9300 Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar:
9310 «Asosiy vositalarni tugatilishidan olingan foyda»
9320 «Boshqa aktivlarni tugatilishidan olingan foyda»
9330 «Undirilgan bokimanda jarima va burchsizliklar»
9340 «Otgan yil foydasi»
9350 «Joriy lizing yuzasidan olingan daromadlar»
9360 «Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarish natijasida olingan daromadlar»
9370 «Xizmat korsatuvchi xojalik daromadi»
9380 «Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam»
9390 «Boshqa operatsion daromadlar».
9500 Moliyaviy faoliyat natijasida olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar:
9510 «Royalti korinishidagi daromadlar»
9520 «Dividend korinishidagi daromadlar»
9530 « Foiz korinishidagi daromadlar»
9540 «Valyuta kursi farqidan olingan daromadlar»
9550 «Moliyalanadigan lizingdan olinadigan daromadlar»
9560 «Qimmatbaho qogozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar»
9590 «Boshqa moliyaviy faoliyatlar natijasida olingan daromadlar»
Favqulodda foydani hisobga oluvchi schyotlar:
9710 «Favqulodda foyda»
Umumxojalik faoliyatining natijalarini foyda yoki zarar summasini aniqlaydigan asosiy oqimlardan biri faoliyat boyicha olinadigan daromadlar yoki amalga oshirilgan xarajatlardir (davr xarajatlari). Chunki ushbu daromad summalari foydaga qoshiladi va xarajatlar esa foyda hisobidan qoplanadi, natijada umumiy foyda summasini kamaytiradi.
Xojalik faoliyat korsatish jarayonida bir nechta xarajatlarni amalga oshirish zarurati keladiki, lekin ushbu xarajatlar maxsulot tannarxiga qoshilmaydi, balki Nizom korsatmasiga asosan subektning hisobot davrida olgan foyda summasi hisobiga qoplanadi. Ushbu xarajatlar davr xarajatlari deb nomlangan bolib, unga ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bo gliq bolmagan xarajatlar kiradi, yani:
maxsulotni sotish bilan bogliq bolgan xarajatlar;
mamuriy boshqaruv xarajatlari;
umumxojalik ahamiyatiga ega bolgan boshqa xarajatlar va zararlar. Ushbu xarajatlarning aniq va ularning tegishli moddalari va elementlari
Nizomning tegishli 2, 2.1, 2.2, 2.3 va 2.4 bolimdagi moddalarida batafsil keltirilgan.
Yuqorida qayd qilingan xarajatlarni hisobga olish davrining oxirida subektning foydasiga olib borish yoki zarariga otkazish uchun 9400 «Davr xarajatlarini hisobga oluvchi» tranzit schyotning guruhi qollaniladi. Ushbu schyotda davr xarajatlarini hisobga olish maqsadida schyotlarning guruhi ochilgan:
9410 «Mahsulotlarni sotish bilan bogliq xarajatlar» 9420 «Mamuriy xarajatlar»
9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»
9440 «Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davridagi xarajatlar».
Maxsulotlarni, xizmatlarni sotish bilaan bo gliq xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:
maxsulotlarni, xizmatlarni transportda tashish xarajatlari va ushbu transportlarning bekor turib qolgan vaqti uchun tolangan jarima summalari;
maxsulotni orash, saqlash, jonatish joyigacha etkazish va trasportga yuklash xarajatlar (agarda ushbu xarajatlar istemolchi xaridorlar tomonidan qoplanmasa);
tasdiqlangan meyordagi reklama xarajatlari bozor va korgazmalarda qatnashishi, shartnomaga asosan xaridorlarga bepul berilgan tovarlarning qiymati;
marketing xarajatlari tovar bozorlari va istemolchilarning talab va xohishlarini organish, vakolatxonalar ochish xarajatlari.
Davr xarajatlari turkumining 2 - qismi mamuriy xarajatlar yigindisidan iborat bolib, bu bolimda umumxojalik ahamiyatiga ega bolgan mamuriyat
va boshqaruv xodimlarining me hnat haqlari, imorat va inshootlarnii asrash va ulardan foydalanish va boshqa tegishli xarajatlar kiradi. Bu xarajatlarni bir tizimga keltirish va yi gib borish uchun 9420- «Mamuriy xarajatlar nomli schyotlarning guru hi ochilgan.Ushbu schyotda xarajatlar quyidagi moddalar boyicha hisobga olib boriladi:
xojalik yurituvchi subektning vakillik xarajatlari;
binolarni tekinga berish va kommunal xizmat haqlari;
ekologiya xarajatlari.
Hisobot davrining oxirida 9410 «Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bogliq xarajatlar» va 9420 «Mamuriy xarajatlar» schyotlarida yi gilib kelingan ushbu xarajatlar tegishli 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet tomoniga olib boriladi. Subektning foydasi hisobidan qoplanadigan xarajatlarga boshqa muomala yuzasidan xarajatlangan xarajatlar kiradi. Ushbu xarajatlarning turlari Nizomning 2.3 bandida keltirilgan va hisobot davrida tegishli 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar» schyotlarida hisobga olib boriladi va ushbu xarajatlar quyidagi guruhlardan tashkil topadi:
kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, yangi tashkil qilingan subektda ishlash uchun tayyorlanadigan kadrlar uchun xarajatlangan xarajatlar bunga kirmaydi;
loyiha va qurilish montaj ishlarida aniqlangan chala ishlarni bartaraf etish, obekt yonidagi omborgacha uskunalarni tashishi vaqtida ularning shikastlanishini tuzatish va shunga oxshash subekt zimmasiga olinadigan xarajatlar;
maslahat va axborot xizmatlariga haq tolash;
auditorlik xizmatlariga haq tolash;
ozinig xizmat korsatuvchi tarmoqlari va xojaliklarining faoliyati natijasida korilgan zararlar;
salomatlikni muxofaza qilish va dam olishlarni tashkil qilish;
vaqtincha toxtatib qoyilgan ishlab chiqarish quvvatlari va obektlarini asrash xarajatlari;
bank va depozitariy xizmatlari tolovlari;
byudjetga majburiy tolovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari maxsus jamgarmalarga tolovlar;
ekologiya, madaniy maishiy tashkilotlar va hayriya jam garmalariga otkaziladigan badal summalari;
zararlar, jarimalar va penyalar;
hukumat qaroriga asosan qoplama (kompensatsiya) tolovlari;
kop yillik xizmatlari uchun bir vaqtda beriladigan mukofot, ragbatlantirish va tolovlar;
vaqtincha mehnat qobiliyatini yoqotganligi uchun qoshimcha tolangan summa;
nafaqaga qoshilgan summa;
ishchi va xodimlarga tolangan moddiy yordam;
sud xarajatlari;
davo muddati otgan debitor qarzi boyicha korilgan zararlar;
joriy yilda aniqlangan, otgan yillarda sodir bolgan muomalalar boyicha korilgan zararlar;
soliq kodeksi va boshqa qonunlarni buzganligi uchun jarimalar va penyalar.
Ushbu xarajat va xarajatlar hisobot davri mobaynida tizimga solingan holda 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar va zararlar» schyoti guruhining debet tomonidan yigib boriladi va davr oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet tomoniga otkazildi (D-t 9910,K-t 9430).