Marketing tahlilining asosiy vazifalari:
korxona xizmatiga bo‘lgan talab va ehtiyojni baholash, tahlil etish; ishlab chiqarish dasturi real asosga ega ekanligiga ishonch hosil qilish;
mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talablarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni tahlil etish;
talab etilmagan xizmat turlarini aniqlash;
baho siyosati va assortiment turlarini tahlil etish;
mahsulotni raqobatbardoshligini baholash va tahlil etish;
marketing faoliyatining taktika va strategiyasini ishlab chiqish.
7-chizma. Korxonani kompleks marketing tahlilining tizimi.
Marketing tahlilining axborot tizimi ichki manba, tashqi manba, marketing tadqiqotlaridan iborat. Tahlil etish jarayonida bu bo‘limlarning har biri mustaqil axborot tizimi sifatida ishtirok etadi. Ichki axborot manbalari tarkibiga korxonaning buxgalteriya va statistika hisobotlarining tezkor va joriy ishlab chiqarish ilmiy-texnika manbalari kiradi. Tashqi manbalar tizimiga korxonaning tashqi faoliyati, bozor va uning infratuzilmasi, xaridor va mol yetkazib beruvchilar holati, raqobatchilar harakati, bozor mexanizmini tartibga solish bo‘yicha davlatning ko‘rgan chora-tadbirlari kiradi. Bu manbalar vaqtli va maxsus nashr, statistik to‘plam, tijorat tashkilotlarining olib borgan izlanishlarini sharxlarida aks etadi. Bunday manbalar qatori tashkil etilgan ko‘rgazma va anjuman manbalari, ishbilarmonlar ushrashuvi va ularning olib borgan muzokaralari bo‘yicha tuzilgan protokollar yanada to‘ldiradi. Tahlilning axborot manbalari sifatida korxonaning biznesrejasi (marketing rejasi)dan ham foydalaniladi.
Marketing konsepsiyasiga ko‘ra har bir faoliyat yurituvchi korxona muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, iste’molchilarning istaklarini nazarda tutishi kerak. Bu esa ularga mos tushadigan tovarlar ishlab chiqarishni taqozo etadi va quyidagi qoidalarga rioya qiladi:
Xaridorlarni tushunish va ularni qiziqtirgan doirani aniqlash.
Tovar va xizmatlar mulkchiligini ta’minlash.
Tovarlar haqida kerakli ma’lumotlarni yetkazib berish.
Yuqorida keltirilgan qoidalar marketingning to‘rt aksiomasiga asoslanadi:
«Qiziqtirish muvaffaqiyat garovi».
«Raqobat tanlashni rag‘batlantiradi».
«Tanlov qiyinchilik tug‘diradi».
«Tanlovdagi raqobat tovarni takomillashtiradi».
Talabni o‘rganish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy va demografik tavsiflariga ko‘ra turlarga ajratish usullarini ishlab chiqgan. Shu bilan birga ularni psixologik taraflarini e’tiborga olib tahlil qilish keng rivojlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |