13.7. Hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda kutilayotgan sof pul oqimlari usuli va uning tahlili Ma’lumki, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlar miqdori kompaniyaning foydalilik darajasiga bog‘liq. Odatda, yuqoriroq moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishayotgan kompaniyalar ko‘proq dividend to‘lashadi. Ammo shunday kompaniyalar borki, ular katta foyda olishlariga qaramasdan, aksiyadorlarga umuman dividend to‘lashmaydi va olingan barcha mablag‘larni o‘z ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish maqsadida bizneslariga uzluksiz ravishda investitsiya qiladilar. Bunday kompaniyalar bizneslarini yanada kengaytirishlari uchun juda qulay imkoniyatlarga ega bo‘ladilar va bu imkoniyatlar shundan dalolat beradiki, ushbu korxonalarning tovar yoki xizmatlari xaridorlar didiga juda mos. Bu moslik esa korxonaning kelajakda juda katta foyda olishini ta’minlovchi omil bo‘lib hisoblanadi.
Albatta, bunday kompaniyalar uchun investitsion mablag‘larning eng maqbul manbayi – bu o‘z xo‘jalik faoliyatlari natijasidan olgan sof foydalaridir. Bunday hollarda kompaniyaning direktorlar kengashi biznesdan hech qanday mablag‘ni dividend sifatida olmaslikka va aksincha, foydaning hamma qismini biznesga qaytadan investitsiya qilishga qaror qilishi mumkin. Shuning uchun bunday kompaniyalar hozirda va yaqin kelajakda umuman dividend to‘lamasliklari mumkin. Shunga qaramasdan, bunday kompaniyalarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan investorlar ularning aksiyalarini sotishga shoshilmaydi. Chunki ular investitsiya qilgan mablag‘lar hozirda samarali ishlatilmoqda va oxir-oqibatda katta foyda keltirishi kutilmoqda. Bozorda esa bu korxonalar aksiyalarining narxi tushmaydi, balki, aksincha, ko‘tarilishi mumkin.
Demak, nazariy jihatdan olganda, kelajakda to‘lanishi kutilayotgan dividendlar miqdori aksiyalar bahosini aniqlash uchun asos bo‘la olsada, amaliyotda faqatgina shu omilni e’tiborga olgan holda aksiyalarning haqiqiy bozor narxini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun amaliyotda aksiyalarning bozor narxi aksiyadorlar biznesdan dividend sifatida olishlari mumkin bo‘lgan va shu bilan birgalikda biznesga qaytadan investitsiya qilishlari uchun mavjud bo‘lgan sof naqd pul oqimlari asosida hisoblab topiladi. Aksiyalarning bozor bahosini topishning bu usuli hozirgi qiymatga keltirilgan kelajakda olinishi kutilayotgan sof pul oqimlari usuli deb ataladi.
Bu usulga ko‘ra aksiyalar bahosi quyidagi formula orqali topiladi:
»
Vt = ¥ (1C+t +rt)t t
Bu yerda:
Vt – biror-bir aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining biror t sanadagi bozor bahosi;
»
Ct+t– korxonaning biznes faoliyati natijasida joriy vaqtdan boshlab t+τ vaqtgacha har bir hisobot davri davomida olinishi kutilayotgan sof pul oqimlari; τ – korxonaning kelajak faoliyati natijasida sof pul oqimlari to‘play
oladigan davrlar soni; r – aksiyadorlik jamiyatining kapital tannarxi.
Korxonalar aksiyalarining bozor narxini aniqlashning bu usulini amaliyotda qo‘llash uchun korxonaning uch-to‘rt yillik tarixiy moliyaviy hisobotlaridan olingan ma’lumotlar asosida shu korxonaning kelajakda olishi kutilayotgan sof pul oqimlari hajmini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi.