68
koʻtarib, bir dyuymginaga surish yoki rang-barang yostiqlarga qulayroq joylashish uchun
boshini toʻgʻrilab qoʻyishni soʻrardi. Oʻz boshingizni qimirlatishga ham qurbingiz yetmay
qolishini tasavvur qila olasizmi?
Har tashrifimda Morri kursisiga tobora chuqurroq singib, uning umurtqa pog
ʻonasi ham kursi
shakliga kirayotgandek tuyulardi. Shunga qaramasdan, har tong uni yotoqdan olib,
aravachasiga oʻtqizib, kitoblar va qogʻozlarga toʻla, deraza tokchasida hibiskus guli
oʻsayotgan shaxsiy kabinetiga eltib qoʻyishlarini soʻrardi. Odatdagidek, Morri shu harakatdan
ham falsafiy maʼno topardi.
– Oxirgi yozilgan hikmatli soʻzlarim shu haqida, — dedi u.
– Qani, eshitaylik-chi.
– Yotogʻingdan turmabsan, demakki, sen – murdasan.
Morri jilmaydi. Faqatgina Morri shu holatida ham bu kabi hazillarga kula olardi.
“Tungi xabarlar” koʻrsatuvi xodimlari va hattoki Ted Koppelning oʻzi ham unga bir necha
marta qoʻngʻiroq qilishdi.
– Uyga kelib, men haqimda yana bitta koʻrsatuv olishmoqchi, — dedi u. – Lekin yana bir oz
kutaylik, deyishdi.
– Nimani kutadi? Soʻnggi nafasingizni kameraga muhrlashnimi?
– Qaydam. Bari bir unga ham koʻp qolmadi.
– Unday demang.
– Uzr.
– Joningiz uzilishini kutayotganliklari gʻashimni keltiryapti.
– Menga joning achigani uchun ham bu seni gʻashingga tegyapti, — jilmaydi Morri. – Mich,
balki ular tomoshabinlarga qaygʻuli tomosha koʻrsatish maqsadida mendan
foydalanmoqchidir. Qarshiligim yoʻq. Ehtimol, men ham ulardan foydalanayotgandirman.
Ular fikrlari
mni millionlab odamlarga yetkazishimga koʻmaklashmoqda. Ularsiz bu narsa
qoʻlimdan kelmasdi-ku, toʻgʻrimi? Shunday ekan, bu ikki tomonlama manfaatli bitim.
Uni
yana uzoq, tomoqni qiruvchi yoʻtal tutib, oxiri quyuq balgʻam koʻchishi bilan yakunlandi.
– Nima boʻlganda ham, — dedi Morri. – Men ularga koʻp kutmaslikni maslahat berdim, chunki
yaqinda ovozimdan ham tamoman ayrilishim mumkin. Bu dard oʻpkamga yetib kelishi bilan
tildan qolsam kerak. Hozir dam olmasdan uzoq gapirolmayman. M
eni koʻrgani kelmoqchi
69
boʻlganlarning ham koʻpchiligiga rad javobini berdim. Mich, ular biram koʻpki. Juda holdan
toyganman. Ularga yetarlicha eʼtibor qaratmasdan yordam berolmayman.
Oʻzimni aybdor his qilgancha, magnitofonga qaradim. Goʻyoki uning qimmatli soʻzlashish
vaqtini oʻgʻirlayotgandek edim.
– Buni qoldirib tursakmikan? — soʻradim men. – Sizni ancha charchatsa kerak?
Morri koʻzlarini yumib, boshini chayqadi. U qayeridadir turgan sassiz ogʻriq bosilishini
kutayotgandek koʻrindi.
– Yoʻq, — dedi u va nihoyat. – Biz davom etishimiz kerak. Axir bu bizning soʻnggi ilmiy
ishimiz-ku.
– Soʻnggi ishimiz.
– Uni qoyilmaqom qilib yozish istagidamiz-ku.
Universitetda diplom ishimni birgalikda yozganimiz yodimga tushdi. Gʻoya Morridan
chiqqandi, albatta. U menga a
ʼlo darajali diplom ishi yozish uchun bilimim yetarli ekanini
aytgandi, ungacha men bu narsani xayolimga ham keltirmagandim.
Mana endi, xuddi oʻsha ishni yana birgalikda bajaryapmiz. Yana barchasi bitta gʻoyadan
boshlandi. Oʻlayotgan odam yashashda davom etayotgan odamga u nimalarni bilishi
zarurligi haqida soʻzlab bermoqda. Faqat bu safar men ishni yakunlashga
oshiqmayotgandim.
– Kecha menga bir qiziq savol berishdi, — dedi Morri, yelkam osha devorga osigʻliq turgan
kiltni tomosha qilib. Doʻstlari kiltni ezgu tilaklar bitilgan quroqlardan tikib, Morrining 70 yillik
yubileyiga sovgʻa qilishgan. Kiltning har bir qurogʻida turlicha tilaklar bildirilgandi:
Bardam
Do'stlaringiz bilan baham: