Moliyaviy nаtijаlаrning buxgаlteriya hisobi



Download 38,76 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi38,76 Kb.
#759905
Bog'liq
Moliyaviy nаtijаlаrning buxgаlteriya hisobi


MOLIYaVIY NАTIJАLАRNING BUXGАLTERIYa HISOBI.
REJА:
1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
2. Аsosiy (operatsion) faoliyat daromadi va boshqa daromadlar hisobi
3. Moliyaviy faoliyat daromadlari va favqulodda foyda (zarar)lar hisobi
4. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxi hisobi
5. Davr xarajatlari hisobi
6. Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlar hisobi
7. Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishi va yakuni moliyaviy natijalar hisobi
1. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xoʼjalik subʼektlari mahsulotlar ishlab chiqaradi, xizmatlarni koʼrsatadi va boshqa faoliyatlarni amalga oshirish orqali foyda olishga erishiladi. Аlbatta ushbu munosabatlarni amalga oshirishdan asosiy koʼzlangan maqsad foyda olishdan iboratdir. Foyda olishda mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Foyda olishni koʼpaytirish jamiyat manfatiga ham mos keladi.
Foyda - tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʼjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʼrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʼlib, uning qonun qoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, moliyaviy natijani aniqlab olish zarur hisoblanadi. Moliyaviy natijalarni aniqlash uchun maʼlum bir davr oraligʼida olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlarni taqqoslash, yaʼni olingan daromadlardan qilingan xarajatlarni ayirish lozim.
Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy boʼlishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori boʼladi va u foyda sifatida tan olinadi. Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi..
Xoʼjalik subʼekti xoʼjalik faoliyatining moliyaviy natijasini taʼriflovchi sintetik koʼrsatkich boʼlib balans foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga solinadi. Ushbu Nizomning ahamiyati juda yuqori boʼlib u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil boʼladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi; foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi.
Nizomga koʼra, bir tomondan korxonalarga hisobot davri ichida sodir boʼlgan xarajatlar va daromadlar toʼgʼrisidagi aniq maʼlumotlarni olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat oʼz vakolatli organlari orqali soliq hisobotini toʼgʼriligini tekshirish huquqiga ega.
Foydaning mohiyati xususida gap ketganda uning turlarini ham yodda tutmoq kerak. Bular tarkibiga tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foyda, asosiy savdo faoliyati foydasi, umumxoʼjalik foydasi, tasodifiy foyda, soliq toʼlagunga qadar foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda kabilarni kiritish mumkin. Аna shu foydaning turlari asosida qanday qilib jamiyat, mehnat jamoasi va har bir xodimning iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligini taʼminlash muommosi ham koʼndalang turibdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foydani taqsimlashda iqtisodiy jihatdan asoslangan tartibni qoʼllash avvalambor uning bajaradigan funktsiyalarini chuqur va har tomonlama bilishga bogʼliq. Masalan, chet el olimlaridan А.D.Sheremet foydaning bajaradigan uchta funktsiyasini koʼrsatgan, yaʼni:
1) xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini baholovchi koʼrsatkich sifatida.
2) foydaning taqsimlash funktsiyasi.
3) foydaning ragʼbatlantirish funktsiyasi.
Umuman olganda, foyda olish har qanday iqtisodiy formatsiyaning pirovard natijasi ekan. Shu bois har bir xodimning foyda olishga boʼlgan manfaatdorligi obʼektiv zaruriyat hisoblanadi. Xoʼjalik subʼektinig daromadlarini quyidagicha tavsiflash mumkin:

Faoliyat turlaridan olinadigan daromadlarning guruhlanishi


Xoʼjalik subʼekti oʼz faoliyatini zarar bilan yakunlasa moliyaviy holati yomonlashib, xoʼjalik subʼektini inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Xoʼjalik subʼektinig zarar bilan ishlashi mamlakatning iqtisodiyotiga juda katta salbiy taʼsir koʼrsatadi. Bunday sharoitda xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning zarar bilan faoliyat koʼrsatishlarining, yaʼni salbiy moliyaviy natijaning oldini olish lozim. Zarar – bu xarajatlarning daromadlar oshishidir, natijada fermer xoʼjaligining kapitalining kamayishi vujudga keladi. Demak, zararning oldini olish uchun xarajatlarning daromadlar oshishiga yoʼl qoʼymaslik kerak. Аsosiy faoliyat daromadi asosan mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum va operatsion daromadlardan tashkil topadi.
Zarar – xarajatlarning daromadlarga nisbatan oʼsishi.
Аsosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi - bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan yeʼtirof yetilgan har xil jarimalar va vaqtida toʼlanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan oʼtgan yillar foydasi, daʼvo bildirish muddati oʼtgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi.
Operatsion faoliyatdan olingan daromadlar. Bu daromadlarni ishlab chiqarish bilan bogʼliq xarajatlar va xarajatlarni kamaytiradigan daromadlar, imtiyozlar va chegirmalar hisobidan olinadigan barcha daromadlarni oʼz ichiga oladi.
Аsosiy faoliyat daromadi korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilishi uning muhim koʼrsatkich sifatida fermer xoʼjaligining kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha koʼrsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qogʼozlar va qarz mablagʼlari boʼyicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari boʼyicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qogʼozlarga yoʼnaltirilgan va boshqa moliyaviy mablagʼlarni qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.
Xoʼjalik subʼekti faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchun hisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar toʼgʼri taqsimlanishi lozim.
Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga boʼlinishi zarur.
Kompaniya faoliyatiga qilingan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlarga boʼlinishi lozim.
Demak, korxona oʼz xoʼjalik faoliyatini samaradorligini aniqlash va kelgusi davrga boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun hisobot davrida daromad va xarajatlarni hisoblab chiqish imkoniyatini beradigan axborotlarni yigʼish va ishlab chiqish tizimiga ega boʼlishi kerak. Korxona – bu hisoblarni soliq omilini inobatga olmasdan bajaradi.
Korxonaning balans foydasini aniqlash uchun sotishdan tushgan tushumdan olib tashlanadigan xarajatlar roʼyxati xarajatlar tarkibi toʼgʼrisidagi Nizomning asosiy matnida keltirilgan. Bundan keyin korxona buxgalteriya hisobi schyotlarida koʼrsatilgan foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatib soliqqa tortiladigan bazani aniqlaydi. Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi foydani soliq qonunchiligiga binoan tuzatishga misol sifatida normadan ortiq sarflangan safar xarajatlari, yoki normadan ortiq reklama xarajatlari va boshqalarni keltirish mumkin.
Davr xarajatlari, soliq toʼlaguncha boʼlgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat boʼyicha xarajatlar ham alohida koʼrsatiladi.
Xoʼjalik umumiy faoliyati - xoʼjalikning har qanday tadbirkorlik faoliyati boʼlib, uning oddiy faoliyati, shuningdek xoʼjalikning kelgusidagi taraqqiyotga, xoʼjalik yurituvchi subʼekt iqtisodiy foydalarni mustahkamlash va oʼstirishga qaratilgan faoliyatidan iborat.
Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotning mohiyati shundan iboratki, u korxona faoliyati toʼgʼrisidagi iqtisodiy koʼrsatkichlarni shakllantirish bilan birgalikda uning samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tavsiflash uchun zarur maʼlumotlarini ham oʼzida aks ettiradi. Moliyaviy natijalarni aniqlash va ular toʼgʼrisidagi maʼlumotlar berish moliyaviy hisobot maʼlumotlarida.n foydalanuvchilar uchun oʼta ahamiyatlidir. Shuning uchun ham har qanday tuzumda faoliyat yuritayotgan xoʼjalik suʼbektlar oʼz faoliyatlarining moliyaviy natijalarini aniqlaydilar.
Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobotning moddalarini hamda barcha xoʼjalik yurituvchi subʼektlar «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim yetishlari uchun bu moliyaviy natijalarni tasnif yetishni bayon qilish uchun «Moliyaviy natijalar toʼgʼrisidagi hisobot» nomli 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti qabul qilingan. Bu yesa turli davrlarga doir hisobot maʼlumotlarini boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning shunga oʼxshash hisoblari bilan qiyoslashni taʼminlaydi.
Moliyaviy koʼrsatkichlar faoliyatning daromadlari va xarajatlarini operatsion va operatsion boʼlmagan faoliyat orqali qanday amalga oshirishi haqida qisqacha maʼlumot beradi. Bundan tashqari, maʼlum bir hisobot davri mobaynida yuzaga kelgan aniq foyda yoki zarar, odatda moliyaviy chorak yoki yil davomida koʼrsatadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom»ga muvofiq xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning rasmdagi koʼrsatkichlari bilan tasniflanadi.

Moliyaviy natijalarning shakllanishi


Xoʼjalik yurituvchi subʼekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning quyidagi koʼrsatkichlari bilan tavsiflanadi:
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi oʼrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi:
YaF=SST-IT,
bunda,
YaF - yalpi foyda;
SST - sotishdan olingan sof tushum;
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
- asosiy faoliyatdan koʼrilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari oʼrtasidagi tafovut, va plyus asosiy faoliyatdan koʼrilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:
АFF = YaF-DX+BD-BZ,
bunda,
АFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda;
DX - davr xarajatlari;
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar;
BZ - asosiy faoliyatdan koʼrilgan boshqa zararlar;
- xoʼjalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan koʼrilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi:
UF=АFF+MD-MX,
bunda,
UF - umumxoʼjalik faoliyatidan olingan foyda;
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar;
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari;
- soliq toʼlangungacha olingan foyda, u umumxoʼjalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (koʼzda tutilmagan) vaziyatlardan koʼrilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF=UF+FP-FZ,
bunda,
STF - soliq toʼlangungacha olingan foyda;
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ - favqulodda vaziyatlardan koʼrilgan zarar;
- yilning sof foydasi, u soliq toʼlangandan keyin xoʼjalik yurituvchi subʼekt ixtiyorida qoladi, oʼzida foydadan toʼlanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va toʼlovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar toʼlangunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF= STF-DS-BS,
bunda,
SF - sof foyda;
DS - foydadan toʼlanadigan soliq;
BS - boshqa soliqlar va toʼlovlar.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi 21-son BHMS «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʼjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qoʼllash boʼyicha Yoʼriqnoma»ning 5-qism 9-boʼlimida keltirilgan schetlarda hisobga olinadi.
Oʼzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti 21-sonli BHMS «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliya-xoʼjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi» 6 qism, 9 boʼlim va 249 ta balans schyoti, 50 ta tranzit schyot va 16 balansdan tashqari schyotdan iborat boʼlib, hammasi boʼlib 315 ta schyotni tashkil qiladi. Korxonaning moliyaviy natijasini shakllanishi va ishlatilishi uchun 21-sonli BHMSning 5-qism 8-boʼlimidagi 9000-9900 “Daromad va xarajat” schyotlari ishlatiladi.
Daromad va xarajat schyotlari tranzit schyotlari boʼlib, yil davomida ishlatiladi. Hisobot yakunida tegishli schyotlar hisobiga yopilib, qoldiq qolmaydi.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi hisobi quyidagi schyotlarda yoritiladi:
9000 - Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9100 - Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar;
9200 - Аsosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar;
9300 - Аsosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9400 - Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 - Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 - Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
9700 - Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar;
9800 - Soliqlar va boshqa majburiy toʼlovlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
9900 - Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz va boshqa toʼlovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.
9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 «Tovarlarni sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar» schyotlarining kreditida fermer xoʼjaligining asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish)dan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʼlgan daromad summalari 6230 «Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida ushbu schetlar yakuniy moliyaviy natijalarga olib boriladi.
9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʼljallangan. 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetida fermer xoʼjaligining xarajat (zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Har bir hisobot davri oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debeti va krediti boʼyicha aylanmalar yigʼiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu schyot boʼyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)» schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliyaviy natijalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardir:
moliyaviy natijalarning shakllanishi toʼgʼri ekanligini oʼrganish;
olingan foyda miqdorini har oyda hamda yil boshidan oʼz vaqtida va toʼgʼri hisob-kitob qilish;
moliyaviy natijalarni oldindan bashorat qilgan holda zarar koʼrmaslik yoʼllarini ishlab chiqish;
moliyaviy natijalar bilan bogʼliq operatsiyalarni va ularning taqsimlanishini buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida va tegishli registrlarda toʼgʼri aks ettirish.
Ushbu boʼlimning schyotlari hisobot davridagi korxona faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʼljallangan.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom va Oʼzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari bilan tartibga solinadi.
Ushbu boʼlimda quyidagi schyotlarning hisob tartibi yoritiladi:
9000 - Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9100 - Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar;
9200 - Аsosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar;
9300 - Аsosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9400 - Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9500 - Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar;
9600 - Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar;
9700 - Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar;
9800 - Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar;
9900 - Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi schyotlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz va boshqa toʼlovlar olinadigan schyotlar yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlarning debetida va byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.

2. Аsosiy (operatsion) faoliyat daromadi va boshqa daromadlar


hisobi

Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va koʼrsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar koʼrsatish)dan daromadlar olinadigan schyotlar va pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʼlgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar” schyotlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatishdan daromadlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyoti sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun moʼljallangan. Bu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, tegishli: pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan - xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlarning qiymati; olinadigan schyotlar bilan - qaytarilgan tovarlar boʼyicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi; toʼlanadigan schyotlar bilan - mazkur tovarlar uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan toʼlovlar va boʼnaklar boʼyicha vujudga kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qoʼshilgan qiymat soligʼi, aktsiz soligʼi boʼyicha byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debeti va pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi tegishli schyotlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli schyotlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyoti shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun moʼljallangan. Ushbu schyot asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) guruhiga kontr-passiv schyot hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat koʼrsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi
Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar (9000) boʼyicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlarning har bir turi boʼyicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va korxonani boshqarish uchun zarur boʼlgan boshqa segmentlar boʼyicha yuritish mumkin.

Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Joʼnatilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlar (QQS, aktsizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga 4010, 4020 9010, 9020, 9030
2 Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish 5010, 5020 9010, 9020, 9030
3 Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotildi 4790 9010, 9020, 9030
4 Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan toʼlandi 6610 9010, 9020, 9030
5 Vositachilik operatsiyalari boʼyicha komission mukofotlar summasi 4010 9010
6 Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar shoʼʼba va qaram xoʼjalik jamiyatlariga sotildi 4120 9010, 9020, 9030
7 Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli boʼlgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritildi 6230 9010, 9020, 9030
8 Sotilgan tovarlarning qaytishi 9040 4010
9 Sotishdan va narxdan chegirmalar berish 9050 4010
10 Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi” schyotini yopilishi 9010, 9020 9040
11 Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotini yopilishi 9010, 9020,9030 9050
12 Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9010, 9020. 9030 9910
Аsosiy faoliyatning boshqa daromadlari toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9310 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “Oʼtgan yillar foydalari”;
9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
9370 “Xizmat koʼrsatuvchi xoʼjaliklar daromadlari”;
9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”;
9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Xoʼjalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplash boʼyicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” schyotining kreditida pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrida aniqlangan oʼtgan yillar foydalari 9340 “Oʼtgan yillar foydalari” schyotining kreditida pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar yoki tegishli olinadigan schyotlarning debeti bilan bogʼlangan holda aks ettriladi.
Mulkni qisqa muddatli ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Qisqa muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4820 “Qisqa muddatli ijara boʼyicha olinadigan toʼlovlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Daʼvo muddati oʼtib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chikarishdan daromadlar” schyotining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
9370 “Xizmat koʼrsatuvchi xoʼjaliklar daromadlari” schyotida shu korxonaning asosiy faoliyati boʼyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʼrsatish bilan bogʼliq boʼlmagan daromadlar hisobga olinadi. Bularga korxona balansida boʼlgan sogʼliqni saqlash obʼektlari, bolalar bogʼchalari, uy joy komunal xoʼjaligi, madaniyat va sport obʼektlaridan olingan daromadlar kiradi.
Pul mablagʼlari va pul ekvivalentlari koʼrinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” schyotining kreditida pul mablagʼlari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schetlar yoki olinadigan schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

Аsosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda 9210 9310
2 Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda 9220 9320
3 Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa korxonalarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi 4860 9330
4 Hisobot davrida aniqlangan oʼtgan yillar foydalari 4010 9340
5 Qisqa muddatli ijara shartnomasi boʼyicha ijara toʼlovlari summasi 4820 9350
6 Daʼvo muddati oʼtishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish 6010 9360
7 Kreditor qarzlar va hokazolarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 6910-6990 9360
8 Kamomadlar boʼyicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borildi 4730 9370
9 Tekinga olingan pul mablagʼlari 5110-5530 9380
10 Аsosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʼrsatuvchi xoʼjaliklardagi, umumishlabchiqarish omborlaridagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilindi 2010, 2310, 2510, 2710 9390
11 Ilgari hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar Olinadigan schetlar 9390
12 Mulk sugʼurtasi boʼyicha sugʼurta tashkilotlaridan kelib tushgan sugʼurta toʼlovlari 4510 9390
13 Shubhali qarzlar boʼyicha sarflanmagan zaxira summasining ushbu zahira tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qoʼshilishi 4910 9390
14 Ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi 2810-2890, 2910-2990 9390
15 Tugallanmagan qurilishdagi ortiqchalar 0810-0890 9390
16 Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan boʼnak summalarining hisobdan chiqarilishi 6310-6390 9390
17 Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9310-9390 9910

Аsosiy vositalar va boshqa aktivlarning


chiqib ketishi hisobi

Korxonaga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha berish, aniqlangan kamomad yoki yoʼqotish) toʼgʼrisidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi”;
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining debeti boʼyicha chiqib ketgan asosiy vosita obʼektlarining boshlangʼich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʼliq boʼlgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga asosiy vositalar obʼektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin boʼlgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar obʼektlari boʼyicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Аsosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining kreditida olinadigan schyotlar va pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʼyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, ushbu schyot boʼyicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi. Аsosiy vositalar obʼektlarini uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha berish natijasida 9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli boʼlgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) schyotiga hisobdan chiqariladi.
Аsosiy vositalar obʼektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyotining krediti boʼyicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʼqotishlar” schyoti bilan bogʼlangan holda hisobdan chiqariladi. Аniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yoʼqotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash boʼyicha xodimlarning qarzi” schyotining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʼqotishlar” schyoti bilan bogʼlangan holda olib boriladi.
9210 “Аsosiy vositalarning chiqib ketishi” schyoti boʼyicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar obʼektlari boʼyicha alohida yuritiladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining debetida chiqib ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek shu bilan bogʼliq amalga oshirilgan xarajatalar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, yaʼni sotilgan mulk uchun korxonaga tegishli boʼlgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar obʼektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyotining kreditiga shuningdek, ushbu obʼektlar boʼyicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli schyotlar (0500) bilan bogʼlangan holda, hisobdan chiqariladi.
Ushbu schyot boʼyicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyotiga hisobdan chiqariladi.

Аsosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha berish, kamomad yoki yoʼqolishini aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar obʼektlarining boshlangʼich qiymatini hisobdan chiqarish 9210 0110-0190
2 Chiqib ketayotgan asosiy vositalar boʼyicha eskirish 0210-0290 9210
3 Аsosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʼliq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi 9210 2310
4 Аsosiy vositalarning chiqib ketishi boʼyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi 9210 6710
5 Аsosiy vositalarning chiqib ketishi boʼyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sugʼurta ajratmalari amalga oshirildi 9210 6520
6 Аsosiy vositalarning chiqib ketishida koʼrsatilgan xizmatlar uchun boshqa korxonalarga boʼlgan qarz 9210 6990
7 Аsosiy vositalar obʼektlarini uzoq muddatli ijaraga berish natijasida hosil boʼlgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi 9210 6230, 7230
8 Mavjud asosiy vositalar obʼektlari uzoq muddatli ijarasining toʼliq muddati davomida olinadigan ijara toʼlovlari summasi (ijaraga beruvchida) 0920 9210
9 Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi 1010-1090 9210
10 Аsosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar boʼyicha) 5110 9210
11 Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi 4010 9210
12 Shoʼʼba va qaram xoʼjalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi 4120 9210
13 Аsosiy vositalarning chiqib ketishi boʼyicha muomalalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:
a) foyda
b) zarar 9210
9430 9310
9210
14 Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan chiqarish, tekinga berish va hokazo) 9220 0410-0490
15 Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi 4010 9220
16. Nomoddiy va boshqa aktivlar shoʼʼba va qaram xoʼjalik jamiyatlariga sotildi 4120 9220
17 Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi 9220 1010-1090
18 Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi 9220 1610
19 Oʼstirishda va boquvda boʼlgan hayvonlarning chetga chiqarilishi 9220 1110, 1120
20 Qimmatli qogʼozlarni sotish 9220 0610, 5810
21 Korxona tomonidan chet el valyutasini sotish kunidagi kursi boʼyicha qayta hisoblash orqali sotish 5110, 5510-5530 9220
22 Chet el valyutasini sotish bilan bogʼliq xarajatlar 9220 5110-5530
23 Boshqa aktivlarni sotishdan tushum valyuta va hisob-kitob schyotlariga kelib tushdi 5110, 5210 9220
24 Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʼyicha sotishda chet el valyutasini hisobdan chiqarish 9220 5210-5220
25 Boshqa aktivlarning chiqib ketishi boʼyicha muomalalarning moliyaviy natijasini aniqlash:
a) foyda
b) zarar 9220
9430 9320
9220

3. Moliyaviy faoliyat daromadlari va favqulodda foyda (zarar)lar hisobi


Moliyaviy faoliyat daromadlari toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti koʼrinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar koʼrinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar koʼrinishidagi daromadlar”;
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar”;
9560 “Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.

Royalti koʼrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

Oʼzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli boʼlgan aktsiyalar boʼyicha dividendlar va obligatsiya va boshqa qimmatli qogʼozlardan daromadlar 9520 “Dividendlar koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʼyicha foizlar koʼrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʼrinishidagi daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” schyoti bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotida balansning valyuta moddalari boʼyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʼyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” schyotiga oʼtkaziladi.

Mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Uzoq muddatli ijaradan daromadlar” schyotining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʼozlarni qayta baholashdan daromadlar” schyotining kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.

9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” schyotida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.

Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi
T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Royalti boʼyicha olinadigan summalar 4850 9510
2 Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli boʼlgan aktsiya va boshqa qimmatli qogʼozlar boʼyicha dividendlar 4840 9520
3 Qarz majburiyatlari boʼyicha foizlar 4830 9530
4 Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari Pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar 9540
5 Uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha hisoblangan foizlar summasi 4830 9550
6 Qimmatli qogʼozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi) 0610, 5810 9560
7 Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9510-9590 9910
Favqulodda foyda (zarar)lar hisobi
Korxonaning odatiy xoʼjalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi xodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy boʼlmagan zarar va yoʼqotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi schyotlarda yuritiladi:
9710 “Favquloddagi foydalar”;
9720 “Favquloddagi zararlar”.

Favqulodda xodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining kreditida TMZni hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.


Favqulodda xodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotlari boʼyicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari boʼyicha yuritiladi.

Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi schyotlar (9700) korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Favqulodda xodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilindi 0710-0720, 1010-1090, 2910-2990 9710
2 Tabiiy ofatdan keyin oʼtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi 9720 0710-0720
3 Tabiiy ofat tufayli yoʼqotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarildi 9720 1010-1090, 1110-1120
4 Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʼqotishlar 9720 2010, 2110, 2310
5 Xizmat koʼrsatuvchi xoʼjaliklarning tabiiy ofatdan koʼrgan zarari hisobdan chiqarildi 9720 2720
6 Tabiiy ofatlar natijasida tayyor mahsulot, tovarlarning yoʼqotilishi 9720 2810-2890, 2910-2990
7 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining yopilishi 9710 9910
8 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining yopilishi 9910 9720

4. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning


tannarxi hisobi
Sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʼrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”;
9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”;
9130 “Bajarilgan ish va koʼrsatilgan xizmatlarning tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish”;
9150 “Davriy hisobda TMZ boʼyicha tuzatishlar”.
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʼrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettriladi.
Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʼrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan yopiladi.
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qoʼllaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʼliq.
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʼllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda toʼplanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotida yigʼiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan soʼng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ boʼyicha tuzatishlar” schyoti - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZni mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik schyot. Koʼrsatilgan schyotning debeti boʼyicha TMZning kamayishi, krediti boʼyicha TMZning oʼsishi TMZni hisobga oluvchi schyotlar (1000-2900) bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda TMZ boʼyicha tuzatishlar” schyotining qoldigʼi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotiga oʼtkazilishi orqali yopiladi.

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning bogʼlanishi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi 9110 2810 - 2830
2 Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi 9110 1110, 1120
3 Sotilgan oʼzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi 9110 2110
4 Sotilgan tovarlarning tannarxi 9120 2910-2990
5 Аsosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatuvchi xoʼjalik sexlarining bajargan ishlari va koʼrsatgan xizmatlarining tannarxi 9130 2010, 2310, 2710
6 Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida) 9140 6010
7 Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari boʼyicha TMZ schyotlari boʼyicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:
a) asosiy moddiy zaxiralar:
zaxiralarning oʼsishi
zaxiralarning kamayishi
b) tugallanmagan ishlab chikarish:
oʼsish
kamayish
v) tayyor mahsulot:
zaxiralarning oʼsishi
zaxiralarning kamayishi
g) tovarlar:
zaxiralarning oʼsishi
zaxiralarning kamayishi 1010-1090
9150

2010
9150

2810
9150

2910-2990


9150 9150
1010-1090

9150
2010

9150
2810

9150
2910-2990


8 Hisobot davrining oxirida 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish / xarid qilish” schyotining yopilishi 9910 9140
9 Hisobot davri oxirida 9150 “Davriy hisobda TMZ boʼyicha tuzatishlar” schyotining yopilishi 9910
(9150) 9150
(9910)
10 Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi 9910 9110, 9120, 9130

5. Davr xarajatlari hisobi


Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʼliq boʼlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”;
9420 “Maʼmuriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari”.
Davr xarajatlarining tarkibi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
9410 “Sotish xarajatlari” schyotida mahsulotni sotish boʼyicha xarajatlar, yaʼni mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʼliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʼullanuvchi xodimlar va boʼlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettirildai. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyotida korxonani boshqarish boʼyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari, umumboshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʼjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʼlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʼlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʼbatlantirish ahamiyatiga molik toʼlovlar, bank va depozitariya xizmatlarining toʼlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa opertsion faoliyat jaryonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʼlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa opertsion xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyotida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 2.4. boʼlimida keltirilgan kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9440 “Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi. Ushbu schyotda hisobot davri davomida yigʼilgan xarajatlar toʼgʼrisidagi axborot balansdan tashqari 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar” schyotining debetiga yoziladi.

Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar


korrespondentsiyasi
T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Mahsulotlarni joʼnatish boʼyicha transport xarajatlari 9410 6990
2 Chetdan reklama va marketing xizmatlari 9410 6010
3 Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi 9410 0210-0299
4 Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi 9410 0510-0590
5 Boshqaruv xodimlarining mehnat haqi xarajatlari 9420 6710
6 Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi 9420 0210-0299
7 Boshqaruv binosining ijara toʼlovi 9420 6910
8 Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflandi 9420 1010-1090
9 Transport korxonalarining xizmati 9420 6010
10 Xizmat safarlari va vakillik xarajatlari 9420 4220, 4230
11 Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar 9420 6120
12 Bank va auditorlik xizmatlari uchun toʼlovlar 9430 6990
13 Аsosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar 9430 9210, 9220
14 Аybdor shaxsni aniqlash imkoni boʼlmagan holdagi kamomadlar va yoʼqotishlar 9430 5910
15 Shubhali qarzlar boʼyicha zaxira hisoblandi 9430 4910
16 Soliq idoralari qaroriga koʼra jarima hisoblandi 9430 6410
17 Korxona balansida boʼlgan oliy oʼquv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar 9430 6110
18 Korxona xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yoʼllanmalar toʼlandi 9430 5110-5530
19 Bekor qilingan buyurtmalar boʼyicha xarajatlar hisobdan chiqarildi 9430 2010
20 Oʼtgan yillar muomalalaridan koʼrilgan zararlar 9430 Olinadigan schyotlar
21 Xoʼjalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar 9430 6960
22 Mahalliy transportdan foydalanish uchun yoʼl hujjatlari toʼlandi 9430 5110-5530
23 TMZning sotilishi boʼyicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarildi 9430 3190
24 Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun moʼljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) ommaviy yoki seriyali ishlab chiqarishga moʼljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʼzlashtirishga xizmat koʼrsatishda;
v) qazib olish tarmoqlarida tayyorgarlik ishlarida. 9440 0210-0299, 0510-0590
25 Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9410-9440

6.Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlari hisobi

Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlar toʼgʼrisidagi axbrotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
9610 “Foizlar koʼrinishidagi xarajatlar”;
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630 “Qimmatli qogʼozlarni chiqarish va tarqatish boʼyicha xarajatlar”;
9690 “Moliyaviy faoliyat boʼyicha boshqa xarajatlar”.
Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, uzoq muddatli ijara boʼyicha foizlar va boshqa foiz toʼlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʼrinishidagi xarajatlar” schyotining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotida salbiy kurs farqi va balansning valyuta moddalariga doir operatsiyalar boʼyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʼyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” schyotining debetida pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schetlar, olinadigan schetlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Qimmatli qogʼozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʼliq xarajatlar 9630 “Qimmatli qogʼozlarni chiqarish va tarqatish boʼyicha xarajatlari” schyotining debetida majburiyatlar va pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
9690 “Moliyaviy faoliyat boʼyicha boshqa xarajatlar” schyotida moliyaviy faoliyat boʼyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.

Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1. Kreditlar va qarzlar boʼyicha foizlar hisoblandi 9610 6920
2. Аsosiy vositalarning uzoq muddatli ijara shartnomasi boʼyicha foizlar hisoblandi 9610 6920
3. Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs farqlari Pul mablagʼlarini hisobga oluvchi schyotlar, olinadigan schyotlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar va boshqalar 3290
4. Qimmatli qogʼozlarga qoʼyilgan mablagʼlarni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi) natijasida koʼrilgan zararlar va h.k. 9690 0610-0690, 5810-5890
5. Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9610-9690

7. Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishi va yakuni moliyaviy natijalar hisobi

Qonunchilikda belgilangan daromad (foyda) soligʼi boʼyicha yil davomida hisoblangan boʼnak toʼlovlari va qayta hisoblash boʼyicha haqiqatda foydadan toʼlovlarni hisobga olish uchun quyidagi schyotlar moʼljallangan:
9810 “Daromad (foyda) soligʼi boʼyicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yigʼimlar boʼyicha xarajatlar”.
Yil davomida byudjetga soliqlar, yigʼimlar va byudjetga boshqa ajratmalar boʼyicha hisoblangan toʼlovlar 9810 “Daromad (foyda) soligʼi boʼyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq va yigʼimlar boʼyicha xarajatlar” schyotining debetida byudjetga toʼlovlar boʼyicha qarzlarni (turlari boʼyicha) hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʼlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Daromad (foyda) soligʼi boʼyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va yigʼimlar boʼyicha xarajatlar” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.
Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar boʼyicha analitik hisob soliqlar, yigʼimlar, ajratmalar va toʼlovlarning turlari boʼyicha yuritiladi.

Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Foydadan byudjetga toʼlovlar boʼyicha yil davomida hisoblangan summalar 9810, 9820 6410
2 Hisobot davrining oxirida soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9810, 9820
9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti hisobot yilida korxona faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʼgʼrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun moʼljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu faoliyat turlari boʼyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debetida korxonaning xarajat (zarar)lar, kreditida esa daromad (foyda)lar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʼrsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyotining debeti va krediti boʼyicha aylanmalar yigʼiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijanisini ifodalovchi ushbu schyot boʼyicha umumiy qoldiq hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” schyoti 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyoti bilan bogʼlangan holda yopiladi.

Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar korrespondentsiyasi


T/r Xoʼjalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning bogʼlanishi
Debet Kredit
1 Аsosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9010, 9020, 9030 9910
2 Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9110- 9150
3 Аsosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9310-9390 9910
4 Davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9410-9440
5 Moliyaviy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9510-9590 9910
6 Moliyaviy faoliyat boʼyicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9610-9690
7 9710 “Favquloddagi foydalar” schyotining yopilishi 9710 9910
8 9720 “Favquloddagi zararlar” schyotining yopilishi 9910 9720
9 Soliqlar va yigʼimlarni toʼlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlarning yopilishi 9910 9810-9820
10 Hisobot yilining sof foydasi 9910 8710
11 Hisobot yilining sof zarari 8710 9910


Download 38,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish