Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha muddati uzaytirilgan xarajatlar. Ushbu xarajatlar vaqtinchalik farqlar evaziga hisobot davrida qo‘shimcha hisoblanadigan daromad(foyda) solig‘ini oldindan hisoblash natijasida yuzaga keladi. Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i bir necha yillar uchun ѐki kelgusi yil uchun oldindan hisoblanishi mumkin. Bunday soliq vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i deb ataladi. Oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i hisobot davrida korxonaning budjet oldidagi qarzini oshishiga olib keladi. Bir yildan ko‘p muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 0950 ―Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i‖ schѐtining debetiga va 6410 ―Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar‖ schѐtining kreditiga ѐziladi. Bir yilgacha muddatga oldindan hisoblangan daromad (foyda) solig‘i 3210 ― Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i‖ schѐtining debetiga va 6410 ―Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar‖ schѐtining kreditiga ѐziladi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘ining kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0950- schѐtdan 3210 ― Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i‖ schѐtining debetiga o‘tqaziladi. Muddati uzaytirilgan daromad (foyda ) solig‘i summasi to‘lov muddati yetib kelgan davrda budjet oldidagi qarzlarni kamaytirishga olib boriladi. Bunday kamaytirish 6410 ―Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar‖ schѐtining debetiga va 3210 ―Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad(foyda) solig‘i‖ schѐtining kreditiga ѐziladi. 3210 ― Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i‖ schѐtining debet qoldiq summasi kelgusi yil boshiga budjet oldidagi qarzni kechiktirilgan daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha kamaytirilishi kerak bo‘lgan summasini ko‘rsatadi.
Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha muddati uzaytirilgan xarajatlar.Bunday xarajatlar obligatsiyalarni chiqarib ularni nominal qiymatidan past narxlarda sotgan korxonalarda vujudga keladi. Obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxlarda bir yildan ortiq va undan kam muddatlarda qaytirish sharti bilan sotgan korxonalarda berilgan chegirma summasi mos ravishda 0960 ―Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar‖ va 3220 ―Diskontlar (chegirmalar) bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar‖ schѐtlarida aks ettiriladi. Bunda mos ravishda 7830 ―Uzoq muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar‖ va 6830 ―Qisqa muddatli to‘lanadigan obligatsiyalar‖ schѐtlari kreditlanadi. Har yilning oxirida uzoq muddatga kechiktirilgan diskont (chegirmalar)ning kelgusi joriy yilga tegishli bo‘lgan summasi 0960- schѐtdan 3220- schѐtning debetiga o‘tqaziladi. Obligatsiyalarni qaytarish muddati kelgach, ular bo‘yicha xaridorga berilgan diskont (chegirma) summasi 3220- schѐtdan hisobot yilning moliyaviy faoliyatiga doir xarajatlarga, ya’ni 9610 ―Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar‖ schѐtiga, o‘tqaziladi. 0960 va 3220- schѐtlarning davr oxiridagi qoldig‘i kelgusida moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga olib boriladigan muddati uzaytirilgan xarajatlarning summasini ifodalaydi.