Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Korxonaning moddiy-texnika ta’minoti rejasining bajarilishi tahlili



Download 9,79 Mb.
bet132/334
Sana03.06.2022
Hajmi9,79 Mb.
#631654
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   334
Bog'liq
Moliyaviy taxlil maruza

7.3. Korxonaning moddiy-texnika ta’minoti rejasining bajarilishi tahlili
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish davrida sanoat korxonalariga qonun doirasida harakat qilish mustaqilligi berilgan. Respublikamizda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida turlicha mulkchilikka asoslangan korxona shakllari tashkil etilgan. Ular iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirilishi natijasida yanada takomillashtirilmoqda. Natijada, ijara korxonalari, hissadorlik jamiyatlari, kompaniyalari, qo‘shma korxonalar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilmoqda. Ular talab va taklifdan kelib chiqqan holda ko‘proq foyda olish maqsadida o‘zlarining ishlab chiqarish faoliyatlarini qonun doirasida erkin mustaqil amalga oshirmoqdalar. Bu holat korxonalarning moddiy texnika ta’minoti masalalarini hal etishga ham bevosita bog‘liq.
Korxonalar ishlab chiqarishining rivojlanishini rejalashtiradilar. Ular qisqa hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bu masalalar korxonalarning biznes-rejalarida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan bo‘ladi.
Korxonalar o‘z maqsadining muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida o‘zlarini ishlab chiqarishlar moddiy texnika resurslari bilan ta’minlash jarayonini bajarilishiga alohida e’tibor beradilar. Buning uchun aniqlangan, ya’ni korxona uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika resurslarini yangi turlari mavjudliligi hamda ular jahon bozorida taklif qilinganligi o‘rganiladi. Korxona o‘zi uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika resurslarining yaxshilarini, ya’ni samaralisini olishga harakat qiladi.
Moddiy resurslardan samarali foydalanish va mahsulot sotish hajmini oshirish uchun korxona xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslar bilan yetarli miqdorda ta’min etilishi kerak. Materiallarni belgilangan miqdorda, assortimentda kelib tushmasligi, muddatlarini uzayishi ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’min etmaydi. Shu bilan birga ortiqcha xomashyo zaxiralariga ega bo‘lish, mablag‘lar aylanishini sekinlashtiradi, naqd pul mablag‘larini yetishmasligiga olib keladi. Demak, moliyaviy va boshqaruv tahlilining asosiy vazifalaridan biri, ishlab chiqarishni normal tashkil etish uchun korxonani optimal miqdordagi moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashdan iboratdir. Moddiy texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyoj ikki manba hisobiga qondiriladi.

  1. Tashqi ta’minot.

  2. Ichki ta’minot.

Tashqi ta’minot deganda, xomashyo birjalari, ko‘rgazmalari orqali tuzilgan shartnomalar asosida xomashyo, yoqilg‘i va boshqa resurslarni kelib tushishi tushuniladi.
Ichki ta’minot, ta’minot rejasining bajarilishi ichki resurslardan unumli foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, iqtisod rejimiga rioya qilish evaziga amalga oshiriladi.
Respublika iqtisodiyotini shakllanishida lizing kreditlarini roli kattadir. Lizing kreditlaridan foydalanish uchun dastlab lizing kompaniyalari yoki lizingni amalga oshiruvchi subyektlar bilan lizing kreditlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Bunda uch tomon qatnashishi mumkin.
Lizing kreditini amalga oshiruvchi moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lganligi uchun moddiy – texnika resurslarini ijaraga beruvchilardan olib ularni foydalanuvchilarga yetkazib berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Ayrim hollarda esa moddiy texnika resurslarini to‘g‘ridan – to‘g‘ri ijaraga beruvchilar ularni ijaraga oluvchilarga yetkazib berishlari mumkin. Bu masalalar shartnomalarda batafsil o‘z aksini topishi zarur.
Tahlil davomida korxonani moddiy resurslar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti aniqlanadi:
K =T
MMXR ;
Bunda, Mx,Mr- materiallarni haqiqiy tushumi va materiallarga bo‘lgan talab (shartnoma).
Moddiy resurlarning me’yor zaxirasi joriy va muhofaza (har ehtimolga qarshi) zaxiralaridan iborat.
Zme’yor= Zjoriy+Zmuhofaza
Joriy zaxira yetkazib berish intervali (Int) kunda va materiallarni bir kunlik sarflari (Skun) ko‘paytmasidan hosil bo‘ladi.
Zjoriy= Int* Skun
Muhofaza zaxiralari ishlab chiqarishni uzluksiz davom etishini kafolatlovchi, moddiy resurlar ta’minotidagi uzilishlar ro‘y bergan hollar uchun zarurdir.
Moddiy - texnika ta’minotini kompleks tahlil etishda talabni shartnoma bo‘yicha qoplanishi va bajarilishi aniqlanadi.
61-jadval Moddiy resurslar ta’minoti rejasi bajarilishi tahlili


Download 9,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish