5000-Kassa schyot debet boyicha quyidagi schyotlar krediti bilan korrespondentsiyalanadi: 9010-Mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan daromadlar sotilgan mahsulotlar uchun kassaga kelib tushgan naqd pullarga; 9310-Asosiy vositalarning sotilishi va tugatilishidan foyda-asosiy vositalarni naqd pulga sotishdan olingan tushum summasiga; 9320 Boshqa aktivlarni tugatishdan olingan foyda boshqa moddiy boyliklarni naqd pulga sotishdan kassaga kelib tushgan summaga; 5110 Hisob-kitob schyoti bank muassasalaridan turli maqsadlar uchun olingan summaga; 9390 Boshqa operatsion daromadlar debitorlardan pul kelib tushishiga va boshqa bir qator schyotlar.
5000 Kassa hisobvaragi kredit boyicha quyidagi schyotlar debeti bilan korrespondentsiyalanadi: 5110 Hisob-kitob schyoti bankka topshirilgan naqd pullarga; 6510 Ijtimoiy sugorta boyicha tolovlar ijtimoiy sugorta fondidan kasallik varaqalari boyicha tolovlarga; 6710 Xodimlar bilan mehnatga haq tolash boyicha hisob-kitoblar naqd pul bilan berilgan ish haqi, mukofotlarga; 4220 Xizmat safari uchun bonaklar - hisobot beriladigan bonaklar tolanishiga; 4210 Mehnat haqi boyicha berilgan bonaklar ijro varaqalari boyicha naqd pul, deponent summalarini tolashga va hokazo.
1-jurnal-order va 1-vedomostdagi joriy yozuvlar, shuningdek, bazi bir boshqa jurnal-orderlardagi yozuvlar ham, ayrim schyotlar boyicha debet va kredit oborotlarini ushbu schyotlar boyicha tahliliy hisob olib boriladigan jurnal-orderlar yoki vedomostlarga kochirish uchun rasshifrovka varaqlarini tuzishga olib keladi.
Qaydnoma 5000 Kassa hisobvaragi boyicha jamlama va ayni vaqtda tahliliy hisobning registri hisoblanadi. Vedomostga mashinada ishlov berish asosida debeti boyicha kirim muomalalarining, krediti boyicha - chiqim muomalalarining summalari guruhlanadigan 5000- jamlama schyot (aktiv pul hisobvaragi) dagi kassa muomilalarini aks ettirish tartibi yotadi. Songra jamlama schyotlar boyicha 5000 - schyotga doir oborot vedomosti tuziladi, undagi malumotlar esa Bosh daftarga kochiriladi.
Kassa jarayonlarini inventarizatsiya paytida kassa hisobotlariga ilova qilingan quyidagi shakldagi hisob hujjatlaridan: KO-3 va KO-4 Kassa kirim va chiqim hujjatlarini royxatga olish jurnali, KO-4 shakli Kassa kitobi, KO-5 shakli Kassir tomonidan qabul qilingan va tarqatilgan pullarni hisobga olish kitobi, 5000- Kassa hisobvaragi hisob registri, bosh kitob va tekshirish davriga balans malumotlaridan foydalaniladi.
Shuning bilan birga, asosiy etibor kassa hujjatlarini rasmiylashtirishda: har bir hujjatda xojalik yurituvchi subekt rahbari va bosh buxgalterning barcha xarajat varaqalaridagi pul oluvchilarning imzolari borligiga, kassa hujjatlari yopilganligiga, ulardagi kirim hujjatlarida olindi, xarajat hujjatlarida tolandi, degan shtamplarni qoyilganligiga, aniq vaqtlar korsatilganligiga, ochirishlar va togrilashlar yoqligiga qaratiladi.
Amaliyotlar shuni korsatadiki, kassa sohasidagi suistemollar asosan ish haqi va hisobdor shaxslarga berilgan pullardan aniqlanadi. Shuningdek, vedomostlarga ishlamaydigan odamlarning qoshilishi, berilgan summalarning jami kopaytirib korsatilishi va kassa hisobotlariga xarajat hujjatlarini qaytadan qoshish maqsadida ulardagi vaqtlarni ozgartirish hollari uchrab turadi.
Kassa hujjatlarini tekshirish bir vaqtning ozida kassa va moliya intizomiga rioya qilishni tekshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |