Fizikaviy xossalari
To‘yingan monokarbon kislotalar gomologik qatorining uchta quyi vakili (chumoli, sirka va propion kislotalar) suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, o‘tkir hidli suyuqliklardir. Molekulasidagi uglerod atomlari soni to‘rttadan o‘ntagacha bo‘lgan kislotalar suvda yomon eriydigan, badbo‘y moysimon suyuqliklar. Yuqori kislotalar (C10 dan keyingilari) esa hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Ba’zi to‘yingan monokarbon kislotalarning fizikaviy doimiyliklari jadvalda keltirilgan.
Ba’zi to‘yingan monokarbon kislotalarning fizikaviy doimiyliklari
Kislota
|
Formulasi
|
Suyuqlanish
harorati, 0C
|
Qaynash
harorati, 0C
|
Zichligi, d420,g/sm3,
|
Chumoli
Sirka
Propion
Moy
Izomoy
Valerian
Kapron
Enant
Kapril
Perargon
Kaprin
Undekan
Laurin
Palmitin
Stearin
|
HCOOH
CH3COOH
C2H5COOH
n-C3H7COOH
(CH3)2CHCOOH
C4H9COOH
C5H11COOH
C6H13COOH
C7H15COOH
C8H17COOH
C9H19COOH
C10H21COOH
C11H23COOH
C15H31COOH
C17H35COOH
|
8,4
16,6
-22,4
-7,9
-47
-34,5
-1,5
-10,0
16,2
12
31,5
28,5
44
64
69,4
|
100,7
118,1
141,1
163,5
154,4
187
205,3
223,5
237,7
254
269
280
299
271(100mm.sim.ust)
287(100mm.sim.ust)
|
1,22
1,049
0,992
0,959
0,949
0,942
0,922
0,918
0,910
0,90
0,88
0,853(620C)
0,847(690C)
| Kimyoviy xossalari
Karboksil guruhidagi kuchli musbat qutblangan uglerod va vodorod atomlari elektrofil markazlar, ikkala kislorod atomlaridagi erkin elektron juftlari esa nukleofil markazlardir:
Karboksil guruhining elektron tuzilishi va p,-tutashish.
Kislota xossalari. Barcha karbon kislotalar kislota xossalariga ega bo‘lib, ko‘k lakmusni qizartiradi. Ular suvdagi eritmalarida quyidagicha dissotsilanadi:
Tuzlarning hosil bo‘lishi. Karbon kislotalar faol metallar, ularning oksidlari va gidroksidlari, karbonatlar va ammiak bilan reaksiyaga kirishib, tuzlarni hosil qiladi:
2 R - COOH + Mg (R-COO)2Mg + H2
2 R - COOH + CaO (R-COO)2Ca + H2O
R – COOH + NaOH R – COONa + H2O
R – COOH + NH3 R – COONH4
R – COONH4 R – CONH2 + H2O
Sanoatda amidlar shu reaksiya orqali olinadi.
Karbon kislotalarning tuzlari suvdagi eritmalarida oson gidrolizlanadi:
Asoslik xossalari. Karbon kislotalar suvdagi eritmalarida, shuningdek, ko‘pchilik organik erituvchilardagi eritmalarida kislotalik xossani, sulfat kislota va boshqa kuchli kislotalar eritmalarida (pH < 3 bo‘lganda) esa asoslik xossasini namoyon qiladi, ya’ni protonlanadi. Proton karbonil guruhi kislorodiga birikadi:
Sulfat kislotaning 70 % li eritmasida karbon kislotaning 50 foizga yaqini, 1M eritmasida esa 0,001 foizi protonlangan shaklda bo‘ladi.
Eterifikatsiya. Eterifikatsiya reksiyasinig kinetikasini N.A.Menshutkin va uning shogirdlari tomonidan o’rganilgan. Karbon kislotalar kuchli ma’dan kislotalar katalizatorligida spirtlar bilan reaksiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladi:
Reagentlardan birini odatda spirtni mo‘l olish yoki hosil bo‘lgan suvni haydash yo‘li bilan muvozanatni o‘ngga siljitish mumkin.
Spirtlar va karbon kislotalarining eterifikatsiya reaksiyasiga kirishish qobiliyati quyidagi tartibda pasayadi :
CH3 - OH > R - CH2 - OH > R2 - CH - OH > R3C - OH
HCOOH > CH3COOH > RCH2COOH > R2CHCOOH > R3CCOOH
Atsilxloridlarning hosil bo‘lishi. Karbon kislotalar PCl5, PCl3 va SOCl2 bilan reaksiyaga kirishib atsilxloridlar (xlorangidridlar) ni hosil qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |