Pasikani ko‘chirishga tayorlash



Download 46,57 Kb.
bet1/2
Sana01.06.2022
Hajmi46,57 Kb.
#626375
  1   2
Bog'liq
pasekani ko`chirishga tayyorlash


PASIKANI KO‘CHIRISHGA TAYORLASH

Asalarilarni ko‘chirish. Ayrim xo‘jaliklarda asalari uyalarini ko‘paytiradi-u, ammo asalarichilikdagi oddiy qoidalarga rioya qilmaydilar. Natijada harajatlar foyda bermaydi. Bunda asalning tannarxi qimmatlashibgina qolmay, balki xo‘jalikka zarar etkaziladi. Asal yetishtirish uchun qilingan sarflar asalari uyalari vaqt - vaqti bilan bir joydan boshqa joyga ko‘chirib turilsagina tegishli samara beradi, faqat shundagina asalarichilik mahsuldorligi oshib, tannarx kamayadi.


Respublikamiz sharoitida asalarilarning beto‘xtov asal to‘plashini ta’minlash uchun ulami sergul yaylovlarga ko‘chirib yurish kerak. Asalarilar aprel – may oylarida mevali va manzarali bog‘larga, iyunda urug‘lik bedazorlarga, sabzavot va poliz ekinzorlariga, iyul, avgust va sentyabr oylarida g‘o‘za paykallariga ko‘chiriladi. Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda boqiladigan asalari uyalari aprel – may oylarida bog‘larga, daraxtlar, turli bo‘talar o‘sadigan yerlarga, may oxirida esa xilma - xil o‘tlar o‘sadigan tog‘ etaklariga, shuningdek yovvoyi o‘simliklar ko‘p o‘sadigan cho‘l, tog‘ va to‘qaylarga ko‘chiriladi.
Butun mavsum davomida bir joyda joylashgan pasekalar kamdan – kam hollarda bahor va yoz faslida ko‘plab asal to‘plashi mumkin.
Arizorlarni ko‘chirib boqishning samaradorligi jahon asalarichiligi tajribasida allaqachon isbotlangandir. Jahon asalarichiligidagi bunday qimmatli, ibratli ishlarni o‘rganib, hayotga tadbiq etish respublikamizda mo‘l asal etishtirishning muhim omillaridandir.
Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi yirik asalarichilik xo‘jaliklarida bir asalarichi bir necha yuz uyaga qaraydi. Chunki bu mamlakatda asalarichilik keng mexanizatsiyalashtirilgan. Mart oyining oxirlarida asalarilar janubga ko‘chiriladi. Bu yerda ona ari yangi oila chiqarib bo‘lgandan keyin arizorlar yana shimolga ko‘chiriladi. SHunday qilib arizorlar avtomashinada 2 - 2,5 ming kilometr yo‘l bosadi.
Respublikamizda ham arizorlami vaqtida ko‘chirib turish tufayli mo‘l asal yetishtirayotgan ko‘pgina xo‘jaliklar bor. Samarqand viloyati Tayloq tumanidagi “Orzu-Olim-Dilmurod” asalarichilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi asalarichisi Ilyasov Orif, 20 maydan 31 iyulgacha arizorni yaylovlarda, 31 iyuldan 15 sentyabrgacha paxta dalalarida ko‘chirib boqadi. Natijada fermer xo‘jaligi 150 asalari uyasidan 52 sentnergacha tovar asal olmoqda.
Samarqand qishloq xo‘jalik institutida 10 uya asalari oilasi mavjud bo‘lib, bu asalari oilalari institutning dam olish oromgohi “Mehnatkashda” saqlanib, g‘o‘za paykallarida boqilganda, har uyadan o‘rta hisobda 38 kilogrammdan asal olishga erishildi. Asalari oilasini mahsuldorligini oshirish uchun ari uyalarini bir gulzordan boshqa gulzorlarga, ya’ni, kech gullaydigan o‘simlikzorlarga o‘tkazish bilan ularni to‘liq asal to‘plashini ta’minlaydi. Ko‘chirish davomida asalari hayotining tinch sharoiti buziladi. Bunda asalari uyalari chayqalib, arilar o‘z uyasidan uchish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Natijada ko‘chirish vaqtida asalarilar kuchli qo‘zg‘aladi, uyg‘onadi, dushmanlarini quvib chaqish maqsadida turli xil yoriqlarni izlaydi. Uzoq vaqt asalarichilar, asalarilarning qo‘zg‘alish holatini inobatga olmasdan uyalari bilan tashishganlar.
Qo‘zg‘alganda uyadagi harorat 36 - 37 darajaga ko‘tarilib, arilarni issiq ajratishi oshgan va karbonat angidrid ajralishi ham ko‘tarilgan. Qo‘zg‘algan asalarilarda asalning sarflanishi va nafas olish tizimida suvning hosil bo‘lishi keskin oshadi. Asalarilar juda o‘zgaruvchan modda almashinuviga ega: bir xil sharoitda tinch turgan asalari oilasi kam miqdorda kislorod sarflaydi, qo‘zg‘alganda esa 50 - 60 martadan ortiq kislorod sarflaydi. Asalning sarflanishi hisobiga ko‘p miqdorda issiqlik energiyasi hosil bo‘ladi.
Issiq ob - havoda asalarilami ko‘chirish paytida “parlanishi” mumkin -bunda ular namlanadi va tez nobud bo‘ladi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, parlanishning asosiy sababi, asalari oilasini qo‘zg‘algan vaqtida ko‘chirishdir. Bunday asalarilarda moddalar almashinuvi va issiqlik ajralishi ko‘p marta oshadi, natijada ularning oziqaga boigan talabi ham kuchayadi.
Suyuq oziqa bilan (nektar) oziqalanganda asalarilar organizmida suv tez to‘planadi, bu esa nafas olish tizimi orqali chiqariladi. Uyalarni kuchli shamollatish bo‘lmaganda suv parlari to‘planib, asalarilarning traxeya tizimida suvning chiqishi to‘xtaydi va ular bugilishdan nobud bo‘ladi. Parlanish natijasida asalarining butun oilasi 2-3 soatda davomida nobud boiishi mumkin. Asalarilarning parlanishini oldini olish uchun ari oilasiga uzoq vaqt qo‘zg‘algan holatda boimaslik sharoitini yaratish lozim.
Hozirgi zamonaviy andozali uyalar qopqog‘ining ikki qarama – qarshi yon tomonida simdan tayyorlangan shamollatish teshigi mavjud. Asalarichilik institutining tajribasi ko‘rsatishicha ko‘chirayotgan oiladan yo‘laklar orqali kam miqdorda asalarilar chiqadi ( 20 % ) va oilaning tinchlanishi uchun etarlidir.

Download 46,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish