Ayirish organi - bitta yoki ikkita o‘zgargan nefridiya naychalaridan iborat bo‘lib, bularning oldingi (qabul etuvchi) qismi yurak oldi bo‘shlig‘iga, pastki uchi esa mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Gonadalarni (urug‘don va tuxumdon) yurak oldi bo‘shlig‘i bilan tutashgan ikkilamchi tana bo‘shlig‘i – selom ning ayrim qismida joylashgan. Tuxum yo‘li va urug‘ yo‘li mantiya bo‘shlig‘iga ochilgan.
Markaziy nerv sistemasi – asosan uch juft:
Bosh – serebral nerv tuguni.
Visseral (ichki organlar)
Pedal (oyoq) nerv tugunlari.
Mazkur tugunlar ikkita nerv halqali – konnektivlar orqali bir – birlari bilan tutashgan.
Sezuv organlari – asosan bir juft kalta bir juft uzun paypaslovchilar va bir juft yaxshi rivojlangan ko‘zlardan hamda oyoqning ichki qismida joylashgan muvozanat organidan iborat.
O‘rchishi va rivojlanishi - Dala shilliqqurti germafrodit hayvondir.
Ular tuxumlarini yerdagi chuqurchalarga qo‘yadi. bir qo‘yishida 5 tadan 50 tagacha oq yumaloq tuxum qo‘yadi. Dala shiliqqurti butun umri davomida bir necha marta tuxum qo‘yadi. Ikki – uch kundan so‘ng tuxumdan kichkina shilliqqurt chiqadi.
Qish kelishi bilan dala shilliqqurti gavdasini chig‘onoq ichiga tortib, uning teshigini qotib qolgan shilimshiq modda bilan berkitadi. shu tariqa qish davomida xozon, tosh tagida qishni o‘tkazadi. Qo‘lay sharoit tug‘ilganda (mart - aprel) u uyg‘onadi va aktiv hayot kechira boshlaydi. Dala shiliqqurti butun umri davomida ekinlarga zarar yetkazibgina qolmay, balki uning tanasida qoramollar paraziti – so‘rg‘ichlilarning lichinkalari rivojlanadi.
Boshoyoqlilar (Cephalopoda) sinfi.
Bosh oyoqli mollyuskalarni 700 dan ortiq turi bor. Bundan tashqari 10 000dan ortiq qirilib ketgan turlari ma’lum. Sakkizta yoki o‘nta oyoqlari boshida – og‘zining atrofida joylashganligi uchun shunday nom berilgan bu sinfning avlodlari harakatchan. yirtqich hayvonlar bo‘lib, dengiz va okeanlarning sohil zonasidan tortib, to 5 – 8 ming mm. chuqurlikkacha keng tarqalgan. Ularda tana, bosh, mantiya bo‘shlig‘i va yuqorida aytilgan oyoqlar yaxshi rivojlangan. Chig‘onoq ba’zi eng qadimgilarida saqlanib qolgan bo‘lib, ko‘pchiligida qoldiqqa aylangan. qon aylanish sistemasi “yopiq” qoni ko‘k tusda bo‘ladi. Ikkilamchi tana bo‘shlig‘i yaxshi rivojlangan. Oyoqlarining ichki tomonidan bir necha qator so‘rg‘ichlar (yopishish organlari) bo‘lib, bular ovni ushlashda katta yordam beradi. Sezuv organlari juda yaxshi rivojlangan. Ko‘zi katta. Bosh oyoqlilarning nerv sistemasi markazlashib “miyaga aylangan” “ miya” maxsus tog‘ay qobig‘i bilan himoyalangan. Umurtqasizlarda tog‘ay to‘qimasi faqat shularda rivojlangan. Ayrim jinsli, lichinkasiz rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |