Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc



Download 9,79 Mb.
bet42/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

Ko‘rsatkichlar

Tovar hajmi, mln. so‘m.

Rejadan farqi
(+;-)

Tovar aylanishi dinamikasiga ta’siri (+;-)

Reja

Haqiqatda

Yil boshiga tovar zaxiralarining qoldig‘i (Tyb)

104

130

+26

+26

Yil davomida tovarlarning kirimi (Tk)

1200

1298

+98

+98

Tovarlarning yil oxiriga qoldig‘i (Tyo)

50

57

+2

-2

Tovar aylanishining hajmi (Ta)

1254

1371

+117

+117











Ba’zan balans usuli alohida omillarning natijaviy ko‘rsatkichining o‘sishiga ta’sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch omilning ikkitasini ta’siri ma’lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta’sirini natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o‘sishidan dastlabki ikki omillarning ta’siri natijasini chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
2.10. Iqtisodiy tahlilda grafik usuldan foydalanish
Grafiklar ko‘rsatkichlar va sonlarning geometrik belgilar (chiziqlar, to‘g‘ri burchaklar, aylanalar) yoki shartli-badiiy figuralar yordamida masshtabli tasvirini o‘zida aks ettiradi. Ular katta illustrativ ahamiyatga ega. Ular vositasida o‘rganilayotgan material yanada tushunarli bo‘ladi.
Tahlilda grafiklarning analitik ahamiyati katta. Jadval materialidan farqli ravishda grafik o‘rganilayotgan hodisaning holati yoki rivojlanishiga oid umumlashma tasvir beradi. Bu bilan raqamli axborot vositasida mavjud qonuniyatlarni ko‘rib qayd qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Grafikda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlarning tendensiyalari va aloqa yanada ravshan kuzatiladi.
Iqtisodiy tahlilda axborotlarni grafik shakliga keltirishda asosan diagrammalar qo‘llaniladi. O‘z shakli bo‘yicha ular ustunli, chiziqli, aylana, zanjirli, nuqtali, silindrik, konus, piramidali bo‘ladi. Mazmuniga ko‘ra diagrammalar taqqoslash, strukturali (sektorli), dinamik, aloqa grafigi, nazorat grafigi tarzida farqlanadi
Taqqoslash diagrammalari turli obyektlarni qandaydir ko‘rsatkich bo‘yicha nisbatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash uchun yanada oddiy ko‘rgazmali grafiklarlardan, ustunli va chiziqli diagrammalardan foydalaniladi. Ularni tuzish uchun to‘g‘ri burchakli koordinat tizimlari qo‘llaniladi. Ustunli diagrammalarda abssissa o‘qlari barcha obyektlar uchun bir xil hajmda ustunlar asosiga joylashtiriladi. Konus, silindr yoki piramida ko‘rinishida ma’lumotlar markerlari diagrammalarga yanada yaxshi shakl beradi.
Ba’zan taqqoslash diagrammalari kvadrat yoki aylana ko‘rinishida keltiriladi, ularning maydoni ko‘rsatkichlarning kattaligiga mutanosib taqsimlanadi.
Strukturali (sektorli) diagrammalar ko‘rsatkichning umumiy kattaligida tarkibiy qismlarning solishtirma salmog‘ini ifodalashga imkon beradi. Ularda ko‘rsatkichning tasviri sektorlarga ajratilgan geometrik figuralar (kvadrat, aylana, halqa) ko‘rinishida beriladi, maydoni 100 yoki 1 deb olinadi. Kattalik sektori qismlar solishtirma og‘irligi bilan aniqlanadi. Halqali diagramma aylanaga o‘xshash, lekin undan farqli o‘laroq bitta emas, balki bir nechta ma’lumotlar qatorini aks ettirishi mumkin.
Tahlilda bir vaqtda hodisalarning hajmi va ularning strukturasini aks ettirish uchun ustunli va chiziqli diagrammalar keng qo‘llaniladi.
Dinamika diagrammalari mutanosib vaqt oralig‘ida hodisalarning o‘zgarishlarini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu maqsadda gistogrammalar, chiziqli, figurali va boshqa grafiklar qo‘llaniladi. Amaliyotda chiziqli grafiklar ko‘proq qo‘llaniladi. Dinamika ushbu grafikda jarayonning uzluksizligini tavsiflovchi chiziqlar ko‘rinishida keltiriladi.
Abssissa o‘qlariga davrlar, ordinata o‘qlariga – qabul qilingan masshtabdan kelib chiqib mutanosib vaqt kesimida ko‘rsatkichlarning darajasi joylanadi.
Chiziqli grafiklar (aloqa grafiklari) ham ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganishda juda keng qo‘llaniladi.
Nazorat grafiklari iqtisodiy tahlilda reja bajarilib borishiga oid ma’lumotlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. Bu holatda grafikda ikki chiziq bo‘ladi: har bir kun yoki boshqa vaqt kesimi uchun ko‘rsatkichlarning rejaviy va haqiqatdagi darajasi, ular o‘zaro taqqoslandi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida grafik tuzishni ancha osonlashtiradi va kontrast, masshtab, estetik jihatidan ularning sifatini oshiradi. Hozirgi vaqtda analitika vazifasi – ma’lumotlarni grafik taqdim etishning yanada qulay shakllarini tanlashdan iborat.

Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish