Jami mahsulotdagi ulushi, (%)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati
(ming so‘m)
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
Oliy navli mahsulot
|
9400
|
82400
|
89123
|
108,16
|
85,21
|
86,14
|
774560
|
837756,2
|
Birinchi navli mahsulot
|
6300
|
14300
|
14335
|
100,24
|
14,79
|
13,86
|
90090
|
90310,5
|
Jami
|
X
|
96700
|
103458
|
106,99
|
100,0
|
100,0
|
864650
|
928066,7
|
O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:
864650 ming so‘m 928066,7 ming so‘m Rejada = --------------------------- = 0,951 Haqiqatda = -------------------------- = 0,954
bo‘yicha 96700 * 9400 103458 x 9400
Mahsulot birligining o‘rtacha sotish bahosi:
864650 ming so‘m 928066,7 ming so‘m
Rejada ------------------- = 8942 so‘m Haqiqatda --------------------- = 8971 so‘m bo‘yicha 96700 dona 103458 dona
Mahsulot birligini o‘rtacha sotish bahosini 29 so‘mga ortishi qiymat shaklida mahsulotni 3000,28 ming so‘mga ortishiga olib keldi.
(8971-8942)*103458=3000,28 ming so‘m
«A» mahsuloti hajmi qiymat shaklida rejadagiga nisbatan 63417,22 ming so‘mga ko‘paygan. Mahsulot hajmining bunday tarzda ko‘payishiga mahsulot birligining sotish bahosini oshganligi 3000,28 ming so‘mga, mahsulotning o‘rtacha navlilik darajasining ortganligi esa 60416,42 ming so‘mga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan hamda umumiy «A» mahsulotning rejaga nisbatan haqiqatda 63417,22 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.
Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi:
foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati;
xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;
ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi;
ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.
Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy ko‘rsatkich bu O‘zbekiston Davlat Standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlardir.
5.7. Mahsulotlarni sotish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili
Istiqlol yillarida o‘tkazilgan islohotlar tufayli boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari o‘rnini egallagan bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma barcha mulk shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy huquqiy hujjatga aylandi. Yaqin o‘tmishda rejali iqtisodiyot davrida ham shartnomalar tizimidan foydalanilgan, ammo, yakka mulkchilik, ya’ni davlat mulkchiligining tanho huquqi hukmronlik qilgan zamonda shartnomalar reja va topshiriqlarni bajarish uchun qo‘llaniladigan bir vosita hisoblangan xolos, qolaversa, ilgarilari shartnomaga uni tuzgan tomonlarning istak va manfaatlarini ifoda etuvchi to‘la huquqli yuridik hujjat deb ham qaralmasdi. Ularning qo‘llanilishi cheklangan bo‘lib, hattoki, fuqarolarning o‘zaro bitim tuzishi qonun yo‘li bilan jazolanadigan ayb - chayqovchilik sifatida, qoralanar edi. Shu ma’noda, shartnomaning huquqiy maqomini tamomila o‘zgartirish va umuman, shartnoma tuzish madaniyatini yuksaltirish borasida mamlakatimizda jiddiy ishlar amalga oshirilayotgani e’tiborga loyiqdir. Endilikda, shartnoma rejali ishlab chiqarish va taqsimlash omillariga asoslanmaydi. Bil’aks, bozor qonuniyatlari talabiga binoan, shartnomaviy munosabatlar tovar-pul, ya’ni teng to‘lovlar tarzida amalga oshirilib, shartnoma ularga huquqiy shakl o‘rnida xizmat qila boshladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xo‘jalik ishlarini yuritish qonunlari majmuasi, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar to‘g‘risidagi qonunlar, boshqa me’yoriy hujjatlar shartnoma munosabatlarini tartibga solib turuvchi huquqiy manbalar hisoblanadi.
Shartnoma ijrosi bugungi kunda eng dolzarb muammolardan biridir. Shartnoma bajarilmasligi korxonaga iqtisodiy zarar keltiribgina qolmay, uning istiqbolini xavf ostiga qo‘yadi, har ikki tomondagi korxonalar ishchilarining maosh ololmasligiga sabab bo‘ladi.
39-jadval Shartnoma majburiyatlarining bajarilishi tahlili
Xo‘jalik shartnomalarining malakali va puxta tuzilishi tomonlar majburiyatlarining noto‘g‘ri talqin etishlariga, sheriklardan biri shartnomaga noinsof munosabatda bo‘lganida yoki uni beixtiyor buzib qo‘yganida, bu holat boshqa tomonga zarar keltirishiga imkon bermaydi. Korxona rahbarlari va tadbirkorlarning barchasida ham o‘z faoliyatining moliyaviy natijalari bilan bog‘liq mas’uliyat hissi shakllangan, deb bo‘lmaydi. Huquq idoralari o‘tkazgan tekshirishlarda ayrim korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan shartnomalarni tuzish va ijro etishda qonunchilikka rioya etmaslik holatlari ko‘plab aniqlangan. Aksariyat rahbarlarda hozirgacha mulkdorlik tuyg‘usi shakllanib ulgurmagan.
Sotish rejasining bajarilishini shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda aniqlash lozim. Bu ko‘rsatkich orqali korxonaning shartnomaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlariga va faoliyatiga baho beriladi.
Majburiyatni hisobga olgan holda sotish rejasi 95,62 % (2263820 x 100 : 2367492) ga bajarilgan xolos. Shartnomadagi 103672 ming so‘mlik mahsulot iste’molchilarga shartnomada kelishilgan muddatlarda yetkazib berilmagan. Bu esa, mahsulot yetkazib beruvchi korxonaga bo‘lgan ishonchning pasayishiga, ushbu korxonaga nisbatan turli iqtisodiy jarimalar qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Natijada korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashuviga va raqobat bozorida o‘z mavqeini yo‘qotishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |