16
bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirdi. Aka-uka Grimmlar vaqtlarini
kutubxonalarda o`tkarishdi. Ular noyob qadimgi olmon manuskriptlarini
(qo`lyozmalarni), masalan, nemis adabiyotining birinchi yodgorligi
"Xil'debran haqida qo`shiq" asarini o`rganib, qadimgi nemis she`riyati
to`plamlarini chop etishdi. Bu bilan ular xalq yuragining tubida mudrab
yotgan qadimgi hikmatlarni uyg’otish kabi maqsadlarini amalga oshirishdi.
Ammo bular faqat yozma manbalar bilan bog’liq edi. Ularni esa yana yiroqroq
manzillar - xalq qalbining tubi, zamonlarning eng qadimi qiziqtirayotgan edi.
Va ular folklorga murojaat qilishdi. Aka-uka Grimmlar o`zlarining harakatdagi
faoliyatlari- ertaklar to`plash bilan mashg’ul bo`ldilar.
Birinchi mustaqil topilmalar 1807 yilga taalluqli bo`lib, ular kasseldagi
ikki oila: Vil'dlar va Xassenpfluglar bilan bog’liq. "Boshmaldoq - bola", "Aqlli
Gretel", "Navqiron Pahlavon", "Oq kabutar", "Mushuk va sichqonning
do`stligi", "It va chumchuq" kabi ertaklar Vil'dlar
va Xassenpfluglar oilasi
a`zolarining og’zidan yozilgan to`plamlar sirasiga kiradi. To`plamlarning
jamlanishida o`zining katta qissasini qo`shgan dorifurush (aptekachi)
Vil'dning beshinchi qizi Ganriett Doroteya Vil'd, kelajakda Vil'gel'mning
turmush o`rtog’i (Yakob umrining oxirigacha ham uylanmagan) haqida albatta
aytib o`tish joiz. Doroteyadan aka-uka Grimmlarga "Ganzel' va Gritel'",
"Yerto`la Bekasi", "Kuylaydigan danakcha"kabi erataklarni taqdim etdi.
Askarlarning achinarli, nochor-kambag’allikdagi hayotlari, kamsitilgan
shaxsiyatlari haqida so`zlab beruvchi Grimmlarning qayg’uli ertaklari qariya
Krauze bayonidan yozib olingan.
"Bolalar va oilaviy ertaklar" kitobining ukasi Lyudvig(1790-1863)
tomonidan illyustratsiyalar chizilgan nashri, kitobxonlar qo`liga 20 dekabrda
Rojdestvo bayrami arafasida qo`lga kirdi va kitoblar qarindoshlar uchun eng
katta sovg’a bo`ldi. To`plamning shubhasiz shon-shuhrati aka-uka
Grimmlarning keng kitobxonlar ommasiga kitobning ikkinchi qismini ham
to`plab, chop ettirishga ruhlantirdi. Endi asosiy
hikoyachi sifatida Kassel
atrofidagi Nidertsveren qishlog’ida yashovchi Doroteya Fiman (1755-1815)
ismli qiz aka-ukalarga qirqqa yaqin ertak tuhfa qildi. Hozirda Doroteya
Fimanning uyi va pivoxonasi qishloqchada uning do`stlari jamiyati bilan
gavjum (muzey sifatida). Ikkinchi kitob nashrdan chiqqach, Grimmlar qo`lida
yana anchagina ertaklar yig’ilib qoldi va ular uchinchi kitobni bosmadan
chiqarishni taxmin qilishdi, ammo keyinchalik fikrlaridan qaytib, endilikda
ikkinchi qismning keyingi nashrida yig’ilib qolgan ertaklarni qo`shib chop
etishni ma`qul topdilar. Hammasi bo`lib Grimmlar bisotida 200
dan ortiq
ertak mavjud. Savol tug’iladi: aka-uka Grimmlarning ertaklari - bu haqiqiy
17
asarlarmi yoki shunchaki, xalq ijodi og’zaki bayonining yozma ko`chirmasimi?
Javob murakkab va biryoqlama emas. Aka-ukalar, ayniqsa, Yakob, ertaklar o`z
aslicha, xalqchil bo`lib qolishi tarafdori bo`lgan, toki ularning qayta bayon
etilishida, biror bir tuzatish kiritilmagan, zamonaviy ko`rinishda qayta
ishlanmagan yoki o`z didi bilan yo`g’rilmagan bo`lsin, degan fikrida qat`iy
turgan. Vil'gel'm olimdan ko`ra, ko`proq shoirtabiat bo`lgani uchun ertaklarga
badiiy sayqal berish tarafdori bo`lgan. Agar joiz bo`lsa, bu ikkifikrlilik juda
foydali edi: ularning sa`yi harakatlari bilan Grimmlar ertaklari o`zining
halqchilligini yo`qotmagan holda muallif she`riy uslubining birligini saqlab
qolgan. Keyin aka-ukalar "Nemis grammatikasi"ni,
nemis mifologiyasi
maktabiga asos bo`lgan - "Nemis mifologiyasi"ni chop etishadi. Umrlarining
so`nggida aka-uka Grimmlar Berlin universitetida ma`ruzalar o`qiydilar
hamda nemis tili lug’atini tuzish ustida ishlaydilar. Ikki buyuk olim, tilshunos,
adabiyotshunos, buyuk ertakchilar o`zlarining umrlarini shu tariqa
o`tkazishgan. Germanistika maktabi asoschilari hamda bolalarning eng
mashhur yozuvchilarigà aylangan bu ikki buyuk shaxs yashab o`tgan Kassil
shahrida muzey tashkil qilinib, ularning shaxsiy buyumlari,
kitoblarining
yuzdan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan nusxalari, ukalari Lyudvigning
san`at asarlari ehtiyotkorona saqlanib kelinmoqda. Ularning asarlari boshqa
tillarga tarjima qilingandan keyin Yevropa bo`ylab sayohatni boshlab
yuborishdi: 1824 yilda fransuz tiliga tarjima qilindi, 1826 yilda fransuz tilidagi
nusxasi rus kitobxonlariga yetib keldi (19 asr Rossiyada fransuz madaniyati,
tili va adabiyoti ustuvor edi), rus tiliga Pushkinning do`sti va ustozi V.A.
Jukovskiy tomonidan tarjima qilinib, "Bolalarning suhbatdoshi" ("Detskiy
sobesednik") jurnalida chop etildi.
Tayanch so`zlar: Bolalar va oilaviy ertaklar, germanistika, "Xildebran
haqida qo`shiq", "Nibelunglar haqida qo`shiq",
Olmoniya, portret, peyzaj,
natyurmort, illyustratsiya, Vil'dlar, Xassenpflug, Rojdestvo, Kassel,
Nidertsveren, xalq ijodi, og’zaki bayon, grammatika, mifologiya.
Do'stlaringiz bilan baham: