Moliyaviy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida shakllanishi



Download 1,9 Mb.
bet2/23
Sana28.11.2022
Hajmi1,9 Mb.
#873814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Tahlil

Tashqi moliyaviy tahlil cheklangan axborotlarni aks ettiruvchi moliyaviy hisobot shakllari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini o‘rganishni xarakterlaydi va korxona erishgan natijalarining barcha sirlarini ochib berish imkonini bermaydi. Ushbu tahlil ichki axborot bazasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lmagan, korxona faoliyati bilan qiziquvchi kontragentlar, mulk egalari yoki davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona aktivlari, o‘z mablag‘lari manbai va majburiyatlarining o‘zgarishi, to‘lov layoqati va likvidlilik darajasi, moliyaviy holati va barqarorligi, bozor va ish aktivligi, moliyaviy va iqtisodiy salohiyati, iqtisodiy mustahkamligi va nochorligi, foyda va rentabellik darajasi, pul oqimi va xususiy kapitalning o‘zgarishlari, korxonaning iqtisodiy reytingini aniqlashga qaratiladi.
Ichki moliyaviy tahlil – korxonaning ichki bo‘limlari, xodimlari tomonidan o‘tkazilib o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami bilan tashqi moliyaviy tahlildan farq etadi. Ichki moliyaviy tahlilning axborotlar bazasi va o‘rganiladigan masalalarning ko‘lami tashqi moliyaviy tahlilga nisbatan keng hisoblanadi. Uning axborotlar bazasiga faqat chop etiladigan moliyaviy hisobotlargina emas‚ balki moliyaviy hisobning barcha manbalari va hisobdan tashqari manbalarni ham kiritish mumkin. O‘rganiladigan masalalar ko‘lamini boshqaruvchilar va tahlilchilarning qiziqishlari doirasidan kelib chiqib belgilash mumkin.
 
2. Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalari
Moliyaviy hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektligi yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamlangan guruhiga kirishidan qat’i nazar shu xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum bir davrdagi faoliyatini ko‘rsatuvchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Moliyaviy hisobot – buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- buxgalteriya balansi;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
- pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot;
- xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;
- izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Moliyaviy hisobot shakllari va ularning axborotliligi

Hisobot shakllari

Buxgalteriya balansi

Moliyaviy natijalar haqida hisobot

Kapital to‘g‘risidagi hisobot

Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot

Iqtisodiy resurslar haqidagi, likvidlik va to‘lovga qobillik haqidagi, korxonaning o‘zgarishlarga ko‘nikish qobiliyatini baholash to‘g‘risidagi axborotlarni olishga imkon beradi

Resurslar bazasi yuzasidan pul oqimlarining ijobiy saldosini, faoliyat natijasi va rentabellik haqidagi axborotlarni beradi

Korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsion faoliyat natijasini baholashga, korxonaning pul ishlab topish qobiliyati, ushbu mablag‘larga korxonaning zaruriyatini baholashga imkon beradi

Korxonaning sof aktivlar qiymatini baholashga, to‘lovga qobillik va likvidlikni baholashga, pul mablag‘larini samarali boshqarish to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beradi



 
Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
davlat soliq xizmati organlariga;
ta’sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga;
davlat statistika organlariga;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga.
Moliyaviy hisobot elektron hujjat tarzida taqdim etilishi mumkin.
Moliyaviy hisobot yilning har choragida taqdim etiladi. Kichik korxonalar va mikrofirmalar buxgalteriya balansidan hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat‚ faqat yillik moliyaviy hisobotni taqdim etadi.
 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish