Kirish. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning to’lovga layoqatlilik tahlilining nazariy asoslari
Xo’jalik yurutuvchi subyektlarning to’lovga layoqatliligini balans usulida tahlil qilish.
Xo’jalik yurutuvchi subyektlarning to’lovga layoqatliligini koeffitsentlar orqali tahlil qilish.
Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’li tanlandi, hamda unga o’tishning asosiy tamoyillari belgilab olindi. Buning uchun mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha sohalarida tub islohatlarni amalga oshirish talab qilinar edi.
Iqtisodiy islohatlar chuqurlashib borayotgan hozirgi kunda O`zbekiston iqtisodiyotni, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustashkamlashning asosiy yo`llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo`lga qo’yish va boshqa resurslardan to`g`ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishga qo’llash, iqtisodlik tamoyiliga rioya qilish, material hojatlarni kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chigarishda qo`lash yo`li bilan amalga oshirish mumkin. Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy xolatini baholashda eng muhim ko’rsatkich bu-to’lov layoqati ko’rsatkichidir. To’lov layoqati korxonaning to’lov imkoniyatlarni, yani uning o’z majburiyatlarini to’lashga qodirligini harakterlaydi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samoadarligini oshirish esa, eng avvalo, aylanma mablag`larni shakillantirish va ulardan to`g`ri foydalanishga bog`liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda tanlangan mavzu. Shu kunning dolzarb masalaridan bo`lganligi bilan ajratib turadi. Asosiy maqsad bozor munosabatlari sharoitida aylam mablaglarning iqtisodiy mohiyatini, uning tarkibiy tuzilishini tadqiq qilish aylanma mablag`larni tashkil qilishda bank kreditning rolini oshirish va uni yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining amaliy ahamiyati shundaki unda bayon etilgan uslubiy yondoshuvlar nazariy xulosalar va amaliy taklif va nazariy tafsiyanomalardan foydalanilgan. Ishlab chiqarishda aylanma mablag’larni shakillantirish va shuningdek aylanma mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Kurs ishida aylanma mablag’lardan to’g’ri foydalanish va ularni tashkil qilishda bank kreditining roli hamda mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash manbalari, shuningdek, mijozning kreditga layoqatliligini baholashning asosiy va qo’shimcha ko’rsatkichlarini va mavjud barcha ma'lumotlarni chuqur o’rgangan holda moliyaviy tahlil bo’yicha bir qancha nazariy va amaliy ma’lumotlardan foydalandim.
Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishini tadqiq qilish;1 Aylanma mablaglarni taklif qilishda bank kreditining rolini yoritib berish;
Mijozning kreditga layoqatliligi va uni baholash manbalarini tahlil qilish;
Mijozning kreditga layaqatliligini baholash ko`rsatkichlarini tahlil qilish;
Rivojlangan davlatlarda mijozning kreditga layoqatliligini baholash ussularini o`rganish va ularning ilg`or tajribalarini miliy bank tizimida qo`llash bo`yicha takliflar ishlab chiqish haqida o’yladim.
Ishlab chiqarishning rivojlantirish orqali iqtisodiyotning barqaror o’sishini ta’minlashga doir O’zbekiston Respublikasining qonunlari vazirlar maxkamasining qarorlari mavzu bo’yicha nashr etilgan Ilmiy adabiyotlar tadqiqot jarayonida qiyosiy taqqoslash usullaridan foydalanilgan.