zaxiralar 7946 2,3 12216 3,3 4270 1,0 53,7
Pul mabag‘lari va b qimmatli
qogozlar 834 0,2 - - -0,2 0,0 d Debitorlar 80765 23,7 92478 25,0 11713 1,3 14,5
Balans aktivining
jami: 340729 100 370242 100 29513 0,0 8,7
Ushbu jadvalda «Mustaqillik» fermer xo‘jaligining mulki, ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan.
Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik.
Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkichlarning darajasini taqqoslash natijasida olinadi.
Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichni joriy yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi o‘rtachasi darajasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi.
Reja bajarilishi nisbiy kattaligi – ko‘rsatkichning hisobot davrining haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida ifodalanadi.
Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oralig‘ida ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini tavsiflash qo‘llanilishi uchun va joriy davr ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) darajasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur’ati deb aytiladi va odatda, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Dinamikaning nisbiy kattaliklari bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
Struktura ko‘rsatkichi – bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffitsiyentlarda ifodalanadi. Misol uchun, umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxonaning xodimlari umumiy miqdorida ishchilarning solishtirma salmog‘i, korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma salmog‘i va shu kabilar.
Koordinatsiya nisbiy kattaligi bir qism va umumiy ko‘rsatkichning o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va boshqalar.
Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutanosiblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu kabilar.
Samaradorlik nisbiy kattaligi – bu foydalilikni resurslar yoki xarajatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri kelishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |