7. Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri.... sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish;
sabab-oqibat aloqalarini o‘rganish zarur emas;
evristikani o‘rganish;
evristikani o‘rganmaslik.
8. Tahlilda tizimli yondashuvning asosiy xususiyati.... dinamizm;
statika;
dogmatika;
egoizm.
9. Tahlil instrumentariysi. tahlilning texnik uslublari va usullari;
uslubiyat;
tamoyil;
fikrlash.
10. Omilli tahlil… omillar ta’sirini tahlili;
sabablar tahlili;
masalalar tahlili;
qayta ko‘rib chiqish.
III BOB. IQTISODIY TAHLIL ISHLARINI TASHKIL ETISH VA UNING AXBOROT MANBALARI 3.1. Iqtisodiy tahlil ishlarini tashkil etish zaruriyati O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi, ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Tahliliy ishlarni muvaffaqiyatli, samarali o‘tkazilishi uni har tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uni o‘tkazilishi ilmiy xarakterga asoslangan va reja asosida amalga oshirilishi lozim. Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Ushbu bosqichlarni bosib o‘tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma’lum tomonlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Asoslanishi lozim bo‘lgan tomonlar esa quyidagilardan iborat:
Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qiladigan har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir, bundagi asosiy tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlashdan iborat.
Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya’ni kam xarajat qilib yuqori samaraga erishish hisoblanadi.
Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil uni o‘tkazishni nazorat qilib borishdir.
Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot shakllarini erkin o‘qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi kerak. Korxonalarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil etishda o‘rganiladigan mavzularning ko‘lami va ahamiyatiga qarab iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada ortdi, chunki har bir faoliyatning korxona uchun manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtayi nazaridan to‘g‘ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir. Iqtisodiy tahlilni korxona miqyosida to‘liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin. Sherik korxonalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‘i yoki iqtisodiy masalalar bo‘yicha korxona boshlig‘ining muovini shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.
Korxonalarda sex yoki brigada ma’lumotlari bo‘yicha iqtisodiy tahlilni esa shu bo‘lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‘ladi.
Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib iqtisodiy tahlilni o‘tkazishga istiqbolni belgilash va statistik tashkilotlar yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy tahlil kengashi ish yuritadi.
Boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida umumiy ishlab chiqarish sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va iqtisodiy tahlilni roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo‘linadi.