59
№
Davlat xaridlari
E'lon
(axbarot
portalida)
So'rovnoma ( elektron savdo
tizimida)
1
300 AQSH dollarigacha bo'lgan
summada
Berilishi shart
Ixtiyoriy
2
300 AQSH dollaridan 100 ming
AQSH dollarigacha teng summada
Berilishi shart
Hukumat
komissiyasi belgilagan
ro'yxat bo'yicha berilishi shart,
boshqa holda ixtiyoriy
3
100 ming AQSH dollaridan oshgan
summada
Berilishi shart
Berilmaydi
2.3 – rasm. Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon va elektron savdoda qatnashish
uchun so’rovnoma o’rtasida asosiy farq
21
Budjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan alohida mahsulotlar (ish,
xizmat) ro’yxati bo’yicha xaridlar summasi 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh
dollarigacha teng summadagi xaridlar bo’yicha tovarlarni (ish, xizmat) O’zbekiston
Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining elektron savdolari orqali sotib oladilar.
300 AQSh dollariga teng summagacha bo’lgan davlat xaridlari bo’yicha
buyurtmachini hohishiga asosan elektron savdolari orqali sotib olinishi mumkin.
300 AQSh dollariga teng summagacha bo’lgan davlat xaridlari bo’yicha
buyurtmachini xohishiga asosan elektron savdolari orqali sotib olinishi mumkin.
Budjet tashkiloti boshlang’ich bahoni (narx) internet, maxsus gazeta va jurnallar va
boshqa matbuotda chop etilgan tovar (ish, xizmat) narxlaridan
hamda respublika
ichki bozorlaridagi (korxona va firmalar) narxlardan foydalangan holda mustaqil
belgilaydilar. Budjet tashkilotlari elektron savdolarda qatnashish uchun maxsus
axborot portalida e’lon bergan kunidan boshlab 25 kun ichida O’zbekiston
Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining hisob kliring palatasida ikkinchi depozit
xisobvaraq tarzida ochilgan shaxsiy hisobvarag’iga boshlang’ich bahodan (narx)
0,05 foizi miqdorida birjaning vositachilik yig’imi sifatida avans to’lovini
amalga
oshiradi. Elektron savdolarda qatnashish uchun so’rovnoma joylashtirish uchun
xizmat to’lovlari miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Tovar xom-ashyo birjasi
21
“Budjet ijrosiga g’aznachilik tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiyamaliy
konferentsiyasi materiallaridan. T.: 2011 y. TMI
60
tomonidan Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi
bilan kelishgan holda
belgilanadi.
Moliya vazirligi G’aznachiligi va O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo
birjasining ma’lumotlar bazasini elektron bog’lash yo’li orqali budjet tashkilotlari
birja tomonidan markazlashgan tartibda avtomatik tarzda buyurtmachi sifatida
ro’yxatdan (akkreditatsiyadan) o’tkaziladi. Maxsus axborot portaliga e’lonlar
joylashtirish va elektron savdolarda qatnishish uchun so’rovnomalar kiritishga
faqatgina akkreditatsiya o’tgan buyurtmachilarga ruxsat etiladi . Budjet tashkilotlari
va agentlar o’rtasidagi munosabatlar ular o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomasiga
asosan belgilanadi. Topshiriq shartnomasida quyidagi shartlar ko’zda tutilishi lozim:
Agentlarga xizmati uchun to’lovlar;
Birjaning vositachilik xizmati;
Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlar
maxsus axborot portaliga
joylashtirganligi uchun to’lovlar;
topshiriq shartnomasida shartnoma maqsadi, hisob-kitob qilish tartibi,
buyurtmachi va agentning majburiyatlari,
tomonlarning javobgarligi,
shartnomaning amal qilish muddati va boshqa shartlar ko’rsatiladi.
Topshiriq shartnomasida summa belgilanmaydi. Budjet tashkiloti va agent
o’rtasida tuzilgan topshiriq shartnomalari asosiy shartnoma vazifasini o’taydi va ular
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalarida ro’yxatga
olinmaydi, faqatgina hisobi yuritiladi.
Birja va agentlar xizmati uchun avans to’lovlari budjet tashkiloti tomonidan
Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalariga taqdim qilingan
so’rovnomalar
asosida aniqlanadi
Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor juda katta
bo’lib, bugungi kunda ularga har tarafdan rivojlanishi uchun ko’mak berilmoqda.
Buni biz elektron savdolar orqali sotib olinadigan tovarlar (ish,xizmat) guruhi va
ularga o’rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdori to’g’risidagi quyida keltirilgan
jadvalimizda ham ko’rishimiz mumkin.(2.5. jadval)