9440 “Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schѐtning debetida yil maboynida korxonani kelgusi faoliyatini rivojlantirishga sarflangan davr xarajatlari (yangi ishlab chiqarishni va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishga, boshqaruv tizimini yaxshilashga sarflangan va boshqa shu kabi operatsion xarajatlar) aks ettiriladi. Ushbu schѐtda aks ettiriladigan xarajatlarning aniq turlari va tarkibi «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom»ning «Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari» nomli 2- ilovasida to‘lig‘icha keltirilgan. Ushbu turdagi davr xarajatlari soliq qonunchiligiga ko‘ra kelgusi 10 yil ichida bir maromda soliq bazasidan maxsus hisob-kitob asosida chiqarib boriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schѐtning debetida va bu xarajatlarni ifodalovchi schѐtlarning kreditida (1000, 5110, 5010, 6010, 6710, 6520, 6990 va boshqa schѐtlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9440- schѐtning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi. Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlarini o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar maxsus balansdan tashqari 012 ― Kelgusida soliq bazasidan chegiriladigan hisobot davr xarajatlari‖ schѐtida belgilangan muddat ichida aks ettirilib boriladi.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarning hisobi. 21-son BHMS ga muvofiq korxonalarning moliyaviy faoliyatga doir xarajatlarining hisobi quyidagi schѐtlarda olib boriladi:
9610 “Foiz ko‘rinishidagi xarajatlari”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schѐtning debetida yil maboynida olingan qarzlar va kreditlarga doir hisoblangan xarajatlar, shuningdek uzoq muddatli ijara uchun to‘lovlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schѐtning debetida va 6920 ―Hisoblangan foizlar‖ schѐtining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9610- schѐtning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi. 9620 “Valyuta kurs farqlaridan ko‘rilgan zararlar”- ushbu aktiv, vaqtinchalik (tranzit) schѐtning debetida yil maboynida balansning valyuta moddalarini ifodalovchi schѐtlarga doir operatsiyalar bo‘yicha kurslar o‘rtasidagi salbiy farqlardan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Xarajatlarning aniq turlari ushbu schѐtning debetida va bu zararlarni ifodalovchi schѐtlarning kreditida (4010,4310,5020,5210,5220,6010,6310 va boshqa schѐtlar) aks ettiriladi. Yil oxirida 9620- schѐtning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 9900 ―Oxirgi moliyaviy natija‖ schetining debetiga ѐziladi va shu asosda u ѐpiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |