O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Moliya” kafedrasi
“MOLIYAVIY RISKLAR NAZARIYASI”
fanidan
O`QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohalari:
100000
Gumanitar soha;
200000
Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
110000
Pedagogika;
230000
Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi:
5111000
Kasb ta`limi (5230600 - Moliya);
5230600
Moliya
TOSHKENT-2018
2
Ushbu O’quv Uslubiy Majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus
Ta’lim Vazirligining 201__ - yil “___” ____dagi “____”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan
fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tu
zuvchilar:
Sh.Fozilchayev
TMI, “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi
N.Xidirov
TMI, “Moliya” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
M.Alimardonov
TDIU, “Moliya va soliqlar” kafedrasi professori,iqtisod fanlar
doktori.
B.Sattorov
TMI, “Moliya” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlar nomzodi.
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi kafedraning 201__ yil “___” ____dagi “___”-sonli
yig’ilishi muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya
etilgan.
Kafedra mudiri
T.Malikov
FanningO’quvUslubiy
Majmuasi
“Moliya-iqtisod”
fakulteti
Kengashi
muhokamasidan o’tkazilgan va fakultet Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
(201___ - yil “___” ___dagi “__”-sonli qaror)
“Moliya-Iqtisod” fakulteti dekani
D.Rustamov
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i
T.Baymuratov
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
I. Qo`ziyev
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi institut o’quv-uslubiy Kengashining 201__ - yil
“__” ___dagi “__”-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.
Fanning O’quv Uslubiy Majmuasi institut Kengashining 201___ - yil “___” ___dagi
“__” - sonli majlisi bayoni bilan ma’qullangan.
3
KIRISH
Insoniyatning yer yuzida paydo bo`lishi tarixiga nazar tashlansa, moliya sohasi odamlar
o`rtasidagi boyliklarni natural tovar sifatida maqsadli va o`zaro manfaatli tarzda oddiy
almashinuvi jarayonidan boshlangan. Hozirga kelib bozor alohida nazariyasiga va faoliyat
mexanizmiga ega, yuqori darajada tartiblashgan murakkab infratuzilma shaklida namoyon
bo`luvchi dinamik muhitga aylangan bo`lib, zamonaviy iqtisodiyot rivojini ob`ektiv belgilaydi.
Bozorning dinamik muhit ekanligi unda tovarlar hajmi va ularning bahosi vaqt birligi ichida
talab va taklif asosida uzluksiz jarayon sifatida o`zgarib borib shakllanishi bilan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va iqtisodiy islohatlarni
chuqurlashtirishda davlat moliyasi va uning tarkibiy qismi bo`lgan moliyaviy risklari alohida
o`rin egallaydi.
Biz bilamizki, 2016-yilda davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya`ni qariyb 59,0 foizi
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi
1
.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o`z nutqlarida - “Makroiqtisodiy
barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o`sishning yuqori sur`atlarini saqlab qolish,
jumladan, davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi
barqaror bo`lishini ta`minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir”
2
– deya alohida ta`kidlab o`tdilar.
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va
uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini
rag`batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish maqsadida
belgilangan vazifalardan biri korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy
etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish hisoblanadi
3
.
Ayniqsa, bugungi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoiti davrida iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solish quroli bo`lgan bozor asoslarining ahamiyati ortib bormoqda. Hozirda
bozor operatsiyalarini amalga oshirish jarayonlarida turli risklarni hisobga olish, baholash va
boshqarish muhim masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun fanning o`rni oliy malakali
kadrlarni tayyorlashda ahamiyatlidir. “Moliyaviy risklar nazariyasi” fani bo`yicha o`quv-uslubiy
materiallar va baholash mezonlari oldindan berilib, ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar doirasida
fanga oid boshlang`ich nazariy bilim berish, amaliy ko`nikmalar hosil qilish davomida maxsus
1
www.mf.uz - O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi rasmiy sayti ma`lumotlaridan foydalanilgan.
2
Sh.M.Mirziyoyev: “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shahsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining
kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. –T.: “O`zbekiston”, 2017.
3
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil7-fevraldagi 2017-2021-yillarga mo`jallangan “O`zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi 4947-sonli Farmoni.O`zbekiston
Respublikasi Qonun hujjatlari to`plami, 2017-yil, 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda.
4
modellar, usullar va uslubiyatlarni tavsiflovchi masalalar, tahliliy va ko`rgazmali materiallar
qo`llanishiga hamda yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida mashg`ulotlar
o`tkazishga alohida e`tibor qaratish zarur.
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda moliyaviy risklarni tahlil qilish, baholash va
boshqarish bilan bog`liq zaruriy nazariy ko`nikma va malaka shakllantirish.
Fanning vazifasi – talabalarga bozor risklarini baholash va boshqarish bilan bog`liq nazariy
va amaliy bilimlarni o`rgatishdan iborat.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” tanlov fani hisoblanib, 5230600 – “Moliya” va 5111000 –
“Kasb ta`limi” (5230600 – “Moliya”) mutaxassisligida o`qitiladi. Ushbu fan o`quv rejadagi
fanlar bilan uzviy bog`liq bo`lib, talabalardan yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlikni
talab etiladi.
Shundan kelib chiqib:
-talabalar fanni o`rganish davrida har bir o`tiladigan mavzu bo`yicha o`qituvchi tomonidan
so`raladigan “tayanch” ibora, test savollariga javob berib, tegishli masalani yecha olishi;
-o`qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi;
-fanni o`zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bozor faoliyatida bo`ladigan
o`zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani institutda o`rganiladigan o`quv rejasidagi gumanitar va
ijtimoiy–iqtisodiy, matematik va tabiiy-ilmiy, umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan uzviy
bog`liq.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fandan amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish jarayonida
kafedrada mavjud bo`lgan videofilmlardan, taqdimot va boshqa o`quv materiallaridan
foydalaniladi.
5
I.O’QUV MATERIALLARI
MA’RUZALAR MATNI
1-mavzu: Moliyaviy risklar nazariyasiga kirish
Reja:
1.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi.
2.
Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar.
3.
Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar.
1. “Moliyaviy risklar nazariyasi” kursining tarkibi va yo`nalishlari hamda boshqa
iqtisodiy fanlar bilan aloqasi
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya sohasida yuzaga keluvchi xavf-xatar va risklarni
tasniflash sohasida kasbiy bilim beruvchi, bo`lg`usi moliyachilarni mazkur risklarni bartaraf
etish chora-tadbirlarini amalga oshirishga yo`naltiruvchi, hamda risklarni baholash va
boshqarishning asosiy qonunlarini o`rgatuvchi fandir.
Ma`lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini ishlab chiqish
orqali erishish mumkin
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan xom-cho`t qilish,
risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo`l qo`ymaslik yoki ularning ta`sirini
kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig`indisini o`z ichiga oladi.
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining ob`ekti moliya sektori faoliyatida yuzaga
keluvchi risklar bo`lsa, uning sub`ekti sifatida riskga o`z ta`sirini o`tkazuvchi guruh, moliya
sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank faoliyatini chuqur
bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning samaradorligini aniqlay bilish,
banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va boshqa faoliyatlari bo`yicha optimal qarorlar
qabul qilishga erishish, mijozlarning xo`jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar
faoliyatining xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim.
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barcha
imkoniyatlaridan to`la foydalanish, korxonalarni rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va
moliyaviy risklarni oldini olib banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.
Hozirgi paytda O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni ko`zda tutadi.
Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat ahamiyatiga egadir.
6
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo`jalik sub`ektlari qat`iy yo`riqnomalar,
buyruqlar, me`yoriy xujjatlar bo`yicha faoliyat olib borganligi uchun risk va uning darajasini
o`ylashga to`g`ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda olish yoki zarar ko`rish mumkinligi aniq
bo`lar edi. Ko`rilgan zarar odatda, korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba`zi
xollarda turli xil yo`qotishlar bilan birga budjet mablag`lari hisobidan qoplanardi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko`rsatish korxonalardan faoliyatning yuqorida
keltirilgan tamoyillarini o`zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-bank tizimini risksiz
tasavvur qilib bo`lmaydi. Moliya sohasini risksiz operatsiyasi yo`q, uning barcha operatsiyalari
risk bilan bog`liq bo`lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo`lishi mumkin.
Moliya-bank amaliyotida riskni umuman yo`q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko`ra
bilish, uni kamaytirish choralarini ko`rish lozim.
Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan fikrlar kursning asosiy yo`nalishlarini tashkil etib,
ushbu yo`nalishlarning mazmun va mohiyatini chuqur o`rganish va bo`lg`usi moliyachilargaa
o`rgatish “Moliyaviy risklar nazariyasi” fanining asosiy maqsadini tashkil etadi.
“Moliyaviy risklar nazariyasi” fani moliya-bank sohasi faoliyatida yuzaga keluvchi risklar,
ularning turlari, tahlili va ularni hisoblash yo`llari, tijorat banklari kredit siyosati va uning
mezonlari, tijorat banklarining kreditlash jarayoni bilan bog`liq risklar, mijozning kreditga
layoqatlilik ko`rsatkichlari va ularni takomillashtirish yo`llari, moliya sohasi korxonalari
faoliyatida yuzaga keluvchi boshka risklar va ularni boshqarish masalalarini o`z ichiga olgan.
2. Iqtisodiyotning turli bo`g`inlarida risklar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta`sir etuvchi eng asosiy
elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o`ziga xos xususiyatlari bu - noaniqlik, kutilmagan
xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag`batlantiruvchi va himoyalovchi.
Riskning rag`batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya`ni konstruktiv va
destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki, bunda risk iqtisodiy qarorlarni
hal qilishda katalizator rolini o`ynaydi, ayniqsa innovatsion, investitsion qarorlarni qabul
qilishda. Destruktiv ko`rinishi esa asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan
qarorlar natijasida yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va ijtimoiy -
huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo stixiyali tarzda kutilmagan
noxush voqealardan o`zlarini asrash shakllari va vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu
sug`urtalangan rezerv fondlarini tashkil etish, tadbirkorlik risklarini sug`urtalash kabi
ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo`jalik, mehnat, jinoiy qonun
7
hujjatlari to`plamida risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo`ladi.
Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo`lib, ular qarama-
qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo`ladilar: risk bir tomonlama muhim
iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya`ni ijtimoiy, texnik rivojlanishni
tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma`naviy muhitiga ijobiy ta`sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa,
aksincha ta`sir qilishi mumkin, ya`ni risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy rivojlanishga to`sqinlik
qilishi mumkin.
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko`rinishdagi qarorlarni tezlik bilan tanlashda
namoyon bo`ladi. Tanlash lozim bo`lmagan joyda riskli jarayonlar ham vujudga kelmaydi va risk
bo`lmaydi.
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya`ni kutilmagan xolatlar bilan bog`liq. Uning yuzaga
kelish va tus olish shakli noaniq bo`lib qolaveradi. A.Marshal, Dj.fon Neyman,
O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va noaniqlilik
kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o`ynaydi. Xo`jalik faoliyatining ajralmas qismi
bo`lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi.
Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo`ladi”.
O`tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo`lib daromad doim noaniqlilik bilan
bog`liq degan fikrni olg`a suradi. P.Samuelson esa, quyidagilarni ta`kidlagan: “Noaniqlilik
qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya`ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar
sodir bo`lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo`ladi”.
Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish
bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning
xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni
strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur
qiladi.
Ma`lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari
mavjud bo`lgan xolda iqtisodiyot samarali bo`lishi mumkin.
Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi. Bozor
munosabatlari sharoitida iqtisodiy erkinlik asosida faoliyat ko`rsatish makro, mezo va mikro
darajada turli xil risklarga bog`liq bo`ladi. Agar O`zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda:
davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog`lanishi bo`yicha;
ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda raqobatbardosh soxalarni
rivojlantirish, tadbirkorlik yo`lini tanlash;
aholi daromadlarini adolatli taqsimlash yo`nalishini bosh yo`nalish deb tanlash kabilar
8
bo`yicha o`tkazilishini inobatga oladigan bo`lsak, shu ochiq maqsadli siyosat modelida ham bir
necha guruh risklar - ijtimoiy-siyosiy, fiskal-monetar va iqtisodiy risklarning bo`lishi muqarrar.
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u keng ma`noga
ega bo`lgan ko`p qirrali tushuncha. Shuning uchun bank faoliyatining samaradorligiga erishish,
uning moliyaviy barqarorligini ta`minlash uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning bank
faoliyatiga ta`sir qilish tomonlarini chuqur o`rganib chiqish zarur.
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha ta`riflash mumkin:
iqtisodiy risk;
ijtimoiy-siyosiy risk;
fiskal-monetar risk.
Iqtisodiy risk deganda, umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu jumladan,
agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning YaIMning o`sish sur`atini jahon
bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish orqali o`rnatish maqsadi qo`yilgan bo`lsa, u holda
ishlab chiqarish shakllarini oqilona uyg`unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui
tushuniladi, davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar
o`tkazishini taqozo qiladi.
Ijtimoiy-siyosiy risk deganda, umuman yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida, shu
jumladan, davlatning narxni shakllantirish siyosatiga, shuningdek, mulk va intellektual boylik
jamg`armalarining manbalarini:
- aholining barcha guruhini umumiy tavsifdagi risklardan ijtimoiy himoyani ta`minlashga;
- daromadlarning adolatli taqsimlanishiga;
- ishsizlikni qisqartirishga;
- taklif yoki talabning jismoniy hajmlarini narx va boshqalar orqali tartibga solishga
safarbar etish va jamlash bo`yicha masalalarni yechishga aralashuvida yuzaga keladigan risklar
majmui tushuniladi.
Siyosiy risk - bu korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga siyosiy ahvoldagi o`zgarishlar
ta`siridir, bunga chegaralarning bekilishi, boshqa davlatlarga mahsulot, xom ashyo olib chiqish
taqiqlanishi va aksincha boshqa davlatlardan mahsulot, xom ashyo olib kirili shining
ta`qiqlanishi.
Fiskal-monetar risk davlat o`tkazayotgan moliyaviy va byudjet siyosati yordamida, narhlar
darajasini barqarorlashtirish va optimal soliq me`yorlarini, pul massasining ta`minoti va
kon`yukturasini tartibga solish bo`yicha Markaziy bankning samarali aralashuvi va boshqalar
orqali yirik, murakkab tizimlar barqarorligi va iqtisodiy o`sishini ta`minlash bo`yicha
masalalarni echishda yuzaga keladigan risklar majmuidan iborat.
Tarmoqlar riski ham mavjud bo`lib, u ma`lum bir tarmoqning iqtisodiy-moliyaviy
9
faoliyatidagi boshqa tarmoqlarga nisbatan o`zgarib turish darajasi bilan tug`ridan-tug`ri
bog`liqdir. Tarmoqriskiniboshqarishdaquyidagilarnie`tiborgaolishkerakbo`ladi:
- alternativ tarmoqlar faoliyati qay darajada, tarmoqlar natijalari o`rtasidagi farq va
sabablari;
- yaxshi faoliyat ko`rsatib kelayotgan tarmoqda keskin o`zgarishlar bor bo`lsa, sababi
nimadan iborat;
- bank mablag`idan foydalanmoqchi bo`lgan korxonaning moliyaviy natijasi bilan o`z
tarmog`i ichidagi o`xshash korxonalar moliyaviy natijalari o`rtasidagi farq.
Tarmoq riskini boshqarishda ishlatiladigan tushuncha bu sistematik risk deb yuritiladi. U
orqali tarmoqlarda yuz berayotgan tebranishlar darajasi butun iqtisodda yuz berayotgan
tebranishlar darajasiga nisbatan solishtiriladi.
3. Risklar nazariyasi, fikrlar va muammolar
Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo`lgan tarixiy va iqtisodiy
kategoriya bo`lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin bo`lgan yuqotishlar
salmog`ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo`rqish
darajasiga moslashib turgan.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga
kelishiga va sub`ektlar faoliyatida mustahkam o`rnashib olishiga imkoniyat yaratdi. Shuning
uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda o`rab kelmoqda. U bizning hayotimizda
har doim ham qochib bo`lmaydigan va echish lozim bo`lgan bir jarayon bo`lib biror-bir natijani
yuzaga kelishiga asos bo`ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo`lishi mumkin. Riskning
sinonimi sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo`lish bo`lmasligini oldindan
aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko`rsatishimiz ham mumkin.
Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila olmasak, odatda,
undan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik o`ziga xos tarzda ma`lum
darajadagi yo`qotishlarga olib kelishi mumkin.
Endi riskning tub mohiyatini ko`rib chiqadigan bo`lsak, “risk” so`zi ispancha - portugalcha
so`zdan olingan bo`lib, “suv ostidagi qoya” degan ma`noni bildiradi. Shuning uchun ham risk
xavf tug`dirish ehtimoli mavjudligini ifoda qiladi. Taniqli lug`atchi S.N.Ojegovning rus tili
lug`atida “risk” bu “muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisa, umid” degan ma`noni anglatadi
deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida riskga “havf, zarar yoki talofat ko`rish ehtimoli”, deb
qaralgan. V.T.Sevruk “risk - bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq
ehtimollar o`lchamidir” degan ta`rif beradi.
Professor V.M.Usoskin “Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi o`z navbatida
Do'stlaringiz bilan baham: |