Birinchidan, pul mablag‘lari kirimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash.
Ikkinchidan, pul mablag‘lari chiqimini davr boshlanishidan oldin bashoratlash.
Uchinchidan, sof pul oqimini (ortiqcha yoki kamomad) davr boshlanishidan oldin hisob-kitobini qilish.
To‘rtinchidan, qisqa muddatli moliyalashtirishda mutlaq talabni davr boshlanishidan oldin aniqlash.
Pul oqimini progonozlash jarayonining birinchi bosqichi kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari kirimining hajmini hisoblashni o‘z ichiga oladi. Qo‘yidagi holatda bunday hisob-kitoblar ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. ya’ni agar korxona tushumni aniqlash uslubiyatini tovarlar jo‘natish tartibi bo‘yicha o‘zgartirib turadigan bo‘lsa, u holda pul mablag‘lari kirimida asosiy manba tovarlar sotish bo‘lib hisoblanadi. Tovarlarni sotish ham o‘z navbatida tovarlarni naqd hisob-kitobga yoki kredit (jo‘natilgan tovarlar qiymatining ma’lum qismini qarz sifatida berish) hisobiga sotishga bo‘linadi.
Amaliyotda ko‘pchilik korxonalar o‘rtacha davr oralig‘ida xaridorlardan jo‘natilgan tovarlar qiymatini to‘lashni talab qiladilar. Ushbu holatlardan kelib chiqib sotilgan mahsulotlarning qaysi qismi ushbu davrdagi tushumga, qaysi qismi esa keyingi davrdagi tushumga kiritilishini hisoblash mumkin bo‘ladi.
Zanjirli bog‘lanishning balansli usulidan foydalanib, pul mablag‘lari kirimi va debitorlik qarzlarning o‘zgarishi hisob-kitob qilinadi. Balansli tenglikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
DQD.B.+ ST = DQD.O. + PK
Bu yerda:
DQD.B. – Tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr boshidagi holati.
ST – Davr oralig‘idagi sotishdan tushgan tushum.
DQD.O. – Tovar va xizmatlar bo‘yicha debitorlik qarzlarning davr oxiridagi holati.
PK – Davr oralig‘idagi pul mablag‘lari kirimi.
Debitorlik qarzlarini to‘lov (qoplash) muddatlari bo‘yicha tasniflash birmuncha aniq hisob-kitob qilish imkoniyatini beradi. Bunday tasniflash orqali, statistika va tahlilni o‘tgan davrda debitorlik qarzlarini qoplash haqidagi haqiqiy manbalar bilan ta’minlash mumkin bo‘ladi. Debitorlik qarzlarini to‘lov muddatlari bo‘yicha tahlil etishni oylar bo‘yicha o‘tkazish tavsiya etiladi. Chunki bunday holatda debitorlik qarzlarini qoplash muddatlariga qarab o‘rtacha miqdorini 30 kungacha, 60 kungacha, 90 kungacha va hokazo kunlarga moslashtirib o‘rnatish lozim. Pul mablag‘lari kirimiga oid boshqa manbalar (boshqa sotishlar, sotish bilan bog‘liq bo‘lmagan muomalalar)ni bashoratlash to‘g‘ri hisoblash usuli orqali bajariladi, ya’ni kirim qilingan summaga joriy davrdagi sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari summasi qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |