Moliyaviy risklarni boshqarish
1. Riskning mazmuni. Riskning turkumlanishi.
2. Moliyaviy risklarning yuzaga kelishi
3. Risklarni boshqarish jarayonini.
4. Risklarni kamaytirish usullari.
5. Risklarni pasaytirishda diversifikatsiyaning o’rni.
1.Riskning mazmuni. Riskning turkumlanishi.
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va Kursel
Seneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi1. 19 asrlarda
odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o’zlashtirilishiga olib
kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni
samarali boshqarishdan vujudga keladi.
“Risk” atamasi Yevropaning ko’p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon”
so’zi mavjud bo’lib, u qoya, cho’qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so’zi xatar,
tahdid ma’nosini, “risicare” so’zi qoyadan mohirona o’tish ma’nosini bildiradi. Frantsuzlardagi
“risdoe” so’zi tahdid, qoyani aylanib o’tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug’atlarda risk – xavf-
xatar, zarar va yo’qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish
ma’nosida kelishi ko’rsatilgan.
“Risk” so’zi ispancha-portugalcha so’zdan olingan bo’lib, “suv ostidagi qoya”22 degan
ma’noni bildiradi. Taniqli lug’atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli lug’atida “risk - bu
muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no anglatadi deyilsa, mashhur
Vebster lug’atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu
hol, bir ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta’rifni bergan bo’lsa, rus olimi
A.Olьshanskiy “risk - bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq
ehtimollar o’lchamidir”2, degan ta’rifni keltiradi.
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o’z navbatida
oldindan ko’ra bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi”, deya
izohlaydi. Ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola
bilmaslik yoki zarar ko’rish ehtimolidir”5.
Prof. SH.Abdullaeva tadqiqotlarida “risk - xato, ikkilanish, noaniqlik, mavhumlik va
hokozalar deb talqin qilish xalqaro amaliyotga mos kelmasligi va shu holatga yaqinlashgan
holda “risk” “bank riski”, “kredit riski” deb yuritilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
A.O’lmasov, A.Vahobovlarning “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida “tadbirkorlik riski -
bu firmaning ko’zlagan maqsadiga erishish yo’lida u duch keladigan iqtisodiy xavf-xatardir”,
deya talqin etilgan. Kichik biznes faoliyatining har qanday turi bilan shug’ullanish risk bilan
bog’liqdirki, shu boisdan riskning bu ko’rinishi tadbirkorlik riski deb ham ataladi.
Iqtisodchi-olimlardan T.Malikov, O.Olimjonovlarning risk to’g’risidagi qarashlari
diqqatga sazovodir. “Risk” atamasi o’zbek tilidagi ayrim manbalarda “tavakkalchilik”, “xavf-
xatar”, “tahlika” va “g’ov” ma’nolarida tarjima qilinayotgan bo’lsada, ularning hech biri,
mualliflar fikricha, “risk” atamasining asl ma’nosini bildirmaydi. “Zararlarni vujudga kelishi
yoki daromadlarning ko’zda tutilgan darajadan kamroq olinishi ehtimoliga risk deyiladi”8.
Kichik biznes risklari hamda uning iqtisodiy jihatlari bo’yicha klassik va neoklassik
nazariyasining qiyosiy tahlili muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik foydasi tadqiqida
klassik nazariya vakillari Dj.Millь, I.U.Seniorlar tadbirkorlik daromadi tarkibida foiz
(qo’yilgan kapitalga ulush)ni, tadbirkorning ish xaqini va risk uchun to’lov (tadbirkorlik
faoliyati bilan bog’liq riskni qoplash)ni ajratib ko’rsatishgan9.
Tadbirkorlik riskining klassik nazariyasida risk uchun to’lov tanlangan boshqaruv qarori
natijasida ro’y berishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarning matematik kutilishi sifatida talqin
etilgan. Risk bu yerda tegishli qarorni amalga oshirishdan ko’rilajak zararni ifodalagan.
Risk mohiyatini bunday bir tomonlama talqin etish xorijiy iqtisodchilarning keskin
tanqidiga uchradi va bu holat tadbirkorlik riskini tushunishning yangicha tizimiga asos soldi.
1930-yillarda iqtisodchilar A.Marshall va A.Pigu tadbirkorlik risklari neoklassik
nazariyasi asoslarini ishlab chiqdilar. Mazkur nazariyaning asosi quyidagi ko’rsatmalarga
tayanadi:10 mavhumlik sharoitida faoliyat yurituvchi va olinajak foydasi tasodifiy o’zgaruvchi
bo’lmish tadbirkor har qanday bitim tuzishda ikki mezonga asoslanadi: kutilayotgan foyda
miqdori va uning mumkin bo’lgan o’zgarishlari (tebranishlari) ko’lami.
Bizning fikrimizcha, “tadbirkorlik riski” iqtisodiy munosabatlarni aniqroq,
mukammalroq tavsiflaydi. “Tadbirkorlik tavakkalchiligi”, “tadbirkorlik riski”ga nisbatan
falsafiy nuqtai-nazaridan olganda sababdir, ya’ni “risk” sezilib qolganda, anglab qolingan
sharoitda kichik biznes sub’ekti tavakkal qilib biron-bir chora-tadbirni ko’radi. Demak,
tadbirkorlik tavakkalchiligi bo’ladigan riskga qaramay amalga oshiriladigan harakatdir, ayni
chog’da tavakkalchilik riskni ham tug’dirishi mumkin. Bunda u qilingan tavakkalchilik oqibati
qanday bo’lishini ba’zan aniq ko’ra olmasligi mumkin.
Risk iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum funktsiyalarini bajaradi va bu uning mazmun-
mohiyatini yanada oydinlashtiradi.
Risk funktsiyalari ko’rib chiqilayotgan paytda shuni esda saqlash lozimki, risk o’z
mohiyatiga ko’ra, nafaqat zarar keltirishi mumkin, balki iqtisodiyotni rag’batlantiruvchi
xususiyatga ham egadir. Lekin, asossiz yuqori riskka borish, xuddi riskdan butanlay voz
kechilishi kabi zarardir. Yuqoridagilarni mujassamlashtiradigan bo’lsak, risk qilishdan oldin
uni iloji boricha o’rganib, baholash va boshqarishga intilish lozim. Uni boshqarishda esa albatta
risk tamoyillarini (o’z kapitali imkoniyatlaridan ortiq riskka bormaslik, risk oqibatlarini har
doim hisobga olish zarur, kam miqdordagi foyda uchun ko’p miqdordagi mablag’lar bilan risk
qilish kerak emas) hisobga olish kerak.
Riskning mohiyatiga berilgan ko’plab ta’riflarning tahlili risk vaziyatini keltirib
chiqaruvchi asosiy jihatlarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi: yuzaga kelgan holatning
tasodifiy xususiyati; muqobil qarorlarning mavjudligi; kutilajak natijaning ma’lumligi yoki
aniqlash ehtimolining mumkinligi; zararlar yuzaga kelish ehtimoli; qo’shimcha daromad olish
ehtimoli.
Yuqoridagi riskka berilgan ta’rif-tavsiflarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, risk -
bu kutilishi mumkin bo’lgan omad yoki xatar, ya’ni ko’zlangan foydani olish jarayoniga xos
bo’lgan umidsizlik yoki ko’p mablag’larning yo’qotilishi va shu bilan birga ortib ketishi
ehtimolliklari bo’lib, u qandaydir holatlar, omillar ta’sirida kutiladigan foydaning pasayishi,
ortishi yoki yo’qotilish ehtimolida namoyon bo’ladi.
Risk korxonalar faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’ladi, biroq u ko’proq
kichik biznesning ilk bosqichi uchun xos bo’lib, malaka yetishmasligi oqibatidagi tadbirkorlik
operatsiyalarini yuritishdagi kamchiliklardan kelib chiqadi. Demak, kishilarning xohish-
irodasidan qat’iy nazar, tadbirkorlik sirlarini o’rganish natijasida mavhumlik bilan yuzma-yuz
kelishga to’g’ri keladiki, uni oldindan belgilab bo’lmaydi. SHuning uchun tadbirkorning asosiy
vazifasi riskdan qocha bilish emas, balki riskni seza olish, uning darajasini baholay olish va
uning belgilangan chegaralaridan chiqib ketmaslik hisoblanadi.
Risk mohiyati tavsifida “mavhumlik”, “risk” va yo’qotish tushunchalarini farqlash lozim.
“Mavhumlik” - doimo amal qiladi va qaror qabul qilishning ayrim asosiy shartlari tasodifiy
yoki no’malum bo’lgandagina yuzaga keladi. “Risk” - ro’y berishi mumkin bo’lgan kutilajak
yo’qotish, biroq uning yuzaga kelishi majburiy emas. Mavhumlikdagidan farqli tarzda riskning
omillari oldindan ma’lum va ushbu holat ularni baholay olish va boshqarish imkonini beradi.
Mavhumlik va risklarning kichik biznes korxonalarida shakllanayotgan foydaning
yo’qotishlarga bog’liqligi
Korxona rahbari foydani shakllantirish jarayonida mavhumlikka duch kelganda, u
quyidagi ikki yo’ldan birini tanlashi mumkin. Birinchisi, qo’shimcha ma’lumot olishga harakat
qilib, muammoni yana bir bor tahlil qilish orqali uni kamaytirishga harakat qilish. Rahbar bu
qo’shimcha ma’lumotlarni o’z tajribasi, bilimi va mushohada yuritish qobiliyati orqali
uyg’unlashtirib, ayrim natijalarga sub’ektivlik yoki tahliliy ehtimollik xarakterini beradi. SHu
bilan birga, bu jarayonda ekspertlarni jalb qilib ham bu masalaga yondashishi mumkin.
Ikkinchisi, o’tgan tajribalari asosida voqelikning ehtimoli to’g’risida raqamlarda ifodalangan
xulosa chiqarish va shunga mos ravishda harakat qilish. Bu ikkinchi yo’ldan qo’shimcha
ma’lumotlar yig’ish uchun vaqt yetarli bo’lmagan sharoitda yoki ularni yig’ish harakati katta
miqdordagi mablag’larni jalb etganda foydalansa bo’ladi.
Risklarni korxonalar foydasiga ta’sirini baholash va kamaytirish maqsadida ularni turli
belgilari bo’yicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik biznes korxonalari joriy va
uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishlarida bir qancha risk turlariga duch keladilar.
SHuning uchun risklarning tabiatini va turlarini yoritish uchun ularni tasniflash maqsadga
muvofiqdir.
Ta’kidlash joizki, sof risklar ostida biz zarar ko’rish yoki hech qanday natijaga
erishmaslik xavfini tushunamiz.Spekulyativ (moliyaviy) risklar esa bu, bir tomondan
resurslarni yo’qotish ehtimolligi yoki faoliyatining mazkur sohasida resurslardan oqilona
foydalanishga qaratilgan variant bo’yicha daromadlarni oxirigacha ololmaslik havfidir.
Moliyaviy xizmatlarni amalga oshirish bilan bog’liq risklar operatsion, texnologik,
investitsion, innovatsiya, xavfsizlik kabi risklarni o’z ichiga oladi. Innovatsion faoliyat bilan
shug’ullanuvchi kichik biznes sub’ekti garchand o’zining faoliyatini ma’lum risk ostiga
qo’ysa-da, u asosan belgilangan daromad olishni ta’minlaydi.
Risklarni iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy shakllarga ham bo’lish mumkin. Masalan,
ba’zi risk garchi katta moddiy-moliyaviy zarar keltirmasligi mumkin, ammo kichik biznes
sub’ektining mintaqadagi yoki xalqaro nufuziga katta ma’naviy zarar keltirishi mumkin.
Bunday risk pirovard natijada boshqa shakllardagi zararlarni, yo’qotishlarni yetaklab kelishi
mumkin.
Bulardan tashqari, kichik biznes korxonalarining foydasiga o’ziga xos tadbirkorlik tashqi
risklari ham ta’sir etishi mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tilgan risk turlarining deyarli barchasi korxonalarning foydasi
shakllanishiga ta’sir etadi, lekin korxona qaysi iqtisodiyot tarmog’ida o’z ish faoliyatini
yuritishiga qarab, risklar ta’siri darajasi ham o’zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |