Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Boshqaruv hisobining oldiga qo’yilgan vazifalar



Download 0,83 Mb.
bet102/160
Sana14.06.2022
Hajmi0,83 Mb.
#667259
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160
Bog'liq
Buxgalteriya va moliya kitob

Boshqaruv hisobining oldiga qo’yilgan vazifalar.


Boshqaruv hisobi korxonaning ichki xo’jalik aloqalari, ya’ni korxonaning o’zida (agentlar) ishlaydigan shaxslar o’rtasidagi aloqalarni tantanali suratda tashkil etadi .
B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellarning hisoblashlaricha, “boshqaruv hisobi moliyaviy hisobni kengaytiradi va eng avvalo u firmaning ichki operatsiyalarida qo’llaniladi. Uning maqsadi – aniq ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishish uchun mas’ul menejerlarni axborot bilan ta’minlashdan iborat”. R.Entoni va Dj.Risning nazarida, “boshqaruv hisobi – bu tashkilot doirasidagi jarayon bo’lib, u tashkilot boshqaruv apparatini rejalashtirish, tashkilot faoliyati ustidan nazorat o’rnatish va boshqarish uchun foydalaniladigan axborot bilan ta’minlaydi. Ushbu jarayon boshqaruv apparatiga o’zining funktsiyalarini bajarish uchun aniqlashni, o’lchashni, to’plashni, tahlilni, tayyorlashni, talqin etishni, qabul qilishni o’z ichiga oladi”.
Ch.T.Xorngren va Sh.Foster ham boshqaruv hisobini deyarli ana shunday ta’riflab berishadi. Ularning fikricha “Boshqaruv hisobi – tenglashtirish, o’lchash, to’plash, tizimlashtirish, tahlil, joy-joyiga qo’yish, talqin etish va biron-bir inshootni boshqarish uchun zarur bo’lgan axborotni o’zatishdir. Uning ikkinchi nomi ichki hisob hisoblanadi (internal)”.
Boshqaruv hisobining tashkilot ichki faoliyatiga mansubligiga shved iqtisodchisi Rune Lenkvist ham e’tiborni qaratadi. Uning fikricha, “hisobni ikki mustaqil qismga: tashqi va ichki qismga ajratish mumkin.
Ichki hisob korxona ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlaydi, butunlay korxona ichkarisida amalga oshiriladigan muomalalarni qayd etib boradi. Ichki hisob aksariyat hollarda ancha batafsillashtirilgan bo’ladi va keng ma’lumotlardan iboratdir”.
Boshqaruv hisobining yuzaga kelishini Sh.Rishar tijorat siri oqibati deb hisoblaydi. Uning fikricha, boshqaruv hisobi buxgalteriya hisobining dinamik kontseptsiyasi turi, xolos va tarixiy jihatdan u tijorat siri oqibati sifatida kapitalistik olamda paydo bo’lgan. Uning “maxfiy hisob” degan nomi shundan kelib chiqqan”.
XX asrning so’nggi o’n yilligida bozor iqtisodi rivojlangan mamlakatlarda strategik boshqaruv roli keskin o’sadi, bu boshqaruv hisobi mazmunida ham o’z aksini topadi. O’z navbatida bu O’zbekiston iqtisodchilari tomonidan boshqaruv hisobi mohiyatining aniqlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
V.F.Paliy va R.V.Vil fikricha, “Boshqaruv hisobining mohiyati ishbilarmonlik faoliyati bilan boshqarish jarayonida menejerlarga asqotadigan yoki zarur bo’lgan axborotni taqdim etishdan iborat”. Shundan keyin ular ta’kidlashadiki, “boshqaruv hisobidan kelajakka va ishning olg’a borishi uchun nima qilish mumkin bo’lsa, shunga asosiy e’tiborni qaratish talab etiladi. O’tgan narsani qaytarib bo’lmaydi, biroq uni kelajakda qo’llash maqsadida tadqiq qilish mumkin”.
“Boshqaruv hisobi xususiyatlarini o’rganish uning quyidagi vazifalarni bajarishiga e’tibor qaratilishi kerak:

  • ishlab chiqarishni boshqarish va kelajakda qarorlar qabul qilish uchun ma’muriyatga zaruriy axborotni taqdim etish;

  • mahsulot (ishlar va xizmatlar)ning va belgilangan me’yorlar, standartlar, smetalardan og’ishishlarni haqiqiy tannarxini hisoblash;

  • sotilgan buyumlar yoki ularning guruhlari, yangi texnologik qarorlar, mas’uliyat markazlari va boshqa pozitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni aniqlash”

.
V.I.Tkach va M.V.Tkachlar boshqaruv hisobi ahamiyatini ta’kidlagan holda aytadilarki, u “bozorda, shu jumladan ichki axborot negizida yuzaga keluvchi ko’plab muammolarni hal etish imkonini beradi. Shu tufaylida taktik va strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun zaruriy ma’lumotlarni oladilar va tahlil qiladilar”.

    1. Download 0,83 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish