25
1.5 rasm. - Moliya Vazirligi G’aznachiligining asosiy vazifalari
10
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g'azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to ‘g ‘risida”gi PQ-594-son (28.02.2007) Qarori
asosida
Moliya Vazirligi G’aznachiligining asosiy
vazifalari
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, daromadlarni
turli darajadagi budjetlar
o’rtasida taqsimlash, budjetdan mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va
davlat budjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish
Davlat budjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami,
shuningdek tegishli
budjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlarini oldini olishni
ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali boshqarish
Budjet tashkilotlarining Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan
shartnomalarini, shuningdek davlat mablag’lari hisobidan kapital qurilish bo’yicha
buyurtmachilarning shartnomalari xarajatlar smetasida ko’rsatilgan summalar va
maqsadlarga qat’iy muvofiq ravishda tuzilishi ustidan qattiq nazorat o’rnatish asosida
shartnomalarni majburiy ro’yxatdan o’tkazish tartibini joriy etish orqali budjet
tashkilotlarining asossiz xarajatlarini oldini olish
Budjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik
tuzilmalarini moliyalashga
yo’naltiriladigan budjet mablag’laridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan
monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning
sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga muvofiqligini va narx – navo yechimini
nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish
Xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy
summalar doirasida Tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarining bevosita
hisob
raqamlariga budjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’I bo’yicha
to’lovlarni amalga ashirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi ustidan
ta’sirchan nazoratni ta’minlash
Davlat budjetining g’azna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, davlat
budjeti ijrosi haqida axbarot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish,
shuningdek
O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko’rsatish,
O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish
26
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g'azna ijrosi
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to 'g ‘risida”gi PQ-594-son
(28.02.2007) Qaror bilan Moliya vazirligi G'aznachiligi zimmasiga yuqoridagi
asosiy vazifalar yuklatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: