Moliyaviy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi



Download 1,9 Mb.
bet9/23
Sana28.11.2022
Hajmi1,9 Mb.
#873814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Tahlil

Tezkor tahlil. 
Bu tahlil iqtisodiy tahlil turlaridan biri bo‘lib, xo‘-
jalik tizimini tezkor boshqarish uchun lozim bo‘ladigan masalalarni hal 
qilishga qaratilgandir. U korxonaning xo‘jalik faoliyatini boshqarishda 
shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda 
qo‘llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida 
ro‘y bergan chetga chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf 
qilish chora-tadbirlarini ko‘radi.
Tezkor tahlilning 

asosiy vazifasi

topshiriqlarni muntazam nazorat 
qilish, mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish jarayonini kunda 
aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o‘z vaqtida aniqlash 
va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish 
hisoblanadi. Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining 
taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi, amalda esa uning umumiy 
bajariladigan tahliliy ishlarda tutgan salmogi 10 foizni tashkil etadi. 
 
Istiqbolli tahlil kelajakni mo‘ljallab o‘tkaziladigan tahlil hisoblanadi 
va u korxonaning kelgusi bir-ikki va hokazo uzoq yillarga mo‘ljallangan 
ish faoliyatini qanday tashkil etishni belgilash maqsadida amalga oshi-
riladi. 
Istiqbolli tahlil joriy tahlilning natijalari va ma’lumotlariga asos-
lanib, korxonaning kelgusidagi faoliyatini bashoratlash va mo‘ljallash 
vazifasini bajarishga qaratilgan. 
Bunga sabab globallashuv jarayonining kuchayishi, iqtisodiy inte-
gratsiyaning chuqurlashuvi, modernizatsiyalash tadbirlarining eng 
muhim masala bo‘lib yuzaga chiqishi ishlab chiqarish subyektlarini iqti-
sodiy raqobatchilik muhitida yuqori foyda olish maqsadida rivojlanish-
ning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa 
iqtisodiy tahlilning xo‘jalik subyektlarini samarali boshqarishdagi rolini 
yanada oshirishni taqozo qiladi. 
Ushbu sharoitda zamonaviy iqtisodiy tahlil vazifalari takomillashib 
asosiy e’tibor boshqaruv hamda investitsiya qarorlarini asoslash, istiq-
bolli kapital qo‘yilmalar yo‘nalishlarini aniqlash va ularning maqsadga 
muvofiqligini baholashga o‘tishga qaratiladi. 
Ayni paytda, iqtisodiy tahlil vositalari pul mablag‘larining nominal 
qiymati, noaniqlik va risk, inflyatsiya ta’siri kabi omillarni baholash 
imkonini beruvchi yangi usullar hisobiga takomillashmoqda.3-variant

1.Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalari
Moliyaviy hisobot - xo'jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo'jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlaming jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo'jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir. Moliyaviy hisobot - buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy 123 natijasi va pul mablag4arining harakati to^risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir. Yillik moliyaviy hisobot quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi; -
moliyaviy natijalar to‘g ‘risidagi hisobot; 
- pul oqimlari to4g‘risidagi hisobot;
- xususiy kapital to‘gcrisidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Boshlang'ich hisob hujjatlariga asoslangan, buxgalteriya hisobi reestrlarida, moliyaviy hisobotlarda, tushuntirishlarda hamda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish bilan bogcliq boshqa hujjatlarda aks ettiriladigan buxgalteriya hisobi obyektlari haqidagi qayta ishlangan ma’lumotlar - buxgalteriya axboroti deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablami buxgalteriya hisobi standartlari belgilaydi. Buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir maxsus talablarni buxgalteriya hisobining milliy standartlari belgilaydi. Xo‘jalik subyektlari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoilashlari mumkin. Moliyaviy hisobotlarning elementlari: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar. Xo'jalik yurituvchi subyekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qoMlanilganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt moddalami aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to'g'ri kelsa.
2. Kompleks Moliyaviy tahlilni tashkil qilish asoslari, mazmuni va asosiy tamoyillari
Moliyaviy tahiil mazmuni bo‘yicha to‘liq moliyaviy tahiil va tematik moliyaviy tahiil turlariga tarkiblanadi ToMiq moliyaviy tahiil korxona moliyaviy faoliyatining barcha jihatlarini kompleks 0‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahiil korxona moliyaviy faoliyatining alohida jihatlarini va akspektlarini o‘rganishni xarakterlaydi. Tematik moliyaviy tahiil predmetiga: aktivlardan samarali foydalanish, aktivlami moliyalashtirishda alohida manbalardan optimal foydalanish darajasi, to‘lov layoqati va moliyaviy barqarorlik holati, optimal investitsion faoliyat, kapitalning moliyaviy tuzilishi kabi masalalami kiritish mumkin. Moliyaviy tahlilda obyektni qamrab olinishi yuzasidan xo'jalik yurituvchi subyektlaming to4liq (bir butunlikdagi) moliyaviy tahlili, alohida bo‘limlar va birliklarning moliyaviy holatini tahlili (iqtisodiy javobgarlik markazlari bo‘yicha), hamda alohida moliyaviy jarayonlar Q tahlilini tarkiblash mumkin .
0 ‘tkazish davri bo'yicha moliyaviy tahlil oldingi, joriy va istiqbolli tahlil turlariga tarkiblanadi. Oldingi moliyaviy tahlil - korxona moliyaviy faoliyatini bir butunlikda yoki alohida olingan moliyaviy jarayonlar bo‘yicha shartsharoitlarini bilish bilan bog'lanadi (masalan, uzoq va qisqa muddatga bank kreditlarini olish yuzasidan korxonaning toiov layoqatini baholash). Joriy (operativ) moliyaviy tahlil - alohida moliya rejalarini bajarilishida yoki moliya operatsiyalarini amalga oshirish davomida operativ tarzda moliyaviy holatga ta’sir etish yuzasidan o4kaziladigan tahlil turidir. Istiqbolli moliyaviy tahlil - amaldagi holatni o‘rganish asosida moliyaviy holat va uning alohida birliklari bobyicha kelajakdagi o‘zgarishlarning kutilishlarini baholab beruvchi tahlil turidir. Moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlarini iqtisodiy tahlil va uning tarkibiy qismlariga nisbatan yagona asosda birday belgilash to ^ r i, lekin aynan moliyaviy tahlil yuzasidan uni quyidagi ketmaketlikda o'tkazish maqsadga muvofiq deb o^ylaymiz: Moliyaviy tahlil maqsadini belgilash va rejasini tuzish; Moliyaviy tahlil yuzasidan ma’lumotlar bazasini to‘plash; Moliyaviy tahlilni bevosita o‘tkazish bosqichi; Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi; Qarorlar tayyorlash bosqichi; Tahlil natijalarini realizatsiya qilish bosqichi.
 
 
 
24-variant
1.Moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari.
Moliyaviy tahlil o4kazish metodikasi quyidagi asosiy bosqichlarni ocz ichiga oladi: 1. Dastlabki baholash. Dastlabki baholashda axborotlar ishonchligini baholashni, moliyaviy hisobotlarni o'qish va uning muhim ko'rsatkichlar tizimini baholashni, aylanma mablag‘lar va uzoq muddatli aktivlar, o ‘z va qarz mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimini mutlaq ifodasi bilan chuqur tahlil etish orqali aniq xulosalami shakllantirish nazarda tutiladi. 2. E kspress-tahlil. Moliyaviy koeffitsiyentlami aniqlash asosida korxonaning joriy va istiqbolli toiovga qobilligini, ish va bozor aktivligini o‘rganish asosida korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishni anglatadi. Ekspress-tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, rivojlanish dinamikasini operativ, vizual baholashdan iborat. Ekspress-tahlilni amalga oshirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: - rasmiy xususiyatlarga ko‘ra hisobotni ko‘rish; - auditor xulosasi bilan tanishish; - korxona hisob siyosati bilan tanishish; - hisobotdagi “og‘riqli”(rnuammoli) bandlami aniqlash va ulami dinamik baholash; - asosiy ko‘rsatkichlar bilan tanishish; - tushuntirish xatini o‘qish; - haqqoniy balans ma’lumotlari asosida mulkiy va moliyaviy holatni baholash; - tahlil natijalari bo‘yicha xulosalami shakllantirish. Ekspress-tahlilda quyidagi muhim o‘zgarishlarga ahamiyat qaratiladi: davr oxiriga balans jamming davr boshiga nisbatan o‘sishiga; aylanma aktivlaming o ‘sishi uzoq muddatli aktivlaming o'sishidan yuqori bo‘lishiga; xususiy kapitalning qarz kapitalidan ortiq boMishiga; 121 xususiy kapitalning o'sishi qarz kapitalining o‘sishidan yuqori bo‘lishiga; debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining o'sishi bir xilda bo'lishiga; aylanma aktivlarda o‘z mablagMari hissasi yuqori boMishiga; qoplanmagan zarar qatori boMmasligiga va h.k. 3. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlil. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi — qaysi mahsulot turlari, qaysi xarajat turlari, qaysi javobgarlik markazlari tufayli o‘zgarishlar yuzaga kelganligini va bu borada rahbarlar qanday yo‘l tutishi lozimligiga qaratilgan. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi - xo‘jalik yurituvchi subyektining joriy davrdagi natijalarini, ularning kelgusidagi kutilishlarini, moliyaviy holatini keng qamrovli tavsiflashga, baholashga qaratilgan. Chuqurlashtirilgan moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagilarga qaratilgan: - xo'jalik subyektining iqtisodiy va moliyaviy holatini baholash; - xo‘jalik subyektining iqtisodiy salohiyatini baholash va tahlil etish; - mulkiy holatini baholash (analitik balansni tuzish, balansning vertikal tahlili, balansning gorizontal tahlili, mulkiy holatdagi sifat o'zgarishlari tahlili); - moliyaviy holatni baholash (likvidlik va to'lovga layoqatlilikni baholash, moliyaviy barqarorlikni baholash); - moliyaviy xo‘jalik faoliyati natijaviyligini baholash (ish aktivligi, foyda va rentabellikni baholash, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatini baholash)ni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy tahlilni quyidagi bosqichlardan iborat algoritmini belgilash mumkin: - tahlil uchun zarur boigan axborotlarni yig4ish; - axborotlarni qayta ishlash, ko'rsatkichlami tanlash va ularni tahliliyligini ta’minlash; - moliyaviy hisobotlarning gorizontal, vertikal, trend tahlilini o4kazish; 122 moliyaviy hisobotlar ko‘rsatkichlari asosida moliyaviy koeffitsiyentlarni hisob-kitob qilish, ularning qiyosiy tahlilini qilish, o‘zgarishlami omilli tahlilini amalga oshirish; - xo‘jalik subyektining moliyaviy holatini, moliyaviy natijalari, pul oqimlarini tahliliy natijalarini chiqarish, ulami yaxshilashning, imkoniyatlarini aniqlash; - moliyaviy tahlil bo'yicha yakuniy xulosalami tayyorlash va amaliy chora-tadbirlami belgilash.
2. Asosiy fondlar samaradorligini tahlil etishning uslubiy asoslari.
.
Sotilgan mahsulot hajmining mahsulot tannarxiga nisbati rеntabеllik darajasini, mahsulot tannarxining mahsulot hajmiga nisbati bir so`mlik mahsulotga kеtgan xarajatlarni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot hajmining asosiy fondlar va aylanma mablag`lar qiymatiga nisbati ishlab chiqarish fondlarining aylanish koeffitsiеnti, ya'ni fond samarasini ifodalaydi. Foyda bo`yicha biznеs-rеjaning bajarilishi va aylanma mablag`larning aylanish kunining tеzlashuvi o`z navbatida korxonaning moliyaviy faoliyati barqarorlashuviga va uning to`lov qobiliyatini oshirishga olib kеladi. Shu tariqa korxonaning xo`jalik faoliyatini ifodalovchi iqtisodiy ko`rsatkichlar tizimi (sistеmasi) shakllanadi. hartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo`shuv asosiy fondlarning amortizatsiyasidir.Sotish fakti ishlab chiqarilgan mahsulotning ijtimoiy istе'mol talab va extiyojlariga javob bеrishi dеmakdir.Lеkin, korxonalarning ish yuritish tajribasi sotish ko`rsatkichida jiddiy nuqsonlar mavjudligini ko`rsatadi. Gap shundaki, korxonalar sotish rеjasini oshirib bajarganlari holda, ularning ayrim istе'molchilari bilan tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan mol еtkazib bеrmaslik hollari ko`paydi. Bu esa o`z navbatida xalq xo`jaligiga juda katta zarar еtkazar edi. Shu sababli korxonalarning xo`jalik faoliyatiga baho bеruvchi muhim mеzon-sotish rеjasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bo`lib qoldi.
 
 
 
 
25-variant
1. Moliyaviy tahlilda zanjirli bog’lanish usulidan foydalanishning o’ziga xos jihatlari.
Zanjirli bog'lanish usulida xususiy kapital samaradorligi, rentabelligini omilli tahlilini amalga oshirish mumkin va bu jarayon ichki imkoniyatlami aniq va to'g'ri baholash imkonini beradi. zanjirli bog`lanish usuli. Bu usulning mohiyati quyidagidan iborat: ya'ni hisob formulasi tarkibiga kirgan o`tgan yil doirasidagi ayrim olingan miqdoriy ko`rsatkichlarini aynan shu ko`rsatkichlarning haqiqatdagi darajasiga kеtma-kеt almashtiriladi. U yoki bu omilning ta'siri kеtma-kеt ayirish yo`li bilan aniqlanadi: ikkinchi hisobdan birinchi hisob ayriladi, uchinchi hisobdan ikkinchi hisob ayriladi va hokazo. Birinchi hisobda hamma ko`rsatkichlar o`tgan yil doirasida olinadi, so`nggi hisobda esa - haqiqatdagi bajarilishi. Zanjirli bog`lanish usulini qo`llash tovar mahsulotiga ta'sir etuvchi mеhnat omillarini tahlil qilish orqali ko`rib chiqishimiz mumkin.
 
 
 
2. Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligini tahlil qilishning uslubiy asoslari.
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan-texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi:
a) ish haqi fondi;
b) xodimlar soni;
d) mehnat unumdorligi;
e) o‘rtacha yillik ish haqi.
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir.
1. Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi.
2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi.
3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
5. Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish darajasiga nisbati.
Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahoratixodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foydalanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o‘zgarishini mehnat unumdorligiga bo‘lgan ta’sirini hisoblash va baho berish.
2. Ish vaqtini yo‘qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga obyektiv baho berish.
4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash.
5. Xodimlar qo‘nimsizligiga baho berish.
6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish.
7. Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish.
8. Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’-
minlanganlik va ulardan samarali foydalanganlik holatlariga baho
berishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
• biznes-reja ma’lumotlari;
• mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini aks ettirgan 1-T shaklidagi «Mehnat hisoboti» statistik hisobot shakli ma’lumotlari;
• ish vaqtidan foydalanish, ish vaqti balansi to‘g‘risidagi hisobot, ishga kelish, ketish to‘g‘risidagi tabel, ish kunini fotografiyasi, ishlab chiqarish normasini bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa ma’lumotlar. 25
1. Moliyaviy tahlilda zanjirli bog’lanish usulidan foydalanishning o’ziga xos jihatlar
 
Zanjirli bog‘lanish usulida natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimli almashtirishlar orqali hisob-kitob qilinadi. Biroq, tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlarning ta’sir birliklari funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi.
Zanjirli bog‘lanish usulida zanjirli tizimdan foydalanilganligi sababli uning nomi zanjirli usul deb nomlangan. Bu tartib natijaviy ko‘rsatkichga har bitta omilning ta’sir darajasini hisoblashda ushbu omilning yangilangan ifodasi olinishi bilan farq qiladi. Qolgan barcha ta’sir birliklar o‘zgarishsiz qoldiriladi va h.k. Ushbu omillar oxirgi omil ta’sirini aniqlashga qadar davom ettiriladi. Zanjirli usulni turli ifodalarga nisbatan qo‘llash mumkin va bu uni qo‘llash imkoniyatlarini oshiradi va universalligini ta’minlaydi

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish