Mahsulot turi
|
Mahsulot birligini
bahosi, so‘m
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot natura shaklida, (dona)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymat shaklida, (ming so‘m)
|
Assortiment hisobiga ishlab
chiqarilgan mahsulot
|
Biznesrejada
|
Haqiqatda
|
Biznesrejada
|
Haqiqatda
|
«A»
|
8950
|
96700
|
103458
|
865465
|
925949
|
865465
|
«B»
|
7600
|
102700
|
97639
|
780520
|
742056
|
742056
|
«V»
|
3460
|
56800
|
61528
|
196528
|
212887
|
196528
|
«G»
|
2570
|
65200
|
57621
|
167564
|
148086
|
148086
|
«D»
|
5680
|
18919
|
85731
|
107462
|
486953
|
107462
|
Jami:
|
x
|
x
|
x
|
2117539
|
2515931
|
2059597
|
168
Bizning misolimizda u quyidagilarni tashkil etgan.
"B" - (742056-780520)= -38464 ming so‘m
"G" - (148086-167564)= -19478 ming so‘m
----------------- 57942 ming so‘m
57942 x 100
----------------- = 2,74% assortiment rejasini bajarilmasligi
2117539
100 - 2,74 = 97,26 % o‘rtacha assortiment rejasining bajarilishi.
Mahsulot ishlab chiqarish assortimentining o‘zgarishi xo‘jalik faoliyati natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda korxona birinchi navbatda, mahsulotlar turiga bo‘lgan talabni hamda bozordagi holatini, ikkinchidan esa, korxonada mavjud bo‘lgan mahsulot, xomashyo, texnik-texnologik, moliyaviy va boshqa imkoniyatlardan to‘laroq foydalanishni e’tiborga olishi zarur. Assortimentni shakllantirish sistemasi quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga olishi shart:
iste’molchilarning istiqbolli ehtiyojini aniqlash;
chiqarilayotgan mahsulotning raqobatbardoshlik darajasini aniqlash;
mahsulotning bozordagi hayotiylik siklini o‘rganish, o‘z vaqtida yangi zamonaviy bo‘lgan tovarlar turini yaratish bo‘yicha choralar ko‘rish va ishlab chiqarish dasturidan ma’naviy eskirgan va iqtisodiy jihatdan kam foydali bo‘lgan mahsulotni chiqarib tashlash;
iqtisodiy samaradorlik va mahsulot assortimenti o‘zgarishida xavf-xatar darajasini baholash.
5.4. Tovarlar tarkibidagi strukturaviy o‘zgarishlarning mahsulot hajmiga ta’siri tahlili
Korxona (firma)larning ixtisosligiga kiruvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi bozordagi talab va taklifning o‘zgarishiga qarab muntazam takomillashib, rivojlanib hamda mukammallashib boradi. Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qiymat o‘lchamidagi hajmi strukturaviy o‘zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamaytirilib aniqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi sarflanayotgan moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganilishi tahlilda erishilgan natijalarni yanada aniqroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta manfaatlidir. Shuning uchun ham tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksi bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
Eng kichik usul orqali assortiment rejasining bajarilishi har bir mahsulot turining reja va haqiqiy ko‘rsatkichlaridan eng kichigi olinib ularning yig‘indisi reja bo‘yicha jami mahsulot hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
K as = NN asp ;
bunda Kas- mahsulot assortimentini bajarilishi koeffitsiyentda; Nas – assortimentga qabul qilingan mahsulot; Np- jami rejadagi mahsulot qiymati.
Mahsulot strukturasi - ayrim mahsulot turlarini jami ishlab chiqarishda tutgan ulushidir.
Mahsulot material sig‘imli, mehnat sig‘imli va yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlaridan iborat. Bu turdagi mahsulot miqdorlarini belgilangan rejadan farqlanishi strukturani o‘zgarishiga olib keladi.
Jami ishlab chiqarishda yuqori narxlardagi mahsulot turlari ulushini salmoqli bo‘lishi mahsulot hajmini qiymat shaklida ortishiga va buning aksi bo‘lgan hollarda mahsulot hajmini kamayishiga olib keladi.
Yuqori rentabellik darajasiga ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi
170
(past rentabellik mahsulot turlarini pasayishi) tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
35-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |