Moliyaviy tahlil


Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish usullari



Download 1,42 Mb.
bet31/94
Sana20.06.2022
Hajmi1,42 Mb.
#682120
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
Moliyaviy tahlil

Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish usullari

Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan barcha manbaalarni ishonchliligini, aniqliligini va to’g’riligini tekshirish natijalarni samarali bo’lishiga zamin yaratadi. Kerakli manbalarning turli-tumanligi, sermazmunliligi va ko’pligi ularning sifatli shakllanishiga e’tiborni qaratilishni taqozo etadi. Odatda korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbai yig’iladi. Ushbu ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to’g’riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig’ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:

  1. Texnik (yuzaki) tekshirish;

  2. Mazmun jihatidan tekshirish.

Texnik tekshirish - axborot manbalarini arifmetik jihatidan to’g’riligini, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligini e’tiborga olgan holda o’rganishdir. Yuzaki tekshirishda hisobotga barcha ma’lumotlarni kiritilganligi, ularning arifmetik yig’indisi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot shakllarining bir-biri bilan bog’liqligi, hisobotni topshirish muddati, mansabdorlarning imzosi tekshiriladi.
Mazmun jihatidan tekshirish ma’lumotlarning haqqoniy ekanligi, unda aks ettirilgan raqamlarning haqiqatda borligi aniqlashni o’z ichiga oladi. Bunday tekshirish o’z ichiga buxgalteriya hisobi boshlang’ich hujjatlaridagi keltirilgan raqamlarni inventarizasiya o’tkazish orqali taqqoslash, sanab ko’rish va o’lchash yo’li bilan to’g’riligiga ishonch hosil qilishdir.
Mazmun jihatidan tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Inventarizasiya natijalari hisobotda o’z aksini topishi;

  • Korxona hisobot ma’lumotlaridagi byudjetga to’lovlar va byudjet mablag’lari hisobiga moliyalashtirish summasini moliya tashkiloti ma’lumotlariga mos kelishi;

  • Foyda va zararlar schyotiga o’tkazilgan ko’rsatkichlarni tekshirish (ustav kapitalining o’zgarishi, tabiiy ofatdan ko’rilgan zarar, asosiy vositalarni tugatilishi va hakozolar).

Korxonalar faoliyatini tahlil qilish davomida ko’plab manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin bo’ladi:

  1. Reja ma’lumotlari manbalari;

  2. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari;

  3. Qo’shimcha ma’lumotlar manbai.

Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga biznes reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar, shartnoma ko’rsatkichlari kiradi.
Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbai bu buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda mablag’lar harakati, ularning manbalari, ularning xo’jalik aloqalari aks etadi.
Buxgalteriya balansida mablag’lar, ularni manbalarining joylashishi va hosil bo’lish manbalariga qarab ifodalanadi.
Statistik hisob va hisobot ma’lumotlari tahlil uchun asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Bu hisobotda hodisa va jarayonlarning jami ko’rsatiladi, ularni miqdor jihatdan xarakterlaydigan muayyan iqtisodiy qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi.
Operativ hisob va hisobot ma’lumotlari buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga va statistik hisobot ma’lumotlariga nisbatan zarur informasiyani bir muncha tezroq olishga imkon beradi.
Iqtisodiy tahlilni yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taalluqli bo’lmagan, ya’ni qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlarni taqdim etgan ma’lumotlari, auditor xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
Odatda tahlil ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo’jalikni yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, korxonalarning yillik hisoboti asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va Yuqori tashkilotlarga tuShuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi boshqa tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarni ma’ruzasi, korxona rahbarining buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtirilishi mumkin.
Tahlil natijalarini umumlashtirganda albatta erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va faktlar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko’rsatiladi.
Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga korxonaning umum majlis materiallari, turli xil diagramma, jadval va grafiklar tuzib mehnatkash ommaga ko’rsatma sifatida osib qo’yish, oynoma va ro’znoma sahifalarida ma’lumotlarni chop etish, axborot doskalaridagi ko’rsatkichlarni e’lon qilib borish ham hisoblanadi.
Analitik yozuv korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha yillik yoki choraklik hisobotiga tuShuntirish xatlari, Yuqori tashkilotlarni ularga bo’ysunuvchi tashkilotlar xulosalari kabi bo’ladi.
TuShuntirish xati rejani bajarilishi haqidagi umumiy xarakteristikada va ko’rsatkichlarni avvalgi davrlarga nisbatan o’zgarganlik ma’lumotlaridan boshlanadi. So’ngra natijaning rejadan tafovuti sabablari, ayrim omillarning o’zaro bog’lanishi va ularning xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlari ifodalanadi.
Analitik hisob – kitoblar analitik jadvallar ko’rinishida rasmiylashtiriladi. Ularni har biriga xulosalar va ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini echib beruvchi matnli ilovalar beriladi.
Bayonnomani xotima qismida xulosalar, aniqlangan kamchiliklarni tuzatish yo’l-yo’riqlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir rezervlardan foydalanish yuzasidan konkret (aniq) takliflar bayon qilinadi. Bayonnoma tuShunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog’langan bo’lishi kerak bo’ladi. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitida bunday tahlil korxona rahbarining xaridorlarni umumiy yig’ilishidagi ma’ruzasi uchun zarur bo’ladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliyaviy va boshqaruv tahlil qilishdan olinadigan natija uni axborot va metodik qo’llanmalar bilan ta’minlanganlik darajasiga bog’liq. Tahlilni axborot bilan ta’minlashda bosh rolni buxgalteriya hisobi va hisoboti egallaydi, sababi bu manbalarda xo’jalik faoliyati va uning natijalari o’z aksini topgan. Birlamchi va jamlangan hisob registridagi ma’lumotlarni o’z vaqtida va to’la-to’kis tahlil qilish rejani bajarilishiga, xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratiladi.
Ayniqsa yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarini mazmunan tekshirish tahlil ishlarini samarali o’tishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda ma’lumotlarni tahlil qilishdan oldin ularning to’g’riligi tekshirib olinadi. Ma’lumotlarning to’riligiga ishonch hosil qilish uchun esa ayrim ko’rsatkichlarni ma’lum bir hisobot ma’lumotlari bilan taqqoslab ularning bir-biriga mosligi o’rganiladi. Agar bir xil ko’rsatkichlar turli manbalarda bir xil tartibda aks ettirilgan bo’lsa, u holda ushbu ma’lumotlar to’g’ri deb tan olinishi mumkin bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning turli shakllaridagi ma’lumotlarni bir- biriga mosligini o’rganish quyidagi jadvalda keltirilgan (11-jadval).

Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish