Xo’jalik yurituvchi sub’yektning to’lovga layoqatlilik tahlilining nazariy asoslari.
Aylanma mablag`lar va ularning tarkibiy tuzilishi.
Korxonada asosiy fondler bilan birgalikda aylanma mablag`larning bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Aylanma mablag`lar pul mablag`larining yig`indisi bo`lib, ular ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlarini mablag` bilan ta`minlashga xizmat qiladi va ularning uzluksiz aylanishini taminlaydi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishni va ishlab chiqarilgan maxsulotlarning realizasiyasini uzluksizligini ta`minlaydi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda, ya`ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida to`liqligicha sarflanadi va ularning qiymati ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga ketadi.
Aylanma mablag`lar Tovar ayriboshlash jarayonida xizmat qiladi, lekin ular mahsulot qiymatini belgilamaydi, faqat ularni harakatga keltiruvchi manba hisoblanadi. Ishlab chiqarish mablag`larining realizasiya qilingan mahsulot qiymatidan yana ajratib olinib, keyingi ishlab chiqarish jarayoni uchun ishlatiladi. Bu ishlab chiqarish jarayoning sistematik ravishda qayta-qayta takrorlanishiga va tashkilotning to`xtovsiz harakatiga xizmat qiladi. O`z harakati davomida aylanma mablag`lar uch boshqichini o`taydi.
Birinchi bosqich, aylanma mablag`lar uchun tayyorlov bosqichi hisoblanadi. U muomalada bo`ladi, bunda pul mablag`lari ishlab chiqarish zahiralariga aylanadi.
Ikkinchi bosqichda aylanma mablag`lar ishlab chiqarishni tashkil qilishda bevosita ishtirok etadi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymatini belgilaydi, lekin uning to`liq haqqini ma`lum miqdorda to`lash uchun sarflanadi. Bu boshqich tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan tugaydi va mahsulotni realizasiya qilish yoki sotish ikkinchi - bosqich hisoblanadi.
Uchinchi bosqichda aylanma mablag`lar ikkinchi bosqichdagidek mehnat mahsulotlarini ta`minlash uchun sarflanadi va mahsulot realizasiyasidan so`ng aylanma mablag` qayta tiklanadi. Alanma mablag`larning qolgan qismi pul mablag`lari sifatida yig`iladi va reja asosida taqsimlamadi. Mahsulot realizasiyasidan kelib tushgan tushumning bir qismi foyda va aylanma mablag`larni tashkil qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning uzluksizligini taminlaydi. Aylanma mablag`larning shakli ular harakatining uchinchi bosqichi bo`lib. Shu bilan birga aylanma mablag`larning boshlangichi boshlanadi.