Moliyaviy risklarni boshqarish



Download 284,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.09.2021
Hajmi284,12 Kb.
#175692
1   2   3   4   5   6   7
Rk=Z/UMR

 

Bunda Rk – risk koeffitsienti; Z – maksimal mumkin bulgan zararlar summasi; UMR – 

o’z moliyaviy resurslar xajmi. 

Formuladagi  Rk≤0,3  –  riskning  mumkin  bo’lgan  darajasi;  Rk≥0,7  –  investorni 

bankrotlikka olib keluvchi risk koeffitsienti. 

Ikkinchi  tamoyilning  amalga  oshirilishi  investorning  risk  ehtimolligi  miqdori  va 

oqibatlarini aniqlab olgan holda riskni pasaytirish usullari to’g’risida qaror qabul qilinishini 

talab etadi. 

Uchinchi tamoyilning amal qilinishi loyihadan ko’riladigan zarar hajmi nisbatan yuqori 

bo’lgan hollarda riskdan (tavakkal qilishdan) bosh tortish zarurligi bilan anglanadi, ya’ni oz 

samara uchun ko’p narsadan voz kechish kerak emas. 

Investor  uchun  uning  manfaatiga  mos  bo’lgan  loyiha  uni  amalga  oshirishdagi  yuzaga 

keluvchi risklarning to’liq bartaraf etilganidir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda 

muqobil  loyihalarni  taqqoslama  tahlil  etishning  ahamiyati  juda  kattadir.  Loyhalarning 

taqqoslama  tahlili,  hatto,  ularning  qaysi  biri  eng  kam  riskli,  yuqori  foydali,  tez  qaytimli, 

kafolatlangan  daromadli,  hayotiyligi  ishonchli  investitsiya  loyihasi  ekanligini  aniqlashga 

imkon  beradi.  Bunday  tahlil  investorning  moliyalashtirishga  loyiq  haqiqiy  raqobatbardosh 

loyihani aniqlashi va tanlashiga imkon beradi. 

Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat: 

 risklarni diversifikatsiyalash



 

risklarni sug’urtalash; 



 

risklarni loyiha qatnashchilari o’rtasida taqsimlash



 risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish. 

 

qo’shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo’lish. 



Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog’liq bo’lmagan turli xil faoliyatlar o’rtasida 

risklarni taqsimlash xisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o’rtasida investitsiyalarni 

taqsimlash  asosida  riskning  bir  qismidan  qutulish  imkonini  beradi  (investitsiya  portfelini 

shakllantirish). 

Risklarni sug’urtalash bu risklardan og’ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga risklarni 

sug’urta  kompaniyalariga  berish  orqali  risklarni  pasaytirish  hisoblanadi.  Sug’urtalashda 

mulkni  sug’urtalash  hamda  baxtsiz  xodisalardan  sug’urtalash  amalga  oshiriladi.  Mulkiy 

sug’urtalashning quyidagi shakllari mavjud: 

 

moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  pudrat  qurilishlarini 



sug’urta qilish; 

 



moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  dengiz  yoki  havo 

transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug’urta qilish; 

 

moddiy  yo’qotishlar  va  zararlardan  himoya  qilish  maqsadida  pudrat  va  subpudrat 



tashkilotlariga tegishli bo’lgan asbob uskunalarni sug’urta qilish. 

Baxtsiz hodisalardan sug’urta qilishning quyidagi shakllari mavjud: 

qurilish  qatnashchilari  tana  jarohatlari,  shaxsiy  zarar  yoki  mulkiy  zarar  ko’rganlarida 

bosh  pudrat  tashkilotlari  faoliyatini  himoya  qilish  maqsadida  umumiy  fuqorolik 

javobgarligidan sug’urta qilish; 

loyihalashtirish  jarayonida  arxitektorlik  va  texnik  nuqtai  nazardan  xatolarga  yo’l 

qo’yilganda  loyihalarni  boshqarishda  kamchiliklar  kelib  chiqqanda  bosh  pudrat  tashkilotini 

moddiy javobgarlikdan sug’urta qilish. 




Risklarni  loyiha  qatnashchilari  o’rtasida  taqsimlash  moliyaviy  reja  va  shartnoma 

xujjatlarini  ishlab  chiqish  davomida  amalga  oshiriladi.  Risklarni  sifat  va  miqdor  jihatdan 

taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli 

bo’lgan u  yoki bu risklarni ko’paytirib  yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin 

bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko’zda tutilsa, shunchalik 

ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo’ladi. 

Risklarni miqdor jihatdan  taqsimlashda  yuqorida  ko’rib  o’tilgan  risklarni  tahlil  qilish 

usullari qo’llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda hech bo’lmaganda 

ikki  tomon  ishtirok  etadi:  sotuvchi  va  sotib  oluvchi,  buyurtmachi  va  buyurtmani  amalga 

oshiruvchi.  Buyurtmachi  shartnomada  ko’rsatilgan  ishlarni  o’z  vaqtida  hamda  sifatli  qilib 

bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani bajaruvchi esa, 

maksimal foyda olishga harakat qiladi. Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi 

kerak. 

Riskni  orqali  ko’rilgan  zararlarni  qoplash  moliyaviy  zahiralarni  tashkil  etishni  ko’zda 

tutadi.  Ko’zda  tutilmagan  zararlarni  qoplash  uchun  moliyaviy  zahiralarni  tashkil  etish 

orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni bartaraf etish mumkin. 

 


Download 284,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish