Moliyaviy natijalar hisobi ma’ruza rejasi


“Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”



Download 58,14 Kb.
bet3/18
Sana25.04.2022
Hajmi58,14 Kb.
#580273
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
72-73-74-75

9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik schѐt asosan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. Schѐtning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad yil maboynida to‘planib boradi, bunda tovarlarni sotish usuliga qarab 5010 ―Kassa‖ schѐti, 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schѐtlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schѐtlar‖, 4120 ―Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schѐtlar‖ va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schѐtlar debetlanadi. Yil maboynida 9020 ― Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar‖ schѐti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.

  • 9030 “Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” - bu passiv va vaqtinchalik schѐt asosan qurilish tashkilotlari va xizmat sohasi korxonalarida, shuningdek asosiy faoliyatidan tashqari ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa turdagi korxonalarda ishlatiladi. Schѐtning kreditida bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromad yil maboynida ularga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planib boradi. Ish va xizmatlarni sotish usullariga qarab 5010 ―Kassa‖ schѐti, 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schѐtlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schѐtlar‖, 4120 ―Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schѐtlar‖ va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schѐtlar debetlanadi. Yil maboynida 9030 ― Bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar‖ schѐti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.

    Sotilgan mahsulotlar, tovarlar , ish va xizmatlar turli sabablarga ko‘ra korxonaga qaytarilishi mumkin. Bunday holda qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarning qiymati maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9040 ― Sotilgan tovarlarni qaytarilishi‖ schѐtining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 5010 ―Kassa‖,4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schѐtlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schѐtlar‖, 4120 ―Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schѐtlar‖ va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schѐtlar kreditlanadi. 9040― Sotilgan tovarlarni qaytarilishi‖ schѐtining debetida to‘plangan summa mos ravishda 9010 ―Tayѐr mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar‖, 9020 ―Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar‖, 9030 ―Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar‖ schѐtlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schѐt ѐpiladi. Qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha sotish tannarxi va sotishdan olingan QQS summasini aks ettiruvchi schѐtlarga ham tuzatishlar qilinadi.
    Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda xaridorlar va buyurtmachilarga tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra turli miqdorda chegirmalar ham berilishi mumkin. Bunday chegirmalar summasi maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9050 ― Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar‖ schѐtining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 4010 ―Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schѐtlar‖, 4110 ―Maxsus ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schѐtlar‖, 4120 ―Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan schѐtlar‖ va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schѐtlar kreditlanadi.
    9050 ―Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar‖ schѐtining debetida to‘plangan summa mos ravishda 9010 ―Tayѐr mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar‖, 9020 ―Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar‖, 9030 ―Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar‖ schѐtlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schѐt ѐpiladi. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishda berilgan chegirmalar summasi sotishdan olingan daromadlar summasini kamaytiradi.
    Korxonalar daromadlarining analitik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarning sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha olib boriladi. Asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarning hisobi. 21-son BHMSga muvofiq asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlar quyidagi schѐtlarda hisobga olinadi:
    9310 “Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda” –bu passiv va vaqtinchalik schѐtda korxonalar o‘zlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Schѐtning kreditida olingan foyda yil maboynida to‘planib boradi. Ushbu foyda asosiy vositalarning sotish (berish ) qiymatidan ularning qoldiq qiymatini va sotishdan olingan QQS summasini ayirgandan qolgan summadan iborat bo‘ladi. Masalan, boshlang‘ich qiymati 500000 so‘mlik, jamlangan eskirish qiymati 300000 so‘mlik kompyuter 440000 so‘mga sotildi deylik. Sotishdan olingan QQS summasi ushbu holda 40000 sumni ((440000 – 200000) *20/120), sotishdan olingan foyda summasi esa – 200000 sumni
    ( 440000-200000-40000) tashkil qiladi. Ushbu foyda summasi debet
    9210 ―Asosiy vositalarning chiqimi‖ schetda va kredit 9310 ― Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda‖schѐtida aks ettiriladi. Yil yakunida ushbu 9310- schѐtning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 ― Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining kreditiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish