Budjetning joriy xarajatlari
- budjet xarajatlarining bir qismi bo'lib, davlat
hokimiyati organlari, mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari, budjet
tashkilotlarining joriy faoliyatini ta'minlashga davlat tomonidan boshqa
budjetlar va iqtisodiyotning ayrim tarmoqlariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar,
subvensiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko'rsatish uchun ajratiladi.
Budjetning kapital xarajatlari
- budjet xarajatlarining innovatsiya va
investitsiya faoliyatini ta'minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan
investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo'ljallangan
xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun budjet kreditlari tarzida
beriladigan mablag’lar, kapital ta'mirlashni o'tkazish xarajatlari va
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Davlat budjeti xarajatlari o'zining funksional tayinlanishiga ko'ra quyidagi
guruhlarga birlashtirilgan:
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari.
Aholini ijtimoiy himoya qilish xarajatlari.
Iqtisodiyot xarajatlari.
Markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
Davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlari.
Sud,prokuratura,huquqni muhofaza qiluvchi organlarni saqlash xarajatlari.
Vazirlar Mahkamasining zaxira fondini shakllantirish xarajatlari.
Boshqa xarajatlar.
Budjet mablag’lari davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining
bir qismidan iborat bo’lib, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarurdir.
Ular pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan
iqtisodiy munosabatlarini o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat
14
organlarining ixtiyoriga kelib tushadi. Davlat budjetining mablag’lari
mamalakat yalpi ichiki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy
jarayonining elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq xarakterga ega. Budjet
daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X Haydarovlar quydagicha o’z
fikrlarini bildirganlar: “Pul mablag’lari fondlarini shakllantirish jarayonida
vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan,
hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning
funksiyalarini bajarish uchun zarur bo’lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy
resurslarining bir qismi budjet daromadlari deyiladi”
4
Davlat budjetining mablag’lari o’zlarining manbalari, ijtimoiy - iqtisodiy
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlaring turi, mablag’larning tushish
shakli va ularni budjetga undirish metodlariga muvofiq klassifikatsiya qilinishi
mumkin.
Eng avvalo, davlat budjetining daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra
quyidagi uch guruhga bo’linadi:
5
Soliqli daromadlar
Nosoliq daromadlar
Tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari.
Respublika budjetining daromadlari quydagilardan iborat:
umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to'lovlar;
davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga
berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo'yicha
davlat mulkiga o'tgan pul mablag’lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet
ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan mablag’lar;
4
Malikov T, Haydarov N “Budjet daromadlari va xarajatlari” – T .: “Iqtisod - Moliya”, 2007 y, 9-bet.
5
Malikov T, Haydarov N. “Davlat budjeti” – T.: “Iqtisod - Moliya”, 2007y, 32-bet.
15
boshqa daromadlar
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari
quyidagilar hisobidan shakllantirilishi mumkin (“O’zbekiston Respublikasi
“Budjet Kodeksi”ning 52-moddasi):
6
qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy
soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston
Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga o’tkaziladigan
umumdavlat soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va
boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan
olingan daromadlar;
qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki
ob’ektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;
qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha
davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari;
yuqori
budjetlardan
beriladigan
budjet
dotatsiyalari,
budjet
subventsiyalari va budjet ssudalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan
qaytarilmaydigan pul tushumlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar.
Budjet daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan
oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi
va odatdagi moliyalashtirish tartibida foydalaniladi
Quydagi keltirilayotgan 1.1-rasmda davlat budjeti mablag’larining
mazmun mohiyatini ko’rishimiz mumkin.
6
O’zbekiston Respublikasi “Byudjet Kodeksi” 2013 yil 26-dekabr
16
Do'stlaringiz bilan baham: |