yuborilayotgan meva, sabzavot va rezavorlarni yig‘ishtirilayotgan joyda sovitadilar.
Bu birlamchi sovitish deyiladi. Bu jarayon maxsus birlamchi sovitish stansiyalarida
yoki to‘plovchi xolodilniklar kameralarida bajariladi. Jo‘natish uchun mo‘ljallangan
meva va sabzavotlar, ko‘pincha bu mahsulotlarni olib ketish uchun mo‘ljallangan
izotermik vagonlarda yoki avtoreferejaratorlarda sovitiladi. Meva va sabzavotlarni
Birlamchi sovitish stansiyalari statsionar ya’ni ko‘chmas va ko‘chma bo‘lishi
mumkin. statsionar stansiyalar har birining hajmi 10-20 tonnadan bo‘lgan bir necha
xolodilnik kameralaridan iborat bo‘lgan bir etajli imoratdan iborat. Sovitish shu
kameralarda bajariladi. Meva va sabzavotlar yashiklarda olib kelinadi. Va shu
yashiklarda sovitiladi. YAshiklarni ustma-ust joylashtirib, yon tomonlarida sovuq
havo almashib yurishi uchun oraliq joy qoldiriladi. Sovuq havoni stansiyaning
mashina bo‘limida joylashgan havo sovitgich kanallari orqali kameralarga yuborib
quyidagicha sovitiladi. YUk ortilgan vagonlarni yoki avtoreferejeratorlarni birlamchi
35
sovitish stnsiyasiga keltirib, harakatlanuvchi kanallar va shlanglar yordmida ularni
stansiyaning havo sovutgichlariga ulaydilar va kuchli ventelyatorlar ular orqali sovuq
havoni yuborishadi.
YUborilayotgan havo haroratini avval 0
0
S darajada saqlab, keyin asta-sekinlik
bilan – 10
0
S gacha pasaytiradilar. Mahsulotlarni muzlab qolishidan saqlash uchun
vagon yoki avtoreferejerator kuzovida sovuq havo yo‘nalishi o‘zgartirib turiladi.
Qayd etilgan haroratda va havoning etarlicha tez almashinishi natijasida 6-8 soat
davomida harorat 25
0
S dan 4
0
S ga pasayadi.
Vagondagi mahsulotlarni sovitish uchun ko‘pincha birlamchi sovitish ko‘chma
stansiyalaridan foydalaniladi. Bu ko‘chma stansiya vagonda joylashtirilgan havo
sovitish va katta quvvatli ventelyatorli xolodilniklardan iborat.
Meva va sabzavotlarni muzli suv bilan sovitish asosan SHvetsiya va AQSH da
qo‘llaniladi. Bu jarayon konveer bilan jihozlangan apparat yordamida bajariladi.
Mahsulot solingan korzinka yoki yashiklar konveerda bir-biriga parallel holatda
joylashtiriladi.
Konveer harakatlanganda mahsulotlar sovuq suvga botirib olinadi yoki sovuq
suv sepiladi. Harorati 0
0
S bo‘lgan suv bilan sovitish 10 dan 30 daqiqagacha davom
etadi. Meva va sabzavotlarni sovitish bilan birga yuviladi xam.
Qor bilan sovitish meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonalarida tez
so‘liydigan , saqlashga chidamsiz bo‘lgan, ko‘k piyoz, salat, petrushka, shivet,
shpinat ko‘katlari, rediska, bodring vahokazolarni sovitishda qo‘llaniladi. Buning
uchun maxsus qor mashinalari bilan maydalangan muzdan qor-muz aralashmasi
ishlatiladi. YUvilgan ko‘kat va sabzavotlarni yashiklarga joylashtirib, ustiga
tayyorlangan qor-muz aralashmasi sepiladi. To‘ldirilgan yashiklar rolikli yo‘lchalar
orqali izotermik transportlarga joylashtiriladi va magazinlar, umumiy ovqatlanish
korxonalari va boshqa kerakli obektlarga jo‘natiladi. Qor bilan qoplangan ko‘katlar
tez soviydi va uzoq muddat so‘limaydi. Bunday usul bilan souvitganda tabiiy
yo‘qolish kameralarda saqlangandagiga nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Vakuumda sovutgichlar istiqbolli usullardan biri hisoblanadi. bunday usulda
sovo‘tilgan mahsulotlar ustidagi havo so‘rib olinadi va sovitilayotgan mahsulotlardan
namlikning bir qismi (1-2%) bug‘lanib chiqib ketadi va natijada mahsulot ichidagi
issiqlikning miqdori ancha kamayadi va mahsulot tez soviydi. Amaliyotda vakuumli
sovitish metal kameralarda vakuum ko‘p bosqichli parojektor mashinalari yordamida
sodir bo‘ladi. sovitiladigan mahsulotlar karton karobkalar va konteynerlarda
joylashtirilib, telejkaga ortiladi va kameralarga joylashtiriladi. Kameralarni germetik
mahkamlab yopib sovitish jarayoni boshlanadi. Sovitish 15-20 daqiqa davom etadi.
Bunday usul meva va sabzavotlarni vagonlarda sovitishda ham qo‘llaniladi. Buning
uchun temir yo‘l vagonlari sig‘adigan vakuum kameralardan foydalaniladi. Bunda
ham sovitish jarayoni tez o‘tadi. Etarlicha vakuum hosil etilganda vagondagi
sabzavotlar 25-30 daqiqada soviydi.
Vakuum sovitish AQSHda keng qo‘llanilib, yuzasi kengroq bo‘lgan
sabzavotlarni, masalan salat, shpinat, petrushka, ko‘katlari va hokazolarni
sovitishda ishlatiladi.