Morfologiyaga kirish



Download 53,2 Kb.
bet1/9
Sana30.06.2022
Hajmi53,2 Kb.
#719569
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Morfologiyaga kirish




4




MORFEMIKA. SO‘Z YASALISHI

MORFOLOGIYAGA KIRISH
So'zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatlarni bildirishi ularning atash ma’nolari yoki lug'aviy ma’nolari, so'zning atash ma’nosini o'rganuvchi bo'lim esa leksikologiya deb ataladi.
So'zlar atash ma’nosi bilan birga ma’lum grammatik ma’no va uni ifodalovchi shaklga ham ega bo'ladi. Masalan, olmalarni so'zi «mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bilan birga «ko‘plik», «kelishik» ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi ko'plik shakli (-lar) hamda kelishik shakli (-ni)ga ega. «Mevali daraxt» va «olma daraxti mevasi» ma’nolari bu so'zning atash ma’nosi, qolgan ma’nolar esa grammatik ma’nolari sanaladi.
Har qanday grammatik ma’no ma’lum grammatik shakl orqali ifodalanadi. Grammatik ma’nolarni ifodalovchi vositalar grammatik shakl hisoblanadi. Masalan, kitoblarimga so'zida uchta grammatik shakl, ya’ni grammatik qo'shimcha mavjud: -lar, -im, -ga;.bu grammatik qo'shimchalar orqali ko'plik ma’nosi (-lar qo'shimchasi orqali), egalik ma’nosi
(-im qo'shimchasi orqali), kelishik ma’nosi (-ga qo'shimchasi orqali) ifodalanib, ular grammatik ma’nolar sanaladi.
So'zlarning grammatik ma’nolari va ularni ifodalovchi grammatik shakllarni o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi morfologiya deyiladi.
Morfologiya yunoncha morphe - shakl, logos - so'z, ta’limot so'zlaridan olingan bo'lib, so'z shakllari haqidagi ta’limot demakdir.
Ko'rinadiki, leksikologiya bilan morfologiya o'rtasida uzviy aloqa mavjud. Har ikkisida so'z o'rganiladi. Ular so'zning qaysi tomonini o'rganishi bilan farqlanadi. Leksikologiya so'zning atash ma’nosini, morfologiya esa uning grammatik ma’nosini va bu ma’nolarni ifodalovchi vositalarni o'rganadi.
Qadimda morfologiya atamasi - sarf, sintaksis atamasi - nahv deb atalgan. Sarf-u nahv atamasi esa grammatika atamasini bildirgan. Grammatika so'zi grek tilidan olingan bo'lib, «harf o'qish va. yozish san’ati», «harf» ma’nolarini bildiradi. Grammatika atamasi til­ning morfologik va sintaktik qurilishi hamda bu qurilishni o‘rganadigan tilshunoslikning bo'limi ma’nolarida qo'llaniladi. Demak, grammatika tilshunoslikning morfologiya va sintaksis bo'limlarini o'z ichiga oladi.


Download 53,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish