3
Kirish.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va raqobatbardosh iqtisodiyotni qaror topdirish davrida
moliya – budjet sohasida kechayotgan islohatlar o’zining yangi sifat bosqichiga
ko’tarildi. Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganlaridek “Bizning o’z oldimizga
qo’ygan asosiy maqsadimiz – boshlagan islohatlarimiz, iqtisodiyotimizni
yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarini
davom ettirish va
chuqurlashtirish, hayotimiz darajasi va sifatini izchil oshirib borishni ta’minlash,
tenglar ichida teng bo’lib, jahon hamjamiyatiga munosib o’rin egallashdan
iboratdir”
1
Davlat
moliyasi davlatning ijtimoiy
– iqtisodiy vazifalarining
bajarilishida, davlat budjeti mablag’larini
qayta taqsimlash va bozor
infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.Ishlab chiqarilgan
moddiy ne’matlarni taqsimlash va aholiga yetkazish davlat moliya tizimi orqali
amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog’liq chora - tadbirlar
moliyalashtirish asosan, budjet mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining xarakterli tomoni shundaki,
moliyaviy resurslarning jumladan, davlatning
moliyaviy resurslarining
cheklanganidir. Vaholanki, davlat budjeti mablag’lari respublikamizda bozor
iqtisodiyotiga o’tish dasturlarini moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi.
Davlat moliyasini boshqarish doimo rivojlanishda, yangilanishda bo’lib,
yangi g’oyalar, qarashlar va yondashuvlarning paydo bo’lishi
uni yanada
boyitmoqda budjet mablag’laridan samarali foydalanish nafaqat bizning
davlatimizda balki butun dunyoda bugungi kunning eng dolzarb masalalardan
biridir.
Davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan o’zgarishlarning
markazida davlat budjetining shakllanishi va uning xarajatlaridan yanada
1
Karimov I. 2014 yil yuqori o‘sish sur’atlari
bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish,
o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. T.: O‘zbekiston. 2014 y. 30-bet.
4
samarali foydalanish, budjet taqchilligi o’sishiga ta’sir etuvchi omillarning
oldini olish, ish haqi va nafaqalarni o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash, shu bilan
birga budjet mablag’laridan foydalanish jarayonida
budjet intizomlariga rioya
etilishini va bunda budjet nazoratini kuchaytirish, qolaversa, davlat budjetining
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi samarali ahamiyatini oshirish
masalalari turadi. Shu sababli ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarb
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: