balki
yordamchisi bunday vazifani bajarmaydi:
Havo bulut bo‘ldi, lekin (ammo, biroq)
yomg‘ir yog‘madi.
Bu misolda zidlov bog„lovchisi o„rnida
balki
so„zini qo„llab bo„lmaydi.
Balki
so„zi
gumon mazmunli gaplarda, zid mazmunli qismlarga ega gaplarda gumon, qarama-qarshilik ma‟nolarini
ta‟kidlash uchun qo„llanadi:…
toping, balki tanishla-ringiz bordir.
(Oyb.)
Chunki biz Azizbek kabilardan
xalqnigina emas, balki o‘zimizni ham qiynatdirmog‘damiz.
(A.Qod.) Bu gap mеnga yoqmas, balki
battar jahlimni chiqarardi. O„z-o„zidan anglashiladiki,
balki
sof bog„lovchi bo„lolmaydi, bog„lovchi
funksiyasini bajarayotgan yuklamalar sirasidan joy oladi. Qisqasi, bir turdan ikkinchi turga o„tish va
bog„lovchi-yuklama, ko„makchi-bog„lovchi kabi oraliq hodisalar hosil qilish yordamchi so„zlar tabiatiga
xos xususiyat bo„lib, ularning ichki manba asosida boyishining bir yo„li sanaladi.
Ham… ham
biriktiruv
bog„lovchisi ta‟kid qo„shimcha ma‟no bo„yog„iga ega,
na…na
esa inkor ma‟nosini ifodalaydi,
-mi
so„roq - taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog„lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular
bog„lovchi-yuklamalar hisoblanadi. Chunonchi, 1.
Na
so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo.
(O.)
2.
Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak.
(Maq.) 3.
U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
Bog„lovchilarning fоrmal-funksiоnal talqini muam-mоlari. Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday
xulosaga kelish mumkinki, o„zbek tili bog„lovchilarining ma‟no va xususiyatlari tamomila boshqacha,
ularni turkona tahlil qilish, bog„lovchilar bilan bog„liq masalalarni to„g„ri va to„la hal etish bugungi
kunda tilshunosligimiz oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.
Yuklamalarning ma‟no va vazifasi. Yordamchi so„zlarning funktsional belgisi “bog„lash”dir. Shu
belgi asosida ko„makchi, bog„lovchi, yuklamalar so„z va gaplarni bir-biriga bog„lash uchun xizmat
93
qiladi. Ammo bu vazifa bog„lovchi va ko„makchilar uchun o„zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklama-
larning o„ziga xos xususiyati shundaki, ular so„zlarga yoki gaplarga so„roq, ta‟kid, kuchaytiruv, ayirish-
chegaralash, o„xsha-tish kabi qo„shimcha ma‟nolarni beradi va funktsional “bog„lash” belgisiga nisbatan
beqaror, o„zgaruvchan sanaladi, ya‟ni “bog„-lash” belgisi bo„lishi ham, bo„lmasligi ham mumkin.
Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog„lovchilarning bir turi sifatida inkor bog„lovchisi sanalib kelgan.
G„.Abdurahmonov esa uni inkor bog„lovchisi deb atash bilan birga, unda yuklamalik xususiyati ham
borligini ko„rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog„lovchilik, ham yuklamalik vazifasini
bajaradi. Bog„lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqli bo„lak (komponent)larga inkor ma‟nosini
berib, ularni bog„laydi:
Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo.
(Oyb.) Bu yordamchi so„z yuklama
vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma‟nosini ko„rsatadi:
Raisningerkatoy o‘g‘li na o‘qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Go„yo yordamchisi mazmunidan o„xshatish yoki chog„ishtirish ma‟nolari anglashilgan sodda va
qo„shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko„ra ko„proq yuklamalarga
yaqin turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |