1.2.
O`zbekiston Respublikasi G’aznachiligining budjet mablag’laridan
samarali foydalanish va tartibga solishdagi o'ziga xos o'rni.
O'zbekiston
Respublikasida
iqtisodiyotni
erkinlashtirish
va
modernizatsiyalash sharoitida davlat moliyasi tizimida chuqur iqtisodiy
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda,
davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirishni nazarda tutadi. Bunda
davlat moliyasini boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish, fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlari, elektron hisoblash mashinalari va boshqa texnik
vositalar yordamida axborotni jamlash, qayta ishlash, uzatish qoidalari va
usullarini o'zlashtirish asosida axborotlashtirishni yanada rivojlantirish talab
etiladi.
Davlat moliyasini boshqarishdagi islohotlar sharoitida umumdavlat moliya
tizimining bosh bo'g’ini - davlat budjetini boshqarish, budjet jarayonini tashkil
etish tizimidagi islohotlar, xususan budjet ijrosida kassali tizimdan jahon
amaliyotida sinalgan va o'zining ijobiy natijalarini bergan davlat budjetining
g’azna ijrosiga o'tish amalga oshirilmoqda.
Jahon tajribasida davlat budjeti ijrosining bir nechta shakllari amal qiladi:
Davlat budjetining kassaviy ijrosi;
Davlat budjetining g’azna ijrosi;
Davlat budjeti ijrosining aralash tizimi.
Davlat budjetining kassaviy ijrosi amalda bo’lgan sharoitda Markaziy
bank va uning topshirig’iga muvofiq tijorat banklari davlat budjetining kassa
ijrosini amalga oshiradilar. Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish,
shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish (g’azna
ijrosiga o’tmasdan oldingi tizimda) O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki
tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda amalga
oshirilar edi.
Lekin, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida budjet ijrosida bank tizimidan
foydalanish bir qator muammolarni keltirib chiqardi:
21
budjet daromadlari va xarajatlari to'g’risidagi axborotlarning yetarli
darajada operativ (tezkor) emasligi;
daromadlarning
bank
hisobraqamlariga
tushishi
va
budjetning
hisobraqamlarida aks ettirilishidagi uzilishlarning mavjudligi bois budjet
resurslarini boshqarishdagi tezkorlikning sustligi;
Soliq daromadlarining budjet tizimi bo'g’inlari o'rtasida taqsimlanish
jarayonlarini samarali tartibga solish va daromadlar tushumini
jadallashtirishning zarurligi;
budjet ajratmalarining hajmlari bilan haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar
summalari ko'rsatkichlarining tarqoqligi tufayli mablag’larning tushumi
va sarflanishi ustidan yagona nazoratning murakkablashuvi;
budjet
tashkilotlarining
hisobraqamlarida
ishlatilmayotgan
budjet
mablag’larining turib qolishi;
budjet mablag’larining ajratilishi bilan ularning so'nggi iste'molchilarga
yetib borishigacha bo'lgan vaqtning uzoqligi;
Sanab o'tilgan holatlar davlat budjetining kassaviy ijrosidan g’azna
ijrosiga o'tishning zarurligini belgilab berdi.
G’aznachilikda davlat budjeti mablag’larini boshqarish shundan iborat
bo'ladiki, g’aznachilik yagona g’azna hisobraqamidan va g’aznachilikning
boshqa bank hisobraqamlaridagi davlat budjeti mablag’larini, davlat budjetining
xarajatlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun yo'naltirish,
shuningdek, davlat budjeti bo'sh mablag’larini bank depozitlari va boshqa
aktivlarini vaqtincha joylashtirish hamda ular hisobidan respublika budjetiga,
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetiga, mahalliy budjetga, shuningdek, davlat
maqsadli jamg’armalariga budjet ssudalari berish yo'li bilan boshqarib boradi.
G’aznachilik tomonidan dotatsiyalar va ssudalarni o'tkazish yagona g’azna
hisobraqamidan yoki g’aznachilikning boshqa bank hisobraqamlaridan davlat
budjetida mablag’lar ajratish nazarda tutilgan yuridik va jismoniy shaxslarning
bank hisobraqamlariga o'tkaziladi.
22
Budjetni g’aznachilik tizimi asosida ijro etishning quyidagi afzalliklari
mavjud:
qisqa fursatlarda davlatning moliyaviy resurslarining real hajmini va
uning istiqbol ko'rsatkichlarini aniqlash;
davlat moliyasining holati to'g’risidagi tezkor axborotlarni yig’ish, qayta
ishlash va tahlil qilish;
davlat budjetining ham daromadlari, ham xarajatlari qismini kassali
ijrosining har kungi detallashtirilgan monitoringini o'tkazish;
tasdiqlangan budjet mablag’lari doirasida budjet tashkilotlarini tovarlar va
xizmatlar yetkazib beruvchilar oldida majburiyatlar qabul qilish
bosqichida (shartnomalar, kontraktlar tuzish) dastlabki nazorat qilish;
moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o'z vaqtida va manzilli
moliyalashtirish bilan budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari
tomonidan suiste’mol qilish va noto'g’ri ishlatishning oldini olish
maqsadida joriy nazorat qilish;
O'zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro valyuta jamg’armasi
o'rtasida 2002 yilda imzolangan Memorandumda iqtisodiy islohotlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish ishlari bilan birgalikda davlat xarajatlarini
boshqarishni takomillashtirish masalalariga katta e'tibor qaratilgan. Ular qatorida
respublikada g’aznachilik tizimini joriy qilinishi eng muhim vazifa deb e'tirof
etilib, u hukumatimizning yaqin kelajakdagi davlat moliyasi siyosatining
negizini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish ishlari 2002-2006 yillarni qamrab oladi. Mana
shu munosabat bilan 2002 yilda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002 yil 26 apreldagi 144-sonli «Davlat moliyasini
boshqarishni isloh qilish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-
tadbirlari to'g’risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga asosan loyihani
tayyorlash va amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi qoshida
muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil qilindi va u hozirda ish olib bormoqda.
23
Loyihaning asosiy maqsadlari bu davlat moliyasini boshqarishni
takomillashtirish, Davlat budjetini tayyorlash jarayonini isloh qilish va Davlat
budjeti ijrosini g‘aznachilik shakliga o‘tish orqali budjet mablag‘larini samarali
sarflanishini ta’minlashdan iboratdir.
Davlat moliyasini boshqarish isloh qilish uchun Hukumat tomonidan
ajratilgan mablag‘lardan tashqari Jahon banki tomonidan — 14,2 mln. dollarlik
kredit, Yaponiya hukumati tomonidan — 2,8 mln. dollar, TASIS tomonidan —
2,8 mln. dollar va Islom taraqqiyot banki tomonidan — 0,2 mln. dollarlik
grantlar ajratilgan.
Respublikada davlat moliyasini isloh qilish dasturi xarajatlarni samarali
boshqarish, pul-kredit intizomini mustahkamlash va ajratmalarni oldingi
vazifalarni nazarda tutgan holda taqsimlash, budjet ijrosi va budjet nazoratini
samarali ta’minlash, uning tiniqligini oshirish va davlat mablag‘larini
ishlatganligi uchun hisobotni takomillashtirishga yo‘naltiriladi. Mazkur
maqsadlarga erishish uchun budjet ijrosi va uni tayyorlashni takomillashtirish,
shu jumladan, g‘aznachilik tizimini joriy qilish va uni barcha zaruriy jihozlar,
axborot texnologiyalari bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirildi.
G‘aznachilik tizimini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy ishlar
quyidagilardan tashkil topdi:
kelgusida budjet daromadlari va xarajatlari bo'yicha barcha operatsiyalar
turli banklarda ochilgan ko'plab budjet hisob raqamlari o'rniga Markaziy
bankda
ochiladigan
Moliya
vazirligi
g’aznasining
Yagona
hisobvaraqasiga jamlantirildi;
budjet tashkilotlari xarajatlarini hisobga olish va budjet mablag’laridan
foydalanishni nazorat qilish hamda hisobotlar tayyorlash uchun ularning
shaxsiy hisobvaraqalari g’aznachilikda ochildi;
bank o'rniga g’azna tomonidan budjet kassa ijrosini amalga oshirilishi
va budjet jarayoni barcha bosqichlari ya'ni daromad tushimi, budjet
mablag’lari ajratishdan tortib budjet ijrosi hisobotini tayyorlashgacha
bo'lgan ishlar birlashtirildi;
24
zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo'llagan
holda g’aznachilikning yagona axborot tizimi yaratildi va u banklarning
elektron to'lov tizimiga ulandi. Bu esa davlat budjeti daromadlari va
xarajatlari kassa ijrosini kunlik monitoringini ta'minladi hamda barcha
darajadagi budjetlar ahvoli haqida ma'lumotlarni tezkor yig’ish, qayta
ishlash va tahlil qilishni ta'minlandi. Mamlakatimizda tasdiqlangan loyiha
asosida g’aznachilik tizimini joriy qilish ishlari tashkiliy-huquqiy, texnik-
iqtisodiy va kadrlarni o'qitish va qayta o'qitish ishlarini o'z ichiga oladi.
G’aznachilik tizimining tuzilmasi uch pog’onali bo'ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |