Risk - moliyaviy kategoriyadir. SHuning uchun, Risk darajasi va qiymati moliyaviy
yordami va maxsus strategiyasi bilan amalga oshiriladi. Birgalikda, strategiya va texnikada,
ya’ni, risk menejment mexanizmi bir hil shakllantirish tushuniladi. SHunday qilib, risk
menejment, moliyaviy menejmentni bir qismidir. Risk menejmentning pirovard maqsadi foyda
va xavfni optimal darajada bilish, maqbul nisbatda foydani qo’lga kiritishdan iborat.
Ob’ektni boshqarish funktsiyasi – bu funktsiyaning vazifasi riskning yuzaga kelishini,
qo’yilgan kapitalga riskning ta’sirini va ta’sir doirasini kamaytirish, aniqlashni, riskni sug’urta
qilishni, ishlab chiqaruvchilar subьektini iqtisodga munosabati va aloqasini ochib beradi.
Sub'ektni boshqarish funktsiyasi – bu riskni tahlil qilish, yo’nalishlarini aniqlash,
Strategik boshqarish – oldiga qo’yilgan maqsadga, yaxshi qaror qabul qilish va tanlangan
qaror asosida maqbul hulosalar chiqarish orqali muhim natijaga erishish tushuniladi. Maqsadga
erishgandan keyin bu strategik boshqarish o’z kuchini yo’qotadi va strategik boshqarishni
Taktik boshqarish amaliyot usuli hisoblanib, bu menejmentning belgilangan sharoitda
aniq maqsadga erishishi tushuniladi. Taktik boshqarish vazifasi deganda, biznesda riskni
Risk-menejmentining tayor mahsuloti bo’lmaydi, lekin uning uslublari riskni
kamaytirishni har hil yo’llari va qo’yilgan topshiriqni zudlik bilan bajaruvchi rejalari har
qanday riskli munosabatlarni oldini olishga yordam beradi. Hosil bo’lgan yoki yuzaga kelgan
risklarni oldini olishda yoki boshqarishda risk-menejmenti aniq va tezkor bo’lishi muhim rol
o’ynaydi.
Tezkorlik - bu yuzaga kelgan hodisalarni risk-menejmenti mantiqiy tomondan o’ylab
o’tirmasdan, qisqa vaqtda shu muammoni yechishni to’g’ri yo’lini topishdir.
Aniqlik – bu riskli munosabatlarda yuzaga kelgan aniq muammolarni yechish
tushuniladi.
Riskning ta’siriga yuqoridagi ikki muhim yo’nalishdagi uslub yordam bermasa, ya’ni
risk darajasi kamaymasa yoki ta’sir doirasi kengayib borsa u holda risk-menejmenti evristik
uslubdan foydalanish mumkin. Bu uslub orqali riskni mantiqiy jihatdan fikrlash, hayotiy
tajribalardan xulosa chiqarish va aniq mezonini ishlab chiqish mumkin.
Risk-menejmentining vazifalarini amalga oshirish uchun bilim, mahorat va tadbirkolik
zarur bo’ladi, bu esa risk menejmentida strategik uslubni yaratishni talab qiladi. Risk-
menejmenti strategiyasi deganda biznesda aniqlangan va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan riskli
munosabatlarni tahlil qilishni va uning ta’sir darajasini pasaytirish uslublarini yaratishni
mahorat bilan boshqarish va baholash tushuniladi.
Risk-menejmentining strategik muhitida quyidagi qonunlar kiritilgan: maksimal
daromadga erishish, ehtimollikni optimal darajasini aniqlash, riskning ta’sir doirasi va
daromadning optimal darajasi o’rtasidagi munosabat.
Maksimal daromadga erishish – bu investor qo’ygan o’z kapitaliga ta’sir qiluvchi
riskning minimal ta’sir doirasidan kelib chiqqan holda daromad darajasini belgilashi
tushuniladi.
Ehtimollikni optimal darajasi – bu riskni oldini olish maqsadida taklif qilingan bir qancha
usullardan investor uchun eng maqbul uslubni tanlash tushuniladi.
Riskning ta’sir doirasi va daromadning optimal darajasi o’rtasidagi munosabatda, risk-
menejmenti kutilayotgan daromadni baholash va riskning bu daromadga ta’siri doirasidan kelib
chiqqan holda o’z kapitalini sarflashni davom ettirish yoki bu riskli munosabatdan chekinish
tushuniladi.
Risk menejment tizimi moliyaviy munosabatlar boshqaruv jarayonida kelib chiqadi. Risk
menejment o’z ichiga boshqarish strategiyasi va taktikasini oladi.
Risk menejment strategiyasi maqsadga erishish yo’nalishini belgilaydi va vositalarni
to’g’ri yo’naltirishni anglatadi. Bu yo’nalishda bir qarorga kelish uchun ma’lum bir qoidalar
va cheklovlar to’plami mavjud. strategiya barcha boshqa qabul qilingan variantlarni rad
qilishga, yana bir marta o’ylashga imkon beradi. Yangi maqsadlar yangi strategiyani ishlab
chiqish imkonini beradi.
Taktika – aniq maqsadlarning aniq yechimidir. Taktikaning maqsadi eng yaxshi yechim
va, usullarni tanlash va boshqarish texnikasini munosib tanlash hisoblanadi.
Risk menejment boshqarish sistemasi sifatida ikiita tizimdan iborat, ya’ni
boshqariladigan sistema (ob’ekti), va boshqaradigan sistema (sub’ekti).
Risk menejmenti boshqaruv ob’ekti risklar, risk sarmoyasi va riskni amalga oshirish
jarayonida xo’jalik sub’ektlari o’rtasida iqtisodiy aloqalar hisoblanadi. Bu iqtisodiy aloqalar,
tadbirkorlar (sherik, raqib) o’rtasida va boshqalar sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi, qarz
beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi aloqalardir.
Risk menejmenti boshqaruv sub’ekti - (Moliyaviy menejeri, sug’urta mutaxassisi,
akvizitor va boshqalar) odamlarning bir maxsus guruh deb turli hil texnik va ma’muriy ta’sir
usullari nazorat ob’ekti orqali maqsadli faoliyat olib boradi.
Ya’ni nazorat obekti, sub’ektning ta’sir jarayoni, o’zini o’zi boshqarish jarayoni amalga
oshirilishi mumkin, agar faqat boshqaruv va nazorat qilish tizimi o’rtasida muayyan axborot
aylanishi sodir bo’lsa. Agar risk sharoitida harakat haqida aniq bir qaror qabul qilish imkonini
bermasa, bu sharoitda yetarli va ishonchli ma’lumotlar, muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: