Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Davlat korxonasi ustav kapitalining shakllanishi



Download 0,83 Mb.
bet142/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Davlat korxonasi ustav kapitalining shakllanishi.


Davlat korxonalarida ustav kapitalining hajmi uning xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis hujjatlarida – xo’jalik yurituvchi sub’ektni tashkil qilish va uning balansiga mol-mulk o’tkazish to’g’risidagi buyruqda kayd etilgan miqdorga muvofiq bo’lishi lozim.
Davlat korxonasi ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha provodka: 0130 – «Mashina va uskunalar» hisobvarag’i debeti.
1010 – «Xom ashyo va materiallar» hisobvarag’i debeti. 1080 – «Inventar va xo’jalik jixozlari» hisobvarag’i debeti. 5010, 5110 – «Pul mablag’lari» hisobvarag’i debeti.
8300 – «Ustav kapitali» hisobvarag’i krediti.

Ma’suliyati cheklangan jamiyat ustav kapitalining shakllantirilishi.


Pul birligida baholangan ustav kapitaliga qo’yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchining ulushini tashkil etadi. Har bir ishtirokchi (muassis) MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiq moddiy va (yoki) nomoddiy aktivlarni kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha buxgalteriya yozuvlari yakka egalikdagi yozuvlarga aynan o’xshash bo’ladi, muassislar bo’yicha taxliliy hisobgina zarur.
MChJ ustav kapitalining eng kam miqdori ro’yxatdan o’tkazilgan sanada eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bulmasligi lozim. Muassislar, pul ko’rinishida bulmagan kiritilayotgan aktivlarni baholash to’g’risida kelishuvga erishishlari kerak, bunda baho aktiv o’tkaziladigan sanadagi adolatli bahosini ifodalashi shart.
Ustav kapitalini shakllantirishning cheklangan muddati davlat ro’yxatidagi o’tkazilgan paytdan boshlab, agar boshqa holatlar qonun hujjatlarida nazarda to’tilmagan bo’lsa, bir yildan oshmasligi lozim. Mazkur davr mobaynida MChJ a’zolari tomonidan o’z qo’yilmalari kiritilmagan hollarida, agarda ta’sis hujjatlarida boshqa holatlar nazarda to’tilmagan bo’lsa, ular muddati uzaytirilgan to’lovlar summasi 25% yillik to’lov to’laydilar.
A’zolar jamiyatga o’z mol-mulklarini kiritganlaridan keyin ular uzlarining yakka tasarruf etish huquqini yukotadilar. Mol-mulk yangi xo’jalik yurituvchi sub’ekt aktiviga aylanadi, sheriklarning barchasi birgalikda egalik qilishga utadilar.
Bunday badallarning har biri muassislar majlisning bayonnomasida rasmiylashtiriladi., bu esa aktiv belgilanishi va baholanishiga barcha mulkdorlarning roziligini ifodalaydi.
Mustakil malakali baholovchi tomonidan kiritiladigan mol-mulkni baholashni amalga oshirish davlatga yoki qisman karashli bo’lgan baholash ob’ektlari bitimga jalb etiladigan hollarda majburiy hisoblanadi. Shuningdek Fan va texnika Davlat Qo’mitasining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ustav fondiga kiritiladigan nomoddiy aktivlar toifasiga tegishli bo’lgan intellektual mulk va boshqa ob’ektlarni baholash to’g’risidagi xulosasi zarur.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitalini uzgartirishga faqat muassislar karoriga ko’ra yul qo’yiladi, bunda ustav kapitali uzgargani haqida ommaviy axborot vositalari orqali xabar qilish hamda ta’sis hujjatlarini kayti ro’yxatdan o’tkazish lozim.
Ustav kapitalining kamaygan to’g’risida MChJ karori bu xakda axborot e’lon qilinganidan sung kamida uch oy utgach kuchga kiradi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasi davlat organlarida ro’yxatga olinishi bilan tasdiqlangan muassislarning tegishli karorlarisiz ustav kapitalining uzgarishi bilan bog’lik operatsiyalarni aks ettira olmaydi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish