  surib  qoʻyishlaridan  rohatlanaman. 
Peshonamni  artib  qoʻyishganida  yoki  oyoqlarimni  uqalashganda  ham.  Men  bundan 
zavqlanaman.  Koʻzlarimni  yumib,  xursandchilikni  qalbimga  singdiraman.  Bu  juda  tanish 
tuygʻudek  tuyuladi  menga.  Xuddi  bolalikka  qaytib  qolgandek  sezaman  oʻzimni.  Kimdir 
choʻmiltiradi.  Kimdir  koʻtaradi.  Kimdir  artib  qoʻyadi.  Bola  boʻlishni  hammamiz  bilamiz.  Bu 


 
61 
 
narsa  barchamizning  ich-
ichimizda  bor.  Men  uchun  bu,  shunchaki,  bola  boʻlishdan 
rohatlanishni  qayta  yodga  olish,  xolos.  Haqiqat  shundaki,  hammamiz  ham  onamiz  bizni 
qoʻllariga  olishi,  tebratishi,  boshimizni  silashidan  zavqlanib  toʻymaganmiz.  Har  birimiz 
qaysidir darajada oʻsha kunlarni  – parvarishimiz butunlay oʻzgalarning zimmasida boʻlgan 
pay
tlarga,  bizga  beminnat  mehr,  shartsiz  eʼtibor  koʻrsatilgan  davrlarni  qoʻmsaymiz. 
Koʻpchiligimiz shu mehrga toʻymay qolganmiz. Menga shu narsalar yetishmagan. 
Men  Morriga  qaradim  va  birdaniga  nega  u  tomonga  egilib,  mikrofonni  toʻgʻrilashim, 
yostiqlarini  koʻtarib  qoʻyishim  yoki  mijjalarini  artib  qoʻyishimdan  bunchalar  xursand  boʻlib 
ketishini  tushundim.  Inson  tafti.  Yetmish  sakkiz  yoshida  u  kattalar  kabi  berib,  bolalarcha 
qabul qilayotgandi. 
Shu kuni kechga yaqin keksayish haqida suhbatlashdik. Ehtimol, keksa
yish qoʻrquvi desam 
toʻgʻriroq  boʻlar.  Bu  mavzu  bizning  avlodimizni  qiynayotgan  savollar  roʻyxatidagi 
masalalardan biri edi. Boston aeroportidan kelgunimcha yoʻldagi yosh va chiroyli odamlar 
aks ettirilgan reklama taxtalarini sanadim. Bittasida kelishgan yigit, kovboylar shlyapasi kiyib, 
tamaki  chekib  turibdi,  keyingisida  ikkita  yosh,  chiroyli  ayol  shampun  idishiga  qarab 
jilmaymoqda,  yana  biridan  jinsi  shimining  tugmalari  qadalmagan  oʻsmir  qiz  nozli  nigoh 
tashlamoqda,  boshqasida  esa  qora  chiyduxoba  koʻylakli  jozibali  ayol  kostyum-shim  kiyib 
olgan erkakning yonida turibdi, qoʻllarida bir qadah shotland viskisi. 
Yoʻlga oʻrnatilgan reklamalarda birorta ham yoshi oʻttiz beshdan oshgan kishini koʻrmadim. 
Morriga  qanchalik  choʻqqida  qolishga  urinmay,  bari  bir  dovonni  oshib,  yana  pastlay 
boshlaganimni  his  qilayotganimni  aytdim.  Muntazam  jismoniy  mashqlar  qilardim.  Toʻgʻri 
kelgan  narsani  yeb  ketavermasdim,  parhezli  ovqatlar  isteʼmol  qilardim.  Oynaga  tikilib, 
sochimning  farqini  tekshirardim.  Avvallari  yosh  boʻlishimga  qaramay,  koʻp  yutuqlarga 
erishganim sababli yoshimni aytishdan faxrlanardim, endi esa qirq yoshga, demak, kasbiy 
tanazzulga ham, juda yaqinlashib qolganimdan qoʻrqib, yosh haqida gapirishdan qochaman. 
Morri keksayishga ijobiy tomondan qarardi. 
–  Yoshlikni  madh  etishlariga  men  laqqa  ishonib  ketavermayman,  —  dedi  u.  –  Quloq  sol, 
yoshlik qanchalar ogʻir kechishini bilaman,  shuning uchun menga yoshlikni maqtab ovora 
boʻlma. Oldimga ruhiy parokandalik, ichki ziddiyatlar, oʻzidan qoniqmaslik hissidan shikoyat 
qi
lib  kelgan  bolalarning  barchasi  hayotni  gʻam-hasratga  toʻla  deb  bilib,  shu  qadar 
tushkunlikka  tushganidan  oʻzlarini  oʻldirishni  xohlardi…  Shuncha  badbaxtliklar  kamdek, 
yoshlarga donolik ham yetishmaydi. Ular hayot haqida juda sayoz tushunchaga ega. Nimalar 
sodir boʻlayotganini tushunmagach, kim ham har kuni yashagisi keladi? Odamlar istaganicha 
qarashlaringga ishlov beradi, “Mana bu atirni sotib olsang, goʻzal boʻlasan” yoki “Mana bu 
jinsi shimni olsang, jozibador koʻrinasan” deyishadi va sen ularga ishonasan! Gʻirt bemaʼnilik! 
– Hech keksayishdan qoʻrqmaganmisiz? — soʻradim men. 
– Mich, men keksalikni quchoq ochib kutib olaman. 


 
62 
 
– Quchoq ochib? 
– Bu juda oddiy. Yoshing oʻtgani sari hayotiy tajribang ham oshib boraveradi. Agar yigirma 
ikki yoshligingcha qolga
ningda, bir umr yigirma ikki yoshingdagi kabi johil boʻlib yasharding. 
Bilasanmi,  keksayish  bu  faqatgina  soʻlish  degani  emas.  Bu  oʻsish  degani.  Ajaling 
yaqinlashayotgani yomon, albatta, ammo oʻlim muqarrarligini anglab yetishing va shu sababli 
ham mazmunliroq hayot kechirishing 
– keksayishning ijobiy tomoni. 
– Toʻgʻri, — dedim men. – Lekin keksayish shuncha afzalliklarga ega boʻlsa, nega odamlar 
doim  “Qaniydi,  yoshligimga  qaytib  qolsam!”  deydi?  Kimningdir  “Oltmish  besh  yosh  boʻlib 
qolsam edi!” deganini hech eshitmaysiz. 
U jilmaydi. 
– Bilasanmi, bu nimadan darak beradi? Oʻz hayotidan qoniqmaslik. Behuda kechgan umr. 
Mazmuni topilmagan hayot. Sababi, agar sen hayoting mazmunini topgan boʻlsang, ortga 
qayting  kelmaydi.  Olgʻa  intilging  keladi.  Yana-da  koʻprogʻini  koʻrishni,  kattaroq  ishlarni 
amalga  oshirishni  xohlaysan.  Oltmish  besh  yoshingni  orziqib  kutasan.  Quloq  sol.  Sen  bir 
narsani tushunishing kerak. Barcha yoshlar buni bilishi kerak. Agar nuqul keksayishga qarshi 
kurashish  bilan  band  boʻlsang,  bir  umr  baxtsizligingcha  qolaverasan,  chunki  keksalikdan 
qochib qutula olmaysan. Ha, yana bir gap, Mich, 
— u ovozini pastlatdi. – Haqiqat shuki, sen 
ham oxir-
oqibat oʻlasan. 
Men bosh irgʻatdim. 
– Oʻzingni nimalar deb ovutishingdan qatʼiy nazar. 
– Bilaman. 
– Biroq, umid qilamanki, — dedi u, – ungacha hali juda, juda koʻp vaqt bor. 
U  yuzida  xotirjam  ifoda  bilan  koʻzlarini  yumdi,  keyin  esa  mendan  boshining  orqasidagi 
yostiqlarni toʻgʻrilab qoʻyishni soʻradi. U oʻzini qulay his qilishi uchun tana holatini muntazam 
oʻzgartirib turish zarur edi. U oppoq yostiqlar, sariq porolon va koʻk sochiqlar bilan yasatilgan 
kresloda  yastanib  yotardi.  Bir  qarashda  Morri  yuk  sifatida  joʻnatishga  tayyorlanib, 
qadoqlanayotgandek tuyulardi. 
– Rahmat, — dedi u, yostiqlarni surib qoʻyar ekanman. 
– Arzimaydi, — dedim men. 
– Mich, nima haqida oʻylayapsan? 
Javob berishdan oldin bir oz oʻylanib turdim. 


 
63 
 
–  Mayli,  —  dedim  keyin.  –  Qanday  qilib  yosh,  sogʻlom  kishilarga  hasad  qilmasligingiz 
mumkinligi haqida bosh qotiryapman. 
– Xah, albatta, hasad qilaman, — u koʻzlarini yumdi. – Ularning sport klublari yoki suzishga 
borish  imkoni  borligiga  hasad qilaman.  Yoki raqs  tushishiga.  Asosan,  raqs tushish  imkoni 
hasadimni keltiradi. Lekin  hasad kirib  keladi, men uni his qilaman, keyin esa koʻnglimdan 
chiqarib  yubo
raman.  Voqelikdan  uzilish  haqidagi  gaplarim  esingdami?  Qoʻyib  yubor.  “Bu 
hasad, hozir men undan ajralib chiqaman”, deb ayt oʻzingga. Keyin esa undan uzoqlash. 
Morri  yoʻtaldi:  uzoq,  tomoqni  yirtadigan  darajada  qattiq  yoʻtal.  Sochiqchani  ogʻziga  bosib, 
zaifgina tupurdi. Uning qarshisida oʻtirar ekanman, oʻzimni undan koʻra ancha kuchli, kulgili 
darajada kuchliroq, his qildim, goʻyoki uni bir qop undek koʻtarib, osongina yelkamga ortib 
oladigandek. Bu ustunligimdan uyalib ketdim, chunki boshqa hech bir jabhada undan ustun 
jihatim yoʻq edi. 
– Hasad qilishdan qanday tiyilasiz? 
– Kimga? 
– Menga. 
U jilmaydi. 
– Mich, qarilarning yoshlarga hasad qilmasligi ilojsiz. Hamma gap oʻzingni boringcha qabul 
qilib, bundan quvona bilishingda. Hozir oʻttiz yosh boʻlish navbati seniki. Men ham bir paytlar 
oʻttiz yoshli boʻlish gashtini surganman, endi esa yetmish sakkiz yoshli boʻlish vaqtim keldi. 
Ayni paytdagi hayotingning ijobiy, goʻzal va asl tomonlarini koʻra bilishing zarur. Ortga boqish 
odamda raqobat ruhini uygʻotadi. Yosh esa raqobatlashadigan masala emas. 
U nafas chiqarib, goʻyoki yoyilib ketayotgan havoni tomosha qilmoqchidek, pastga qaradi. 
– Rostini aytsam, menda barcha yoshlar mujassam. Men uch yoshdaman, besh yoshdaman, 
oʻttiz yetti yoshdaman, ellik yoshdaman. Men ularning barchasini boshimdan kechirganman, 
demak,  muayyan  yoshda  boʻlish  qandayligini  bilaman.  Bola  boʻlish  joiz  boʻlsa,  oʻzimni 
boladek  tutishdan  zavqlanaman.  Dono  qariya  boʻlishning  oʻrni  kelganda,  dono 
qariyaligimdan quvonaman. Tasavvur qilib koʻrgin, a, nechta insonga aylana olaman! Hozirgi 
paytimgacha boʻlgan barcha yoshda boʻla olaman. Nima deyayotganimni tushunyapsanmi? 
Men bosh irgʻatdim. 
– Qanday qilib sening hozirgi holatingga hasad qilishim mumkin, oʻzim ham shu yoʻlni bosib 
oʻtgan boʻlsam? 
 


 
64 
 

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish