Moliyaviy risklar nazariyasi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana06.02.2020
Hajmi1,35 Mb.
#38865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
UMK MRN 2018


10 
 
oldindan  ko`ra  bilish  kiyin  yoki  mumkin  bo`lmagan  voqealar  bilan  bog`liq  bo`ladi”  deb 
izohlaydi. Ba`zi mualliflar tomonidan risk bu noaniqlik deb ta`riflanadi. 
E.S.Stoyanova  “Risk  -  bu  rejalashtirilgan  variantga  nisbatan  daromad  ola  olmaslik  yoki 
zarar ko`rish ehtimolidir” deb ta`rif keltirgan. 
P.G.Grabovbiy,  S.N.Petrova,  S.LPoltalsevlarning  “Риски  в  современном  бизнесе” 
kitobida  “Risk  -  bu  korxona  resurslarining  bir  qismini  yo`qotish  yoki  daromad  ola  olmaslik, 
qo`shimcha xarajatlar qilish havfidir”, deb ta`rif berganlar. 
Yuqorida  keltirilgan  ta`riflarning  barchasida  risk  qandaydir  xavf-xatar  va  zararlar 
ko`rishdan iborat ekanligi to`g`risida fikr yuritilgan. Riskni ta`riflaganda, uni zarar bilan bog`liq 
xavf-xatar, noaniqlik deyish risk tushunchasining mohiyatini to`la ifodala olmaydi. 
Yuqoridagilarga  o`xshagan  ta`riflarni  mahalliy  iqtisodchilarimizning  ishlarida  ham 
uchratish  mumkin.  Undan  tashqari,  ohirgi  yillarda  chop  qilinayotgan  ko`pgina  mualliflarning 
ishlarida  “risk”  so`zini  o`zbekchaga  tarjima  qilishga  harakat  qilingan.  Natijada  hozirgi  kunda 
turli  mualliflar  tomonidan  “risk”  termini  turlicha  nom  bilan  talqin  qilinmoqda.  Ba`zi  bir 
iqtisodchilar  riskni  “tavakkalchilik”  deb  ifodasalar,  boshqalari  riskga  “xato”,  “ikkilanish”, 
“noaniqlik”, “mavhumiylik” va hokazolar deb ta`rif berish to`g`riroq degan xulosa qiladilar. 
Har  bir  faoliyatni  amalga  oshirishda  ikkilanish  yoki  havf-xatar  bo`lishi  mumkin.  Lekin 
ularni risk mazmunida ifoda qilib bo`lmaydi. 
Havf-xatar  deganda  biz  oldindan  biron  salbiy  natija  beruvchi,  yoki  biron-bir  salbiylikka 
yoki zarar, talofatga olib keluvchi jarayon mavjudligini bilamiz va biz qo`rquv, hadiksirash bilan 
shu voqelikka yondashamiz. 
Bank  risklari  to`g`risida  iqtisodchi  olimlarning  fikrlari  xilma-xil  bo`lib,  ular  bu 
tushunchaning  mohiyatini  turlicha  talqin  qilganlar.  Buning  sababi  shundaki,  risk  keng  ma`noli, 
faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi ko`p qirrali tushunchadir.  
Iqtisodchi olim O.I.Lavrushin “Bank riski ehtimoliy hodisaning qiymat o`lchovi bo`lib, u 
yo`qotishlarga olib keladi” degan fikrni ilgari suradi. 
Rossiyalik  yana  bir  iqtisodchi  G.Panova  “Risk  kutilmagan  hodisalar  yuzaga  kelganida 
yo`qotish havfi yoki imkoniyatidir” deb ta`rif beradi. U o`z ta`rifi orqali ikki asosiy yo`nalishni 
asoslab bermoqchi bo`ladi. Bular, birinchidan, Professor O.Lavrushinning risk to`g`risidagi fikri 
bilan hamohang bo`lib, u ham risk bu yo`qotishlarni ifodalaydi deb o`qtirsa, ikkinchidan risk bu 
kutilmagan hodisa ekanligini ta`kidlamoqchi. 
Lekin,  “Bank  risklari  va  kreditlash”  kitobi  muallifi  Sh.Z.Abdullaeva  G.Panovaning 
yuqorida  riskga  berib  o`tgan  ta`rifiga  qo`shilmagan  va  quyidagicha  ta`kidlagan:  “Bank 
amaliyotida risk har doim ham kutilmagan xodisa emas. Bank faoliyatining barcha turi risk bilan 
bog`liq.  Bank  shu  faoliyat  turi  yoki  operatsiya  riskli  ekanligini  bilib  turib,  shu  operatsiyani 

11 
 
amalga  oshirishga  qaror  qiladi  yoki  amalga  oshiradi  va  u  barcha  xollarda  shu  operatsiya 
natijasida  yuqori  daromad  olishni  rejalashtiradi.  Shu  sababli  biz  G.Panovaning  bank  riskiga 
bergan ta`rifiga to`la qo`shila olmaymiz”. 
“Bank ishi” kitobi muallifi I.R.Toymuxamedov esa bank riskiga quyidagicha ta`rif bergan: 
“Risk  -  bu  ma`lum  maqsadni  ko`zlagan  xolda  olib  borilayotgan  faoliyat  natijasida  bo`lgan 
ishonchsizlik,  ba`zan  qoniqarsiz  tugashi  natijasidagi  yo`qotishlardan  iboratdir.  Risklar  bank 
faoliyatida  o`lchash  mumkin  bo`lgan  ko`rsatkichdir  va  ular  doim  bankning  bajarayotgan 
opersiyalaridan olgan zarariga, yo`qotgan daromadiga teng bo`ladi”. 
Ba`zi xorijiy iqtisodchi olimlarning shu sohadagi ishlari bilan tanishib, ular tomonidan ham 
bank risklarining moxiyatiga turli xil ta`rif va tasnif berilganligini ko`rish mumkin. 
Chet  ellik  olimlar  risklarni  ta`riflashdan  ko`ra  ularning  aloxida  olingan  turlarini  ko`rishni 
afzal  hisoblaydilar.  Masalan,  K.D.Valravenning  fikricha  G`arb  mamlakatlari  banklari  ko`proq 
likvidlik  riski,  kredit,  portfel,  sanoat,  mamlakat,  valyuta,  foiz  riskiga  duchor  bo`ladilar. 
«Bankovskiy  menejment»  kitobi  muallifi  P.S.Rouz  risklarga  kengroq  tushuncha  berib,  u  bank 
riski oltita asosiy turdagi risk - kredit riski, foyda ololmaslik riski, likvidlik riski, bozor riski, foiz 
riski, to`lay olmaslik riskidan tashkil topgan bo`lib, bu risklar bank faoliyatida juda muhim, xal 
qiluvchi  risklar  hisoblanadi,  deydi.  Bank  uchun  ikkinchi  darajada  bo`lgan  risklarga  P.Rouz 
siyosiy riskni, suiste`mol riskini, valyuta riskini kiritadi. 
Tadbirkorlik riskining klassik va neoklassik ko`rinishi ham ishlab chiqilgan bo`lib, Klassik 
nazariyada  tadbirkorlik  riski  qabul  qilingan  qarorlar  natijasida  yuzaga  kelishi  mumkin  bo`lgan 
yo`qotishlarning  matematik  kutilishi  bilan  tenglashtiriladi  deyilgan.  Ushbu  qarashlar  klassik 
nazariya namoyandalari Dj.Mill va I.U.Seniorlar tomonidan bildirilgan. 
XX-asrning  30-yillarida  iqtisodchilar  A.Marshall  va  A.Pigu  tadbirkorlik  riskining 
neoklassik  nazariyasini  yaratdilar.  U  quyidagilardan  iborat:  noaniqlilik  sharoitida  ishlayotgan, 
daromadi o`zgarib turadigan tadbirkor, bitim tuzayotganda ikkita kriteriyaga asoslanadi: 
- kutilayotgan foyda hajmiga; 
-  uning ikkilanishlarining hajmiga. 
Bu shundan dalolat beradiki, bir xil daromad beradigan ikkita kapital qo`yilmalari orasidan 
tadbirkor  qaysi  biriga  ko`proq  ikkilanayotgan  bo`lsa,  o`sha  kapital  qo`yilmani  tanlamaslikka 
harakat qiladi. 
 
 
 
 

12 
 
2-mavzu: Moliyaviy risklarni tasniflanishi 
Reja: 
1.  Risklarning mazmun-mohiyati. 
2.  Moliyaviy risklarning tasniflanishi. 
1.  Riskning mazmun-mohiyati 
Qadimgi  zamonlardan  risk  foydani  shakllantirish  omili  hisoblanadi.  J.B.Sey  va  KurselSeneylar 
fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili hisoblanadi
4
. 19-asrlarda odamlarning risk 
qilishga tayyorligi ular foydasining shakllanishi va o`zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi 
kunda shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi.  
“Risk” atamasi yevropaning ko`p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda “ridsikon” so`zi 
mavjud bo`lib, u qoya, cho`qqi ma`nosini bildiradi. Italiyaliklar tilida “risiko” so`zi xatar, tahdid 
ma`nosini, “risicare” so`zi qoyadan mohirona o`tish ma`nosini bildiradi. Frantsuzlardagi “risdoe” 
so`zi  tahdid,  qoyani  aylanib  o`tmoq  ma`nosini  beradi.  Iqtisodiy  lug`atlarda  risk  –  xavf-xatar, 
zarar  va  yo`qotish  ehtimoli,  xavf  ehtimoli  yoki  muvaffaqiyat  umidida  xavf  tomon  borish 
ma`nosida kelishi ko`rsatilgan.  
“Risk”  so`zi  ispancha-portugalcha  so`zdan  olingan  bo`lib,  “suv  ostidagi  qoya”  degan 
ma`noni  bildiradi.  Taniqli  lug`atshunos  S.I.Ojegovning  rus  tili  izohli  lug`atida  “risk  -  bu 
muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma`no anglatadi deyilsa, mashhur Vebster 
lug`atida riskka “xavf, zarar va talafot ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk  - bu hol, bir 
ishlab chiqaruvchining situativ holati” degan ta`rifni bergan bo`lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk 
- bu zarar ko`rish yoki manfaatni qo`ldan chiqarish bilan bog`liq ehtimollar o`lchamidir”
5
, degan 
ta`rifni keltiradi. 
Risk  nazariyasini  o`rganishda  klassik  maktab  namoyondalari  muhim  hissa  qo`shishgan.  A.Smit 
risk  va  foyda  o`rtasidagi  o`zaro  proportsionallik  tushunchasini  oydinlashtirishga  harakat  qilgan.  Uning 
ta`kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo`lgan maydonda qonun bo`yicha daromad kichik bo`ladi, bu esa 
o`z navbatida kutilayotgan daromad darajasini ko`paytirish uchun usullar salmog`i yanada ortib boradi”.  
Taniqli  lug`atshunos  S.Ojegovning  rus  tili  lug`atida  “risk  -  bu  muvaffaqiyatga  intilish,  baxtli 
hodisadan umid” ma`nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera lug`atida “risk - bu xavf, zarar yoki 
talofat ko`rish ehtimoli”
6
, deb ifodalangan.  
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o`z navbatida oldindan ko`ra 
bilish  qiyin  yoki  mumkin  bo`lmagan  voqealar  bilan  bog`liq  bo`ladi”,  deya  izohlaydi.  ye.Stoyanova 
                                                           
4
Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35. 
5
Гвезденко А.А. Основы страхования. - М.: Финансы и статистика, 1999.– С. 148. 
6
Севрук В.Т. Банковские риски. Москва: Дело, 1995. - С. 3 

13 
 
fikricha:  “risk  -  bu  rejalashtirilgan  variantga  nisbatan  daromad  ola  bilmaslik  yoki  zarar  ko`rish 
ehtimolidir”.  
Risk  to`g`risidagi  fikrlarni  umumlashtirilgan  holda  prof  V.V.Kovalyov  quyidagicha  ta`rif 
berib o`tadi: 
Risk bu moliyaviy yo`qotish darajasini belgilab: 
a)  qo`yilgan maqsadga yetib bormaslik; 
b)  noaniqliq holatda natijani belgilash; 
c)  sub`ektiv holatda belgtlangan natijani baholash. 
Investitsiya faoliyati ma`lum miqdordagi moliyaviy resurslarni talab qiladi. Bu sarflangan 
resurslardan  investorlar  ma`lum  daromad,  foyda  olishni  ko`zlaydi.  Mazkur  foyda  esa 
investorlarning  xarajatlarini,  inflyatsiya  omilini,  tadbirkorlik  riskini  qoplashi  lozim.  Ammo 
amaliyotda  investorlar  har  doim  ham  kutilgan,  rejalashtirilgan  natijalarga  erisha  olmaydilar. 
Buning asosiy sabablaridan biri - risklarning mavjudligidir.  
Risk  bilan  noaniqlikning  farqi  shundaki,  natijalar  ehtimolligi  joriy  davr  ma`lumotlari 
asosida baholanayotgan vaqtda risk e`tiborga olinadi. Noaniqlik esa bunday ehtimollik o`tgan va 
kelasi  davr ma`lumotlari  yetishmasligi  yoki  to`liq emasligi  sababli sub`ektiv aniqlangan vaqtda 
e`tiborga  olinadi.  Har  qanday  holda  ham  kelgusi  iqtisodiy  holatlar  istiqbolini  belgilash 
(inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning 
ma`lum emasligi sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo`lishi mumkin. Chunki o`tgan davr 
ma`lumotlari  asosida  faqat  noma`lum  kelajakda  yuz  berishi  mumkin  bo`lib  o`tgan  rivojlanish 
tendensiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik  va  risklarning  har  ikkalasi  ham  loyihadagi  yo`qotish  va  zararlarga  bog`liq 
bo`lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash maqsadga muvofiqdir. 
Investitsion  loyihalar  kelajakka  qaratilganligi  sababli,  ularni  amalga  oshirish  natijalarini 
aniq  taxmin  qilish  muammodir.  Bunday  loyihalar  kutilishi  mumkin  bo`lgan  risklar  va 
noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak. Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin 
bo`lgan oqibatlarga ega bo`lgan hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi. 
2.  Moliyaviy risklarning tasniflanishi 
Bugungi  kunda  biz  nafaqat  risklar  haqida  ma`lumotlarga  egamiz,  balki  ularni  tahlil  qilib, 
baho  berib,  risklarni  boshqarish  imkoniyatiga  egamiz.  Lekin  tahlilni  ham,  risklar  boshqaruvini 
ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir. 
Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin: 
1) Tarkibi  bo`yicha  risklar  quyidagilarga  bo`linadilar:  iqtisodiy  risk;  bozor  riski; 
inflyatsiya  riski;  valyuta  riski;  siyosiy  risk;  ijtimoiy  risk;  ekologik  risk;  texnologik  risk; 

14 
 
marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk 
va boshqalar; 
2) muddati  bo`yicha  risklar  quyidagilarga  bo`linadilar:  qisqa  muddatli  risklar;    uzoq 
muddatli risklar; 
3) olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta 
foyda  olish  imkoniyati  bor;  sof  risklar  -  ular  ta`sirida  nolga  teng  bo`lgan  zarar(foyda)  ko`rish 
mumkin; 
4) loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan 
risklar  -  ular  ta`sirida  kutilgan  foydadan  ayrilish  mumkin;  kritik  risklar  -  loyiha  pul 
tushumlaridan  ayrilish  xatari;  katastrofik  risklar  -  daromaddan  va  kiritilgan  investitsiyalardan 
ayrilish xatari. 
Investitsion  loyihalarni  amalga  oshirish  jarayonida  uning  har  bir  bosqichi  (fazasi)  o`ziga 
xos  risklar  bilan  bog`liqdir.  Birinchi  bosqichda  (investitsiya  oldi  fazasida)  ko`proq  loyiha 
tashabbuskorlari  marketing  riskiga,  bozor  riskiga,  informatsion  va  ijtimoiy  risklarga  ta`sirchan 
bo`ladi.  Investitsiya  bosqichida  ko`proq  ilm-texnika  riski,  moliyaviy  risklar,  tashqi  iqtisodiy 
risklar  va  siyosiy  risklar  o`z  ta`sirini  ko`rsatadi.  Ekspluatatsiya  bosqichida  esa  loyiha 
ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan 
yuzma-yuz  bo`lish  ehtimoli  mavjud.  Bundan  tashqari,  loyiha  faoliyatida  eng  ko`p  uchraydigan 
risklar  ham  mavjud.  Masalan:  iqtisodiy  qonunlarning  va  iqtisodiy  holatning  o`zgarib  turishi; 
investitsiyalash  va  foydadan  foydalanish  shartlari  bilan  bog`liq  risklar;  savdo  va  mahsulot 
yetkazib  berishga  cheklashlar  kiritish;  chegaralarning  berkilishi;  siyosiy  holatning  noaniqligi 
yoki  hududdagi  yohud  mamlakatdagi  noma`qul  ijtimoiy-siyosiy  o`zgarishlar,  texnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlar  dinamikasi,  yangi  texnika-texnologiya  parametrlari,  mahsulot  sifati  haqidagi 
ma`lumotlarning to`liq emasligi  yoki  noaniqligi,  bozor kon`yunkturasining,  ya`ni baho, valyuta 
kurslari,  yalpi  ichki  mahsulot  va  boshqalarning  o`zgarib  turishi,  tabiiy  iqlim  sharoitlarining 
o`zgarishi,  tabiiy  ofatlarning  yuz  berishi,  ishlab  chiqarish  texnik  risklari  -  asbob-uskunalarning 
buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy 
holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita 
katta guruhga bo`linadi:  
- tizimli risklar;  
- tizimsiz risklar. 
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar 
emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik 
tufayli  yoki  boshqa  sabablarga  ko`ra  ko`pchilik  emitent  va  qimmatli  qog`ozlar  egalari  zarar 

15 
 
ko`rishlari  mumkin.  Tizimli  risklarga  quyidagilar  kiradi:  foiz  riski;  valyuta  riski;  inflyatsiya 
riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya`ni 
ma`lum  bir  korxonaning  qimmatli  qog`ozlari  yoki  tarmoqning  qimmatli  qog`ozlari  kiradi. 
Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Yuqorida  keltirilgan  tasniflashlarga  asoslangan  holda,  loyiha  faoliyatidagi  risklarni 
quyidagi guruhini keltirish mumkin: 
1) loyiha ishtirokchilari riski; 
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 
3) qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski; 
4) ish va ob`ekt sifatining pastligi riski; 
5) konstruktsion va texnik risklar; 
6) ishlab chiqarish riski
7) boshqaruv riski; 
8) sotish riski; 
9) moliyaviy risk; 
10)  mamlakat riski; 
11)  ma`muriy risk; 
12)  huquqiy risk; 
13)  fors-major riski. 
Loyiha  ishtirokchilari  riski  -  bu  ishtirokchilarning  loyiha  faoliyati  doirasida  o`z 
majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.  
Loyihasmetaqiymatiningoshishriskiga
quyidagilarsababbo`lishimumkin: 
loyihalashjarayonidagixatolar, 
pudratchilarningresurslardansamaralifoydalanishnita`minlayolmasligi, 
loyihaniamalgaoshirishshartlarinio`zgarishi va boshq. 
Qurilishnio`zvaqtidatugallanmaslikriskigaquyidagilarta`sirko`rsatadi:  pudratchilarningo`z 
majburiyatlarinibajarmasliklari; tashqishart-sharoitlarningo`zgarishi, qurilish ishlari muddatining 
cho`zilibketishinatijasidaqo`shimchaxarajatlarkelibchiqishi: 
kreditbo`yichafoizlarnihisoblash, 
narxlarninginflyatsiyanatijasidao`sishioqibatidaishvamaterialqiymatiningoshishikabiqo`shimcha
xarajatlarnikeltiribchiqaradi.  
Ishvaob`ektsifatiningpastligiriski 

pudratchilarmajburiyatiningbuzilishi, 
loyihalashtirishdagixatolarvaboshqalarnatijasidakelibchiqishimumkin.  
Konstruktsion  risk  -  bu  investitsiya  fazasidayoq  loyihaning  texnik  amalga  oshmaslik 
riskidir.  

16 
 
Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo`llanilmasligi 
natijasida  ma`lum  texnik-iqtisodiy  parametrlardan  ob`ekt  ekspluatatsiyasidagi  cheklanishlar 
riski.  
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski.  
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va 
malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi.  
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish 
riskidir.  
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:  
a) kredit riski; 
b) valyuta riski;  
c) foiz stavkasini o`zgarish riskidir. 
Kredit  riski  -  bu  loyihani  amalga  oshirayotgan  tashkilotning  kreditor  bankka  kredit 
shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski.  
Valyuta  riski-  bu  risk  loyiha  mahsuloti  mahalliy  bozorda  sotilganda  va  hokimiyat 
mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi.  
Foiz  stavkasining  o`zgarish  riski-  bu  risk  kredit  resurslari  o`zgaruvchan  stavkada 
qo`llanilganda ro`y beradi.  
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni shundaki, loyiha 
amalga  oshirilayotgan  mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlari  va  davlatning  siyosati  loyiha 
faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.  
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha 
faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski 
davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa 
iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq. 
Ma`muriy  risklar-  loyiha  kompaniyalari  va  loyiha  faoliyatining  boshqa  ishtirokchilarini 
davlat  nazorat  va  tartibga  solish  boshqarmalaridan  turli  litsenziyalar,  ruhsatlarni  olishi  bilan 
bog`liq.  
Huquqiy  risk-  bu  risk  qaysidir  darajada  mamlakat,  ma`muriy  va  boshqaruv  risklari  bilan 
bog`liq.  
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga 
yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar. 
 

17 
 
3-mavzu: Bozor risklarini baholash 
Reja: 
1.Bozor risklarining turlari va mohiyati. 
2.Bozorlarda  faoliyat  yuritish  bilan  bog`liq  risklarni  hisobga  olish  va  baholashning 
ahamiyati. 
3. Bozor risklarini tahlil qilish va baholash. 
1. Bozor risklarining turlari va mohiyati 
Bozor  riski  o`z  tarkibiga  valyuta,  foiz,  moliya  bozori  va  tovar  narxi  risklarini  o`z  ichiga 
olib, ularning bozor bahosidagi o'zgarishlar natijasi hisoblanadi.  
Bozor  risklari  mamlakatdagi  makroiqtisodiy  sharoit  va  moliya  bozoridagi  ishbilarmonlik 
darajasi bog`liq bo`lmaydi.   
Bozor risklarga quyidagilar kiradi: 
1)  Iqtisodiy va siyosiy risk; 
2)  Qonunchilik bilan bog`liq risklar; 
3)  Valyuta risklari; 
4)  Tovar narxi risklari; 
5)  Foiz riski; 
6)  Moliya bozori riski. 
Iqtisodiyvasiyosiy  risk  –  bunday  risklarga  biror  –  bir  korporatsiyaning  aktivlariga 
investitsiya qilayotganida, o`sha korparatsiya qaysidir davlatning yuridik hududiga kiradigan va 
huquqlariga bo`ysinadigan bo`lishi mumkin. Shu bilan birga ikkita mamlakat o`rtasida qandaydir 
ko`zdatutilmagan kelishmovchiliklar bo`lishi mumkin. Bu esa bevosita investorga ta`sir etadi. 
Bunga    misol  qilib,  AQSH  va  Iroq  o`rtasidagi  urush  oqibatlari  yaqqol  misol  bo`la  oladi. 
2004-yilning  may  oyining  ikkinchi  yarimida  jahon  fond  birjalaridagi  neftning  narxi  bir  barreli 
uchun  40  dollarga  bo`lishi  aniq  va  yaqqol  misoldir.  Amerika  iqtisodiy  tahlilchilarining 
ta`kidlashlaricha,  bir barreli uchun 40 dollar 20  yil  oldin berishgan  ekan.  Lekin  hozirgi  kunga 
kelib boshqa omillar ham yonilg`i narxiga ta`sir ko`rsatishi jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi 
natijasida kuzatildi. 
Qonun hujjatlarining o`zgarishi risk bilan bog`liqdir. Bu holat soliqqa tortish bilan bevosita 
bog`liq, chunki investitsiyadan olinadigan daromad, albatta, soliqqa tortiladi, Qandaydir korxona 
ma`lum bir mahsuot ishlab chiqaradigan bo`lsa, soliq stavkalari mahsulot tannarxiga ta`sir qiladi.  
Valyutaviy risklarda asosan biror bir davlatda turib chet el valyutasiga nisbatan narxlarning 
o`zgarishidagi bo`ladigan zararlar tushuniladi. 

18 
 
Foiz  risk.  Bunday  risklar  fond  bozorda  kreditning  foizi  stavkasi  tushib  ketishi  natijasida 
vujudga  keladi.  Bankdagi  depozitlarning  foiz  stavkalari  ko`tarilsa,  fond  bozoridagi  aksiyalar 
bahosi  tushib  ketadi.  Agarda  bankdagi  depazit  xizmatlari  birdaniga  katta  darajaga  oshib  ketsa, 
fond  bozoridagi  aksiyalarning  narxi  juda  tez  narxi  tushib  ketishi  mumkin,  buning  natijasida 
qimmatli qog`ozlarni chiqargan kompaniya imtiyozli aksiyalari egasi qaytarib sotib olishi uchun 
olib kelishlari mumkin (agarda shartnomada ko`zda tutilgan bo`lsa) qaytarib olishi mumkin.  
2.  Bozorlarda  faoliyat  yuritish  bilan  bog`liq  risklarni  hisobga  olish  va  baholashning 
ahamiyati. 
Bozor  riskini  aniqlash  ishlarini  olib  borishdagi  izchillik  bosqichma-bosqich  amalga 
oshiriladigan jarayon bo`lib, ular quyidagilarni o`z ichiga oladi:  
- muammolarning qo`yilishi;  
- kerakli ma`lumotlarni yig`ish va tahlil qilish 
-baholash usullarini tanlash va ularni qo`llash;  
-bozor bahosiga ta`sir etuvchi  omillarni tahlil qilish;  
- bozor riski haqida belgilangan shaklda  hisobot tuzish. 
Bozor  riskini  baholash  jarayonini  tashkil  etuvchi  bu  bo`g`inlarni  har  tomonlama  ko`rib 
chiqamiz. 
Bozor riski qiymatning kerakli darajasi va uni baholash maqsadini muvofiqlashtirishi zarur 
bo`lgan umumiy qoidadan istisno  holatlari ham mavjud. Bu tugatish qiymatlarini belgilashga 
taalluqli.  Ushbu  holatlarda  buyurtmachi  tugatish  qiymatining  muayyan  turini  aniqlashni  talab 
qilishi mumkin va baholovchi uning talabini bajarishga majbur. 
Endi pasayish tartibiga qarab qiymatlar darajalarining namunaviy ketma-ketligini keltiramiz: 
-  takror ishlab chiqarishning to`liq qiymati; 
-  o`rin bosishning to`liqqiymati; 
- foydalanishda davom etishdagi asoslangan bozor qiymati; 
- foydalanilmayotgan ko`chmas mulkga asoslangan bozor qiymati; 
-  o`rin bosishga asoslangan bozor qiymati; 
- rejali tugatish qiymati (tartibga solingan tugatish qiymati); 
- tezlashtirilgan tugatish qiymati; 
- sinish qiymati. 
  Bu sarflashni amaliyotda qiymat darajalarining boshqa nisbati bilan ham qo`llash mumkin. 
Masalan, ba`zan yangi texnikaning eski texnika oldida katta ustunliklarga ega bo`lishi va bu bilan 
bog`liq kapital xarajatlarning ortib ketishi tufayli ko`chmas mulkning o`rin bosish qiymati uning 
takror  ishlab  chiqarish  qiymatidan  kattaroq  bo`ladi.  Yoki  foydalanishda  davom  etishdagi 
asoslangan  bozor  qiymati  tugatish  qiymatidan  ham,  hatto  sinish  qiymatidan  ham  past  bo`ladi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish