53
Bu masalaning dolzarbligi, asosan, ko’pgina yirik vakolatli banklar aktivlarining asosiy
qismini valyuta sohasiga yo’naltirilganligi, ya'ni xorijiy valyutadagi aktivlardan iboratligi bilan
izohlanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
tamoyillari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasining 1993 yil
7 maydagi «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonuni bilan aniqlanadi. Ushbu qonun
talablariga muvofiq, O’zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog’liq barcha hisob-kitoblar
faqat vakolatli banklar orqali, ya'ni O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta
operatsiyalarini o’tkazishga ruxsat beruvchi litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat banklari tomonidan
amalga oshiriladi. Bunday litsenziyaga ega bo’lgan tijorat banklari, vakolatli banklar
hisoblanadilar.
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta pozitsiyasining
yuritilishi haqidagi hisobot muhim vvin tutadi. Bu hisobot tahlil qilinishining zarurati, Markaziy
bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishga
qaratilgan siyosati bilan izohlanadi. Chunki, Markaziy bank tomonidan vakolatli banklarga chet
el valyutasi bilan bog’liq operatsiyalarga limit o’rnatiladi. Bu tartib bo’yicha bankning o’z
mablag’lariga nisbatan 20 foizgacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor. Bir valyuta turi
bo’yicha bu ko’rsatkich 5 foiz qilib belgilangan. Limit o’rnatishning asosiy sababi, vakolatli
banklarning valyutaviy risklarini kamaytirishdir. Chunki, vakolatli banklar barcha aktivlarini
chet el valyutalariga kuysa, va bu valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank
aktivlari kamayishi va xatto bank bankrot bo’lishi mumkin (bu o’z navbatida, mamlakat
iqtisodiyotining sekin-astalik bilan inqirozga yuz tutishiga olib keladi). Shuning oldini olish
maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar uchun joriy qilingan.
Valyuta pozitsiyasiga limit, har bir davlatda, uning iqtisodiyotining holati va mamlakatning
moliyaviy tizimining o’ziga xosligidan kelib chiqib o’rnatilishi ma'lum.Quyida keltirilgan
ma'lumotlar bunga yorkin dalil bo’ladi.Dunyoning ayrim davlatlarida ochiq valyuta pozitsiyasi
quyidagicha miqdorda belgilangan:
1. Avstriya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 30 foiz
va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 50 foiz qilib belgilangan.
2. Xitoy: (1998 yil 31 yanvar holatiga) kun davomida moliya institutlari xorijiy valyutani
oldi-sotdi qilishlarida kapitalga nisbatan 20 foiz hajmdan oshirmasliklari lozim. Shu bilan birga,
kunning oxirida, ya'ni valyuta pozitsiyalarini so`ndirishda kapitalga nisbatan 1 foiz miqdorda
ochik limit saqlashiga ruxsat etilgan.
3. Buyuk Britaniya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bu yerda ochiq valyuta pozitsiyasiga
qat’iy limit o’rnatilmagan. Lekin, faqat foizsiz depozitlarning 0,35 foizi Angliya bankida
saqlanishi ko’zda tutilgan.
54
4. Avstraliya: (1998 yil 31 mart holatiga) 1998 yil 27 martdan ochiq valyuta pozitsiyalariga
limitni o’rnatish tashqi valyuta bozorida ishtirok etuvchi dilerlarga vakolat berilgan.
5. Shvetsiya: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha kun davomida 15 foiz
va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 30 foiz qilib belgilangan.
6. Vetnam: (1997 yil 31 dekabr holatiga) kapitalga nisbatan umumiy valyuta pozitsiyasi
bo’yicha 15 foiz limitbelgilangan.
7. Litva: (1997 yil 31 dekabr holatiga) bir valyuta turi bo’yicha ochiq valyuta pozitsiyasi
bankning kapitaliga nisbatan 20 foiz va umumiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 30 foizdan
oshmasligi belgilangan.
8. Yevropaning ba'zi davlatlarida: (1997 yil 31 dekabr holatiga) ochiq valyuta pozitsiyalari
Yevropa Hamjamiyatining direktivalari bilan tartibga solinadi.
O’zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalda Markaziy bank boshqaruvining 1998
yilning 28-martida 392- son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritilishi
qoidalari» amal qiladi.
Yuqorida qayd etilgan tartibda, bir qator o’z echimini topmagan masalalar uchraydi.
Xususan, qoidaning 2-bandi bo’yicha: ochiq valyuta pozitsiyasining limit miqdori juda kam
o’rnatilgan. Ya'ni, barcha xorijiy valyuta pozitsiyasi bo’yicha 20 foiz, aniq bir valyuta turi
bo’yicha esa, 5 foiz. Ushbu foiz miqdorlarini qayta qurish kerak. Chunki, respublika vakolatli
banklari asosan, ikki valyuta (evro kiritilishigacha bo’lgan davrda asosan bitta - AQSH dollari)
bilan ishladi. Demakki, ular o’z valyuta pozitsiyalarini maksimal darajada 10 foiz qiladilar. Yana
boshqa bir valyutalar inobatga olinsa, bu ko’rsatkich eng ko’pi bilan 12-14 foizni tashkil qiladi.
Ya'ni, ulaming pozitsiya imkoniyatlari cheklanadi. Mazkur vaziyatni yaxshilash uchun:
birinchidan,umumiy valyuta pozitsiyasi miqdorini yana 5-10 foizga oshirish kerak. Chunki, joriy
operatsiyalar bo’yicha konvertirlash masalasi to’la hal qilinsa, banklar, jumladan ulaming
mijozlari hisoblangan korxona va tashkilotlar (mulk shaklidan qat’iy nazar) xalqaro jahon
bozoriga, ya'ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, umumiy pozitsiyaning
miqdorini kamligi bu jarayongaxalakit berishi mumkin; ikkinchidan, har bir valyuta turi bo’yicha
pozitsiya limitiniyana 5 foizga oshirish kerak.
Mazkur tartib bo’yicha hisobot bir oyda bir kunda tuzilishi ham maqsadga muvofiq emas.
Chunki, joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha mavjud cheklashlar olib tashlansa, banklar ushbu
limitni buzmaslik uchun hisobot tuzilishi sanasida qisqa pozitsiya qilishlari, va aksincha boshqa
kunlar mobaynida pozitsiyani uzun qilib limitni buzishlari mumkin. Shu sababli, mazkur
hisobotni taqdim etilish muddatini yana bir bor qayta qurish kerak yoki ushbu chegarani
vakolatli banklar har kuni ushlashlarini belgilab kuyish lozim.
55
6-mavzu: Foiz va inflatsiya riski
Reja:
1. Foiz riski tushunchasi va uni baholash.
2. Foiz stavkasini boshqarish usullari.
3. Inflatsiya riski va uni baholash.
1.Foiz riski tushunchasi va uni baholash
Foiz riski o‘zida foiz stavkalari darajasining o‘zgarishi natijasida moliyaviy yo‘qotishlar
ehtimolini aks etiradi.
Bazel Qo‘mitasi foiz riskining paydo bo‘lishi quyidagi omilarni aniqladi:
1) Narhlar o‘zgarishini riski. Bunda foiz riski aktiv va passivlarning to‘lov muddatlari
bo‘yicha balanslashtirilmaganligi orqali aniqlandi;
2) Egri daromad o‘zgarishi riski. Aktiv va passivlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishida
vaqtlar bo‘yicha mos kelmasligi natijasida olinayotgan daromad tengligining buzilishi;
3) Bazaviy risk. Moliyaviy instrumentlarni qayta baholash vaqtida olingan va to‘langan
foizlarni boshqarishda noaniq korrelyasiya o‘tkazish;
4) Opsionlar bilan bog‘liq risklar. Aktiv va passivlar muddatlari bo‘yicha o‘zgarishi
opsion bitimlarda foiz risklarini keltirib chiqaradi.
Tijorat banklarida foiz riski deganda bankning sof foydasi qisqarishi riskidan to foiz
stavkalari darajasining o‘zgarishi natijasida uning kapitali qiymatining yo‘qolishigacha, natijada
jalb qilingan mablag‘larning o‘rtacha qiymati joylashtirilgan mablag‘lar qiymatidan oshib ketishi
holatiga olib kelish jarayonini tushunish kerak. Bunday holatda foiz riski kredit tashkiloti
moliyaviy holatining foiz stavkasining salbiy o‘zgarishiga duchor bo‘lishi darajasini aks ettiradi.
Bankning foiz riskini qabul qilish normal holat bo‘lib, u qo‘shimcha foyda olishda manba
sifatida xizmat qiladi. Foiz riski odatda pul bozorining kelgusi holati haqida noto‘g‘ri axborot
olish, shuningdek, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi, ya’ni inflyasiya, budjet defitsiti
hajmi, YAIM va boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi natijasida paydo bo‘ladi.
Foiz riskini baholashda foiz marjasidan foydalaniladi.
Foiz marjasi daromad keltiruvchi aktivlar bo‘yicha foiz daromadlar bilan bankning
majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlari o‘rtasidagi farq tushuniladi. Foiz marjasi quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
Bu yerda: M
haq
- foiz marjasining haqiqiy hajmi;
D
f
- foizli daromad;
X
f
- foiz to‘lovlari bo‘yicha xarajatlar; keltiruvchi aktivlar;
56
A
d
- foizli daromad keltiruvchi aktivlar.
Foiz marjasi quyidagi yo‘nalishlarda tahlil qilinadi:
haqiqiy foiz marja bilan uning bazasi bilan solishtirish, natijada foizlar bo‘yicha
daromadning o‘sishi yoki kamayishini aniqlash mumkin;
foiz marjaning standartlarga yoki bank qoidalariga mos kelishini nazorat qilish;
qaysi turdagi daromad (xarajat) foiz marjasining o‘zgarishiga ta’sirini aniqlash uchun
uning tarkibini tahlil qilish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun foiz marjasining o‘zgarishi chegaralarini
aniqlash.
Foiz marjasining hajmiga ta’sir qiluvchi omillarga kredit qo‘yilmalarining tarkibi va hajmi
hamda ularning manbasi, to‘lovlar muddati, foiz stavkalarining foydalanilishi va ularning
harakati kiradi.
Ta’minlangan va yuqori riskli ssudalarni uzoq va qisqa muddatlarda joylashtirish,
shuningdek kreditlash hajmi daromad qo‘yilmalarni aniqlaydi. Foiz marjasining hajmiga kredit
qo‘yilmalari va ularning to‘lov vaqtlari bo‘yicha manbasi nisbati, shuningdek foiz stavkalarini
ko‘rib chiqish muddatlari ta’sir qiladi. Bizda asosan o‘rnatilgan (kredit to‘liq qaytarilmaguncha
o‘zgarmaydi) foiz stavkalar qo‘llaniladi. shu shartlar doirasida aktivlar va passivlar to‘rt guruhga
bo‘linadi:
bozor shartlarining o‘zgarishida foiz stakalarining to‘liq ko‘rib chiqilishi bo‘yicha aktiv
va passivlar;
uch oy davomida to‘liq boshqariladigan aktiv va passiv;
uch oydan ko‘proq muddatda ko‘rib chiqilidagan stavkalar bo‘yicha aktiv va passiv;
o‘rnatilgan stavkalar bo‘yicha aktiv va passivlar.
Birinchi ikki guruh bankning foiz marjasi o‘zgarishini sezuvchi majburiyatlar va aktivlarni
aks ettiradi. Ularning nisbati foiz riskini aniqlash imkonini beradi (APS). APS quyidagi
yondashuvlarda boshqariladi:
yuqori likvidlikni ta’minlash maqsadida stavkalarning, muddatlarning, aktivlarning
diversifikatsiyasini qo‘llab-quvvatlash;
foiz stavkaning o‘zgarish bosqichlariga bankning aktiv va passivlarini boshqarish
strategiyasini mos tanlash.
Masalan, past foiz stavkalarning o‘sishi kuzatilganda majburiyatlar bo‘yicha mablag‘lar
muddatini oshirish, o‘rnatilgan foiz stavkalardagi kreditlar hajmini kamaytirish, investitsiya
muddatlarini qisqartirish, uzoq muddatli qarzlarni jalb qilish va kredit limitlarini yopishga to‘g‘ri
keladi. Aktiv va passivlar, foiz stavkalarning muddatlariga bog‘liq holda foiz marjasining
o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:
57
bu erda: M - foiz marjasi;
I - foiz stavkalarining o‘zgarishining kutilishi.
Foiz siyosatini erkin yuritilishi uchun bank, uning xizmatlari qiymati koeffiitsenti qaysi
chegaralarda olib borilayotganligini bilish kerak. Ushbu ko‘rsatikch ta’minlanmagan xarajatlar
hajmini aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich minimal foiz marjasi (M
min
) ko‘rinishida aniqlanadi, ya’ni
xarajatlarni qoplash imkonini beruvchi, lekin foyda olib kelmaydigan aktivlar va passiv
operatsiyalar bo‘yicha minimal stavkalarni ko‘rsatadi. U quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda: A
x
- harakatdagi bank aktivlari;
X
t
- bank faoliyatini ta’minlovchi xarajatlar;
X
b
- bankning boshqa xarajatlari;
N - ko‘rilayotgan hisobot davridagi choraklar soni.
Mo‘ljallanayotgan foiz marjasi (M
m
) - mazkur ko‘rsatkich orqali bank kredit
shartnomasiga kirishdan oldin, xarajatlarni qoplashgina qolmay, balki rejalashtirilgan foydani
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, u quyidagicha aniqlanadi:
bu yerda:
0,1 QR - majburiy zaxiralar fondini shakllantirish bilan bog‘liq jalb qilingan resurslarga
qo‘shimcha (jalb qilingan resurslar qiymatining 10% i qo‘shiladi).
P
min
- minimal risklar bo‘yicha bankning aktiv operaitsyalarining minimal foydalilik
me’yori.
2. Foiz stavkasini boshqarish usullari
Bank boshqaruvining asosiy maqsadi foiz marjasini, ya’ni daromad keltiruvchi aktivlari
bo‘yicha foizli daromadlari bilan uning majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlari o‘rtasidagi
farqni boshqarish (nazorat) dan iborat. Undan tashqari spredga, ya’ni aktivlar bo‘yicha olingan
o‘rtacha tortilgan stavkalar bilan majburiyatlar bo‘yicha to‘langan o‘rtacha tortilgan stavkalar
o‘rtasidagi farqga e’tibor qaratiladi. Foiz stavkasini boshqarishda GEP (nomutanosiblik) hisobga
olinadi - u bankning fiksirlangan va suzib yuruvchi stavkalardagi aktiv va passivlarining
balanslashmaganligini ko‘rsatadi - BA/P.
Inflyasiya sharoitida foiz stavkalari prognoz qilish juda qiyin, shuning uchun risklarni
boshqarishda bankda aktiv portfellarning muddatlari bo‘yicha balanslashtirishga qaratilishi
kerak. Bu ham juda mushkul, agar bank aktiv va passiv balanslarida suzib yuruvchi va
fiksirlangan stavkalarga ega bo‘lsa. Shuning uchun foish stavkalarni baholash juda muhim. Aktiv
58
va passiv portfellarning muddatlari bo‘yicha balanslashtirish foiz spredini, ya’ni foiz riskini
aniqlashda yordam beradi. Agar balanslashmagan muddatlar munosabati katta daromadni talab
qilsa, bank xodimlari aniqlanmagan risk spredini ma’qul ko‘rishadi. Jalb qilingan mablag‘larning
balanslashganligini balanslashmaganlik bilan solishtirib ko‘ramiz:
5-jadval
I variant (balanslashgan)
Stavkalar
Muddat,
kunlarda
Kreditlar
bo‘yicha foiz
stavkasi
Jalb qilingan
mablag‘lar
bo‘yicha foiz
stavkasi
Spred
Joriy bozor
90
180
20
25
15
20
5
5
Prognoz qilinishi (90
kundan keyin)
90
17
12
5
II variant (balanlashmagan): 180 kunga muqobil kreditlash strategiyasi:
a) qarzlarni 180 kunga jalb qilish, spred 5%;
b) qarzlarni 90 kunga jalb qilish (yana 90 kunga uzaytirish sharti bilan) spred ½ (10+13) =
11,5%.
Bizning misolda qisqa muddatli stavkalarni aniq prognoz qilinganligi tufayli 180 kunlik
kreditlash uchun balanslashmagan boshqaruvni tashkil etishni taqozo qildi, ya’ni foiz marjasini
kengaytirish lozim. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, II variant bo‘yicha spred 11,5% ni, I
variantdagi 5% lik emas. Bu BA/P ni to‘g‘ri prognoz qilish hisobiga erishildi. Qarz mablag‘larini
ikki mustaqil bosqichli shartnoma bo‘yicha 180 kunga jalb qilish qaror qilindi: boshida 90 kunga
jalb qilish keyin esa uni 90 kunga yana yangilash. Bu holatda spred 180 kunlik balanslashmagan
kreditga 11,5% ni tashkil qilib, quyidagi tarzda namoyon bo‘ldi:
1-bosqich:
180 kunlik kreditlar bo‘yicha stavka = 25%;
mablag‘larni sotib olish (birinchi 90 kun) = 15%;
spred = 10%;
2-bosqich:
180 kunlik kreditlar bo‘yicha stavka = 25%;
mablag‘larni sotib olish (ikkinchi 90 kun) = 12%;
spred = 13%.
Spred 180 kunlik kreditga 11,5% ni tashkil qiladi.
BA/P ijobiy va salbiy bo‘ladi. Ijobiy BA/P da o‘zgaruvchan stavkalardagi aktivlar
o‘zgaruvchan stavkalardagi passivlardan yuqori bo‘ladi. Ijobiy BA/P da foiz stavkasining
59
pasayishi foiz marjaning pasayishiga olib keladi va aksincha. Salbiy BA/P da o‘zgaruvchan foiz
stavkalardagi passivlar, o‘zgaruvchan foiz stavkalardagi aktivlardan oshib ketadi. Bu holatda
foiz stavka pasaysa marja o‘sadi, foiz stavka oshsa marja kamayadi.
3.Inflatsiya riski va uni baholash
Inflyatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko’rinishlaridan biri bo’lib, hozirgi davrda
barcha mamlakatlar uchun umumiy bo’lgan holat hisoblanadi.
“Inflyatsiya” - atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy
Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo’llanilib, muomalada qog’oz
pullarning haddan ortiq ko’payib ketishini ifodalagan edi.
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng
tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo’lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko’plab
izohlari mavjud. Ma’lumki, inflyatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik shaxs
bo’lsin, xoh u jismoniy shaxs bo’lsin, o’zlarining vaqtincha bo’sh pul mablag’larini tez
sur’atlarda hamda katta daromad keltiradigan sohalarga yo’naltiradilar. Agarda mamlakatdagi
inflyatsiya darajasi yuqori sur’atda bo’lsa omonatchilar o’z mablag’larini turar-joy, xorijiy
valyuta, oltin, avtomobillar sotib olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining
xizmatidan voz kechadilar.
Inflyatsiya – bu pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi
natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining usishidir.
Inflyatsiya – bu muomala sohasining pul belgilari bilan milliy xo’jalik haqiqiy
ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda to’lib ketishi.
Inflyatsiya – bu iqtisodiy tizimda narx o’sishining barqaror tendensiyasi orqali
ifodalanuvchi makroiqtisodiy hodisa.
Inflyatsiya – bu:
- muomalada mavjud bo’lgan naqd qog’oz pullar yoki naqd bo’lmagan qog’oz pul
hajmining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan tashqari ko’payib ketishi;
- pullarning xarid qobiliyatining pasayishi;
- uzoq davr mobaynida narxlarning umumiy usishi.
Bu ta’riflardan ko’rinib turibdiki, inflyatsiya tushunchasini yoritishda bir tomonlama
yondoshishga yo’l qo’yilib, uning mazmunini to’la va yetarli darajada ochib bera olinmagan.
Inflyatsiyani tug’ri tushunish uchun pulning qadrsizlanishini va uning sabablarini bilish muhim
ahamiyatga egadir. Pulning qadrsizlanishi faqatgina qog’oz pullargagina xos bo’lgan hodisa
emas, u hamma pullarga, jumladan metall (oltin) pullarga ham xosdir. Oltin pul quyidagi ikki
holatda qadrsizlanadi:
60
1) oltin qazib olish texnologiyasi takomillashib, yangi texnikalarni qo’llagan holda mehnat
unumdorligining oshishi va, binobarin, oltin qiymatining pasayishi natijasida. Agar boshqa
tovarlar qiymati o’zgarmagan holda oltin qiymati ikki barobar pasaygan, deb faraz qilsak, u
holda tovarlar odatdagi hajmlarining muomalasi uchun ikki barobar ko’proq oltin pul kerak
bo’ladi. Demak, bu holatda tovarlar narxi oshib, oltin pulning qadrsizlanishi ro’y beradi.
2) ba’zi iqtisodchilar metall pullarning qadrsizlanishini qadimdan ma’lum bo’lgan metall
pullarni soxtalashtirish jarayoni bilan ham bog’laydilar. Qadimgi Gretsiya, Rim imperiyasida
eramizga qadar va keyinchalik boshqa davlatlarda ham oltin va kumush tangalar tarkibiga
nisbatan arzon metallar aralashtirish yoki ularning og’irligini o’zgartirish orqali soxtalashtirish
holatlari uchrab turgan. Bu esa metall pullarning o’z qadrini yuqotishini keltirib chiqargan.
Boshqa holatlarda oltin yoki kumush pullar muomalada bo’lgan chog’da ularning qadrsizlanishi,
ya’ni inflyatsiya jarayoni ro’y bermaydi. Iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar hajmidan ortiqcha
bo’lgan pul massasi – oltin va kumush tangalar xazinaga aylanadi.
Aksincha, iqtisodiyotda tovarlar ko’payib, muomala vositasini bajarish uchun pul
yetishmagan taqdirda ularni osonlik bilan jamg’arma tarkibidan chiqarib, muomalaga kiritilgan.
Bu esa boshqa sharoitlar o’zgarmagan holda oltin va kumush pullar inflyatsiyaga uchramasligini
anglatadi. Real qiymatga ega bo’lmagan qog’oz pullarning muomalaga kirib kelishi esa
inflyatsiyaning kelib chiqishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Chunki qog’oz pullarni
jamg’arma sifatida muomaladan chiqarish kam samarali va ishonchsiz vosita bo’lib, ular
pullarning ortiqchaligi sharoitida ham muomalada qoladilar. Natijada muomalada ortiqcha
qog’oz pullarning ko’payishi mavjud yalpi talabni yanada kuchaytirib, narxlarning o’sishini
tezlashtiradi.
Inflyatsiya bozor xo’jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari
tug’diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Biroq, shuni ham nazarda tutish kerakki,
alohida tovar bozorlaridagi talab va taklif nisbatining harqanday buzilishi ham inflyatsiyani
keltirib chiqaravermaydi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi davriy o’zgarishlar, masalan, talabning
mavsum bilan bog’liq holda oshishi yoki tabiiy ofatlar natijasida tovarlarga talabning kuchayishi
keltirib chiqargan narxlarning o’sishi inflyatsiyani anglatmaydi.
Bu narxlar ma’lum muddat o’tgach, bozordagi talab va taklif nisbati muvozanatga kelgach,
yana pasayishi mumkin. Yuqoridagilardan xulosa qilib inflyatsiyaga quyidagicha ta’rif
berishimiz mumkin: inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog’liq holda
qog’oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.
Bu yerda qog’oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning
ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o`zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi,
muomaladagi pul miqdori o’zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat kursatish hajmining
Do'stlaringiz bilan baham: |