iborat. Bunda mahsulotdagi muz kristalchalari suyuqlikka aylanadi va muzlatishdan
avvlgidek bu suyuqlik to‘qimalarga tarqaladi. Amaliyotda, albatta muzlatishdan
oldingi holatga to‘liq qaytib bo‘lmaydi. To‘qimlar va muskul tolalarining nam ushlay
olish qobilyati ancha pasayadi va oqsillar moddalarining gidratsiyalanish, ya’ni suvni
o‘ziga tortib olish xususiyati ham pasayadi. SHuning uchun sharbatning bir qismi
Mahsulotlarni iste’mol qilishdan yoki qayta ishlov berishdan oldin muzidan
tushiriladi. Tajribalar asosida xulosa qilish mumkinki, mahsulotlarni muzidan
tushirish saqlash xolodilniklarida emas, balki mahsulotga qayta ishlov berish
korxonalarida yoki umumiy ovqatlanish korxonalarida muzdan tushirish maqsadga
chunki ular saqlashga chidamsiz, o‘zining tashqi ko‘rinishini darrov yo‘qotadi va tez
buziladi. SHuningdek, to‘liq muzlatilmagan kompot va mevalar aralashmasini ham
usullari ma’lum. Issiqlik etkazuvchi yoki issiqlik manbai sifatida havo, bug‘ va havo
aralashmasi, suv yoki tuzli eritma, yuqori chastotali elektr toki, infraqizil nurlar va
73
havo shuningdek, buh va havo aralashmasi qo‘llaniladi. Go‘shtni havo dushida,
muzdan tushirish ayniqsa qulay hisoblanadi. Bu usulda jarayonni tezlashtirish
hisobida go‘shtning rangi yaxshi saqlanadi, go‘shtning tashqi yuzasining mikrobial
ifloslanishi ancha kamayadi va natijada go‘shtni saqlash muddati cho‘ziladi; go‘shtda
qurigan qobiq tez hosil bo‘ladi va go‘shtning suvsizlanishi kamayadi; muskul
to‘qimalari ichidagi namlik mustahkam bog‘lanadi va natijada go‘shtni suyakdan
ajratish paytida go‘sht sharbatining yo‘qolishi kamayadi.
Defroster kameralarida havo dushi uchun dushlatuvchi kanallarni ko‘p qirrali
formalardan tayyorlab, osma ko‘priklar qatorlari oralig‘ida joylashtiriladi.
Saplolarining (teshiklarining) diametri 40-50 mm. o‘lchamida tayyorlanadi.
Dushlatuvchi kanalning har bir metriga 6 ta saplo shaxmat shaklida
joylashtiriladi. Saplodan chiqadigan havoning tezligi 10 m/sekund. Molning yarim
tanasi go‘shti son iqsmida 1 m/sek. va oldingi oyoqlari oldida 0.7 m/sek.ni tashqil
etadi.
Deyarli hamma mahsulotlar havoda muzdan tushiriladi. Mahsulotlarni
muzdan tushiruvchi kameralar, kondetsionerlar yoki kaloriferlar va havo kanallari
sistemasi bilan jihozlanadi.
Mahsulotlarni taralarda ustma-ust qo‘yib shaxmat shaklida joylashtiriladi va
qatorlar orasiga reykalar qo‘yiladi. Qadoqlangan mahsulotlarni osma yo‘llarga yoki
stellajlarga joylashtiriladi. Aylanayotgan havo haroratini asta-sekin ko‘tarib,
muzidan tushirilayotgn mahsulot haroratidan 5-6
0
S yuqori tutish kerak. Mahsulot
markazida harorat 0
0
S bo‘lganda muzdan tushirish jarayoni tugaydi.
Agar baliq, tuxum melanji, ayrim paytlarda go‘sht va parranda go‘shtini
oziq-ovqat sanoatida yoki darrov pazandalik mahsulotlari tayyorlashda ishlatilsa, bu
mahsulotlarni suvda muzdan tushirish mumkin. Bunda muzidan tushirilayotgan
mahsulot suvga botirib olinadi yoki suvga botirishdan ko‘ra suv sepib muzidan
tushirish yaxshi natija beradi.
Suvda muzdan tushirishning afzalligi shundaki, jarayon davri qisqaradi va
suvning bug‘lanishi natijasida vazn yo‘qolishi bo‘lmaydi. Albatta oz miqdorda blsa
ham muskul to‘qimalri sharbati qisman yo‘qoladi.
Bundan tashqari vakuumda muzdan tushirish usuli ham qo‘llaniladi.
Muzlatilgan mahsulotni vakuum konteyner ichiga joylashtiriladi. Konteyner ichida
suv solingan idish joylashtiriladi. Vakuum sharoitida idishdagi suv bug‘lanadi va
mahsulotning yuzasiga kondensatsiyalanadi. Bunda bug‘lar kondensatsiyalanish
issiqligini beradi, natijada mahsulot eriydi. Bu usul yuzaki isitish usuliga kiradi.
YA’ni mahsulotni muzdan tushirish issiqlik mahsulot yuzasidan keladi.
Elektr toki, infraqizil nurlar va ultra tovush ta’sirida muzdan tushirish katta
nazariy va amaliy qiziqlikga ega. Bu usulning boshqa usullardan farqi shundaki,
issiqlik energiyasi mahsulot ichki qavatlaridan chiqa boshlaydi. Bu usul butun hajmi
bo‘yicha qizdirish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: