Andijon mashinasozlik instituti
Transport va logistika fakulteti
Transport logistika yo’nalishi
2-kurs 32-20 guruh talabasi
Turg’unboyev SHERzodbekning
Yo’nalishga kirish fanidan tayyorlagan
taqdimoti
Logistikada tizim tushunchasi va ularning turlari Reja: - Logistika tizimi samaradorligi va uning konsepsiyalari
- Xizmat sohalari va ularning ta’rifi
- Logistika tizimi faoliyat yuritishini baholash
- Logistika tizimining marketing bilan bog‘liqligi
Logistika tizimi samaradorligi va uning konsepsiyalari - Logistikaning maqsadi - eng kam mehnat va moddiy xarajatlar bilan yuklarni aynan vaqtida etkazib berish. Materiallar, xomashyo va tayyor mahsulotlarni aynan vaqtida etkazib berish butun iqtisodiy tizimning ishlab turishiga qulay sharoit yaratadi, korxonalar omborlaridagi zaxiralar miqdorini ancha kamaytirish imkonini beradi.
- Logistika to‘liq darajada iste’molchiga xizmat qiladi. SHuning uchun logistika doirasida tarqatish va sotish vazifalari faqat bir vaqtda 6 shart mavjudligida amalga oshadi. Bu shartlar - yuk, sifat, miqdor, vaqt, xarajatlar va etkazish joyi.
Logistika tizimining tuzilishi va ishlash asosining eng muhim konseptual vaziyatlari: tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish, bu vazifa logistika tizimi har bir qismining bir - biriga bog‘liqligida va birgalikdagi harakatida namoyon bo‘ladi; ishlab chiqarish va transport tizimlarining umumiy, yaxlit texnologik jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish; asbob - uskunalarning ayrim turlarini yaratish asosida ishlab chiqarish; ombor xo‘jaligi va ishlab chiqarish - transport tizimlariga o‘tish yuqorida aytib o‘tilgan tamoyilning ifodasi bo‘lishi mumkin. - Logistika tizimining tuzilishi va ishlash asosining eng muhim konseptual vaziyatlari: tizimli yondashish tamoyilini amalga oshirish, bu vazifa logistika tizimi har bir qismining bir - biriga bog‘liqligida va birgalikdagi harakatida namoyon bo‘ladi; ishlab chiqarish va transport tizimlarining umumiy, yaxlit texnologik jarayonini ishlab chiqish va amalga oshirish; asbob - uskunalarning ayrim turlarini yaratish asosida ishlab chiqarish; ombor xo‘jaligi va ishlab chiqarish - transport tizimlariga o‘tish yuqorida aytib o‘tilgan tamoyilning ifodasi bo‘lishi mumkin.
- Hozirgi sharoitda zamonaviy logistika texnologik va yuk ko‘tarish, tashish asbob-uskunalariga bo‘lgan talablarni individuallashtirilayapti, bu har bir uskunani har bir aniq sharoitga to‘liq moslashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |