Moliyaviy hisobotning xalkaro standarti 5 Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat



Download 40,51 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi40,51 Kb.
#666284
Bog'liq
Документ Microsoft Word


Moliyaviy hisobotning xalkaro standarti 5
Sotish uchun mo'ljallangan uzoq muddatli aktivlar va davom ettirilmaydigan faoliyat
Ushbu MHXS ning maqsadi sotish uchun mo'ljallangan aktivlarni hisobga olish va davom ettirilmaydigan faoliyat to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etish va ochib berish bo'yicha
talablarni belgilashdan iboradir. Xususan, MHXS quyidagilarni talab etadi:
sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflash mezonlarini qanoatlantiradigan aktivlar balans
qiymait bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymat o'rtasidagi kamrog'ida
baholanishini va bunday aktivlar bo'yicha eskirishni hisoblash to'xtatilishini; va
sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflash mezonlarini qanoatlantiradigan aktivlar
moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda alohida tarzda taqdim etilishini va davom
ettirilmaydigan faoliyatlarning natijalari umumiy daromad to'g'risidagi hisobotda alohida
tarzda taqdim etilishini.

Qo'llash doirasi

2 Ushbu MHXS ning tasniflash va taqdim etish bo'yicha talablari tadbirkorlik sub'ektining
barcha tan olingan uzoq muddatli aktivlariga1 va barcha hisobdan chiqarish guruhlariga
nisbatan qo'llaniladi. Mazkur MHXS ning baholash talablari (4-bandda belgilangandek) barcha
tan olingan uzoq muddatli aktivlariga va barcha hisobdan chiqarish guruhlariga nisbatan
qo'llaniladi, bundan belgilangan Standartga muvofiq baholanishda davom etishi lozim bo'lgan
holda 5-bandda keltirilgan aktivlar mustasno.
3 BHXS 1 “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish» ga muvofiq uzoq muddatli sifatida
tasniflangan aktivlar ular mazkur MHXS ga muvofiq sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflanish mezonlarini qanoatlantirgunga qadar joriy aktivlar sifatida qayta
tasniflanmasligi lozim. Faqatgina qayta sotish maqsadi bilan sotib olingan holda,
tadbirkorlik sub'ekti odatda uzoq muddatli sifatida hisoblashi mumkin bo'lgan turkum
aktivlari joriy sifatida tasniflamasligi lozim, bunda ular mazkur MHXS ga muvofiq sotish
uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirmaguncha.
4 Ayrim holatlarda, tadbirkorlik sub'ekti aktivlar guruhini, ehtimol ba'zi bevosita
bog'liq majburiyatlar bilan birga, yagona operatsiyada hisobdan chiqaradi. Bunday hisobdan
chiqarish guruhi pul mablag'larini hosil qiladigan birliklar guruhi, yagona pul mablag'larini
hosil qiladigan birlik, yoki pul mablag'larini hosil qiladigan birlik qismi bo'lishi mumkin.2
Guruh tadbirkorlik sub'ektining har qanday aktivlarini va har qanday majburiyatlarini,
jumladan joriy aktivlarni, joriy majburiyatlarni va 5-band orqali mazkur MHHS ning baholash
talablaridan istisno qilingan aktivlarni, o'z ichiga olishi mumkin. Agarda mazkur MHHS ning
baholash talablari doirasidagi uzoq muddatli aktiv hisobdan chiqarish guruhining qismi bo'lsa,
mazkur MHHS ning baholash talablari butun guruhga nisbatan qo'llanilib, buning natijasida
guruh uning balans qiymati bilan sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati
o'rtasidagi

1 Likvidlilik bo'yicha taqdim etishga asosan tasniflangan aktivlar uchun, uzoq muddatli


aktivlar bular hisobot davridan so'ng o'n ikki oydan ortiq muddatda qoplanishi kutilgan
summalarni o'z ichiga oladigan aktivlardir. 3-band bunday aktivlarning tasniflanishiga
nisbatan qo'llaniladi.
2 Biroq, aktivdan yoki aktivlar guruhidan pul oqimlar ukluksiz foydalanishdan emas,
balki asosan sotuvdan yuzaga kelishi kutilsa, ular boshqa aktivlardan yuzaga keladigan pul
oqimlariga kamroq bog'liq bo'ladilar va pul mablag'larini hosil qiladigan birlikning qismi
bo'lgan hisobdan chiqarish guruhi alohida pul mablag'larini hosil qiladigan birlikka aylanadi.
kamrog'ida baholanadi. Hisobdan chiqarish guruhidagi alohida aktivlar va majburiyatlarni
baholash talablari 18, 19 va 23-bandlarda belgilangan.
5 Mazkur MHHS ning baholash shartlari3 qo'yidagi aktivlarga (qaysiki keltirilgan
MHXSlar orqali qamrab olinadi) nisbatan, alohida aktivlar sifatida yoki hisobdan chiqarish
guruhining qismi sifatida, qo'llanilmaydi:
(a) muddati uzaytirilgan soliq aktivlari (BHXS 12 «Foyda soliqlari»).
(b) xodimlar daromadlaridan yuzaga keladigan aktivlar (BHXS 19 «Xodimlarning
daromadlari»).
(v) MHXS 9 «Moliyaviy instrumentlar» ning qo'llash doirasidagi moliyaviy aktivlar.
(g) BHXS 40 «Investitsion mulk» dagi haqqoniy qiymat bo'yicha hisobga olish modeliga
muvofiq hisobga olinadigan uzoq muddatli aktivlar.
(d) BHXS 41 «Qishloq xo'jaligi» ga muvofiq sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy
qiymatda baholanadigan uzoq muddatli aktivlar.
(ye) MHXS 4 «Sug'urta shartnomalari» da ta'riflangan sug'urta shartnomalari asosida
shartnomaviy huquqlar.
5A Sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanadigan uzoq muddatli aktivlarga (yoki
hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan qo'llaniladigan mazkur MHXS dagi tasniflash, taqdim etish
va baholash talablari o'zlarining maqomi bo'yicha mulk egalari sifatida faoliyat yuritadigan
mulk egalari uchun taqsimotga mo'ljallangan sifatida tasniflanadigan (mulk egalari uchun
taqsimotga mo'ljallangan) uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) nisbatan
ham qo'llaniladi.
5B Mazkur MHXS sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga
(yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlarga nisbatan talab
etilgan ochib berishlarni belgilaydi. Boshqa MHXS lardagi ma'lumotlarni ochib berish bo'yicha
talablar bunday aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) nisbatan qo'llanilmaydi,
bunda ushbu MHXSlar quyidagilarni talab etmaguncha:
(a) sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga (yoki
hisobdan chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlarga nisbatan muayyan
ma'lumotlarni ochib berish; yoki
(b) MHXS 5 ning baholash talabi doirasida bo'lmagan hisobdan chiqarish guruhidagi aktivlar
va majburiyatlarning baholanishi to'g'risidagi ma'lumotlar ochib berilishi va bunday ochib
beriladigan ma'lumotlar moliyaviy hisobotlarga boshqa izohlarda oldin ta'minlanmagan bo'lishi.
Sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarga (yoki hisobdan
chiqarish guruhlariga) yoki davom ettirilmaydigan faoliyatlar to'g'risidagi qo'shimcha
ma'lumotlarni ochib berish BHXS 1 ning umumiy talablariga, xususan ushbu Standartning 15 va
125-bandlariga, moslikni ta'minlash uchun zarur bo'lishi mumkin.

Uzoq muddatli aktivlarni (yoki hisobdan chiqarish guruhlarini) sotish uchun mo'ljallangan


sifatida yoki mulk egalari uchun taqsimot sifatida tasniflash

6 Tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish


uchun mo'ljallangan sifatida tasniflashi lozim, agarda uning balans qiymati ukluksiz
foydalanish orqali emas, balki asosan sotuv operatsiyasi orqali qoplansa.
7 Buni amalga oshirish uchun, aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) o'zining joriy
holatida bevosita sotuv uchun mavjud bo'lishi shart, bunda u faqatgina bunday aktivlar (yoki
hisobdan chiqarish guruhlari) bo'yicha odatiy va majburiy bo'lgan shartlarga shartli ravishda
bo'ladi va uning sotuvi yuqori ehtimolli bo'lishi shart.
8 Sotuv yuqori ehtimolli bo'lishi uchun, rahbariyatning tegishli darajasi aktivni (yoki
hisobdan chiqarish guruhini) sotish rejasini qabul qilishi shart va xaridorni izlash va rejani
bajarish

3 18 va 19-bandlardan tashqari, qaysiki ko'rib chiqilayotgan aktivlarni boshqa o'rinli


MHXSlarga muvofiq baholanishini talab etadi.
bo'yicha faol dasturning tashabbusi amalga oshirilishi shart. Bundan tashqari, aktivni (yoki
hisobdan chiqarish guruhini) uning joriy haqqoniy qiymatiga nisbatan oqilona narxda sotish
bo'yicha faol choralar amalga oshirilishi shart. Shu bilan birga, 9-band orqali ruxsat etilgan
holatdan tashqari, sotuv tasniflash sanasidan boshlab bir yil ichida tugatilgan sotuv sifatida
tan olinishni qanoatlantirishi ko'zda tutilishi lozim va rejani bajarish uchun talab etilgan
choralar shuni ko'rsatishi lozimki, rejaga nisbatan yirik o'zgarishlar amalga oshirilishining yoki
reja bekor qilinishining ehtimoli juda kam. Aktsiyadorlarning tasdiqlash ehtimoli (agarda
qonunchilikda talab etilsa) sotuv yuqori ehtimolli bo'lishini baholashning qismi sifatida ko'rib
chiqilishi kerak.
8A Qachonki 6-8 bandlarda belgilangan mezonlar qanoatlantirilsa, shu'ba tadbirkorlik
sub'ekti ustidan nazoratni yo'qotishni qamrab oladigan sotuv rejasini qabul qiladigan
tadbirkorlik sub'ekti ushbu shu'baning jami aktivlarini va majburiyatlarini sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflashi lozim, bunda tadbirkorlik sub'ekti sotuvdan so'ng o'zining
sobiq shu'basida nazorat qilinmaydigan ulushni saqlab qolishidan qat'iy nazar.
9 Hodisalar yoki holatlar sotuvni tugallash davrini bir yildan ortiq muddatga
uzaytirishi mumkin. Sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrning uzaytirilishi aktivni (yoki
hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishidan to'smaydi,
agarda muddatini uzaytirishga tadbirkorlik sub'ektining nazoratidan tashqarida bo'lgan
hodisalar yoki holatlar sabab bo'lsa va tadbirkorlik sub'ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish
guruhini) sotish bo'yicha o'z rejasini saqlab qolishi to'g'risida yetarlicha dalil mavjud bo'lsa. Bu
esa B-ilovadagi mezonlar qanoatlantirilgan holatda bo'lishi mumkin.
10 Sotuv operatsiyalari uzoq muddatli aktivlarni boshqa uzoq muddatli aktivlarga
ayirboshlashlarni o'z ichiga oladi, qachonki ayirboshlash BHXS 16 “Asosiy vositalar” ga muvofiq
tijoriy mohiyatga ega bo'lsa.
11 Qachonki tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish
guruhini) faqatgina uni keyin hisobdan chiqarish maqsadi bilan sotib olsa, u uzoq muddatli
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotib olish sanasida sotish uchun mo'ljallangan
sifatida tasniflashi lozim, agarda 8-banddagi bir yillik talab qanoatlantirilsa (9-band
orqali ruxsat etilgan holatdan tashqari) va ushbu sanada qanoatlantirilmagan 7 va 8-
bandlardagi boshqa har qanday mezonlar sotib olishdan so'ng qisqa muddat ichida (odatda uch oy
ichida) qanoatlantirilishi yuqori ehtimolga ega bo'lsa.
12 Agarda 7 va 8-bandlardagi mezonlar hisobot davridan keyin qanoatlantirilsa,
moliyaviy hisobotlar chiqarilgan paytda tadbirkorlik sub'ekti ushbu uzoq muddatli aktivni
(yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo'ljallangan sifatida ushbu hisobotlarda
tasniflamasligi lozim. Biroq, qachonki ushbu mezonlar hisobot davridan keyin ammo moliyaviy
hisobotlar chop etilishiga ruxsat berilishidan oldin qanoatlantirilsa, tadbirkorlik sub'ekti
41(a), (b) va (g)- bandda belgilangan ma'lumotlarni izohlarda ochib berishi lozim.
12A Qachonki tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini)
mulk egalariga taqsimlash to'g'risida qaror qabul qilsa, aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi)
mulk egalariga taqsimot uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanadi. Bunday holat bo'lishi uchun,
aktivlar o'zlarining joriy holatida bevosita taqsimlanish uchun mavjud bo'lishi shart va
taqsimlash yuqori ehtimolga ega bo'lishi shart. Taqsimlash yuqori ehtimolli bo'lishi uchun,
taqsimlashni tugallash choralari tashabbusi amalga oshirilgan bo'lishi shart va tasniflash
sanasidan boshlab bir yil ichida tugallanishi ko'zda tutilishi kerak. Taqsimlashni tugallash uchun
talab etilgan choralar shuni ko'rsatishi lozimki, taqsimlashga nisbatan yirik o'zgarishlar amalga
oshirilishining yoki taqsimlash bekor qilinishining ehtimoli juda kam. Aktsiyadorlarning
tasdiqlash ehtimoli (agarda qonunchilikda talab etilsa) taqsimlash yuqori ehtimolli bo'lishini
baholashning qismi sifatida ko'rib chiqilishi kerak.

Foydalanilishi to'xtatiladigan uzoq muddatli aktivlar

13 Tadbirkorlik sub'ekti foydalanilishi to'xtatiladigan uzoq muddatli aktivlarni (yoki
hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflamasligi lozim. Bunga
sabab shuki, uning balans qiymati asosan ukluksiz foydalanishdan qoplanadi. Biroq, agarda
foydalanilishi to'xtatiladigan hisobdan chiqarish guruhi 32(a)–(v) banddagi mezonlarni
qanoatlantirsa, tadbirkorlik sub'ektlari 33 va 34-bandlarga muvofiq hisobdan chiqarish
guruhining natijalarini va pul oqimlarini uning foydalanilishi to'xtatiladigan sanada davom
ettirilmaydigan faoliyatlar sifatida taqdim etishi lozim. Foydalanilishi to'xtatiladigan uzoq
muddatli aktivlar (hisobdan chiqarish guruhlari) o'zlarining iqtisodiy foydalanish muddatlari
oxiriga qadar foydalaniladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish guruhlarini)
hamda
sotiladigan emas, balki yopiladigan uzoq muddatli aktivlarni (hisobdan chiqarish guruhlarini)
o'z ichiga oladi.
14 Tadbirkorlik sub'ekti foydalanishdan vaqtinchalik ozod etilgan uzoq muddatli aktivni
xuddiki undan foydalanish to'xtatilgandek hisobga olmasligi lozim.

Sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlarni (yoki hisobdan


chiqarish guruhlarini) baholash

Uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) baholash

15 Tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati bilan sotish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymati o'rtasidagi kamrog'ida baholashi lozim.
15A Tadbirkorlik sub'ekti mulk egalariga taqsimlash uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan
uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans qiymati bilan taqsimlash
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati o'rtasidagi kamrog'ida baholashi lozim.4
16 Agarda yangi sotib olingan aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantirsa (11-bandga qarang), 15-bandni
qo'llash dastlabki tan olinishda aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) uning balans
qiymati, agarda shunday tasniflanmagan bo'lsa (maslan, tannarxda), bilan sotish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymati o'rtasidagi kamrog'ida baholanishiga olib keladi. Demak,
agarda aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) biznes birlashuvining qismi sifatida sotib
olinsa, u sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholanishi lozim.
17 Qachonki sotuv bir yildan ortiq muddatda sodir bo'lishi kutilsa, tadbirkorlik
sub'ekti sotish xarajatlarini ularning keltirilgan (diskontlangan) qiymatida baholashi
lozim. Vaqt o'tishidan yuzaga keladigan sotish xarajatlarining keltirilgan (diskontlangan)
qiymatidagi har qanday ko'payish foyda yoki zararda moliyalashtirish xarajati sifatida taqdim
etilishi lozim.
18 Aktivning (yoki hisobdan chiqarish guruhining) sotish uchun mo'ljallangan sifatida
dastlabki tasniflanishidan bevosita oldin, aktivning (yoki guruhdagi barcha aktivlar va
majburiyatlarning) balans qiymatlari o'rinli MHXSlarga muvofiq baholanishi lozim.
19 Hisobdan chiqarish guruhining keyingi qayta baholanishida, hisobdan chiqarish
guruhining sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati qayta baholanishidan oldin,
mazkur MHXS ning baholash talablari doirasida bo'lmagan, ammo sotish uchun mo'ljallangan
sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilgan, har qanday aktivlarning va
majburiyatlarning balans qiymatlari o'rinli MHXSlarga muvofiq qayta baholanishi lozim.

Qadrsizlanish bo'yicha zararlarni va ularning qayta tiklanishini tan olish

20 Tadbirkorlik sub'ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish xarajatlari
chegirilgandagi haqqoniy qiymatgacha har qanday dastlabki yoki keyingi qisman hisobdan
chiqarish bo'yicha qadrsizlanish zararini tan olishi lozim va buni amalga oshirishi u 19-bandga
muvofiq tan olinmagan darajada bo'ladi.
21 Tadbirkorlik sub'ekti aktivning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy
qiymatidagi har qanday keyingi ko'payish bo'yicha foydani tan olishi lozim, ammo bu mazkur MHXS
ga muvofiq yoki oldin BHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” ga muvofiq tan olingan yig'ilgan
qadrsizlanish zararidan ortiq summada bo'lmasligi lozim.
22 Tadbirkorlik sub'ekti hisobdan chiqarish guruhining sotish xarajatlar chegirilgandagi
haqqoniy qiymatidagi har qanday keyingi ko'payish bo'yicha foydani tan olishi lozim:

4 Taqsimlash xarajatlari taqsimlashga bevosita tegishli bo'lgan qo'shimcha xarajatlar


bo'lib, bunga moliyalashtirish xarajatlari va daromad solig'i xarajati kirmaydi.
(a) buni amalga oshirish u 19-bandga muvofiq tan olinmagan darajada bo'ladi; ammo
(b) bu mazkur MHXS ga muvofiq yoki oldin BHXS 36 ga muvofiq, mazkur MHXS ning baholash
talablari doirasida bo'lgan uzoq muddatli aktivlar bo'yicha tan olingan yig'ilgan qadrsizlanish
zararidan ortiq summada bo'lmasligi lozim.
23 Hisobdan chiqarish guruhi bo'yicha tan olingan qadrsizlanish zarari (yoki har qanday
keyingi foyda) mazkur MHXS ning baholash talablari doirasida bo'lgan guruhdagi uzoq muddatli
aktivlarning balans qiymatini, BHXS 36 (2004 yilda o'zgartirilgan) ning 104(a) va (b) va
122-bandlarida belgilangan taqsimlash tartibida, kamaytirishi (yoki oshirishi) lozim.
24 Uzoq muddatli aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotuvining sanasi holatiga oldin
tan olinmagan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish sanasida tan olinishi lozim. Hisobdan
chiqarishga tegishli talablar quyidagi bandlarda belgilangan:
(a) asosiy vositalar uchun BHXS 16 (2003 yilda o'zgartirilgan) ning 67-72 bandlari va
(b) nomoddiy aktivlar uchun BHXS 38 “Nomoddiy aktivlar” (2004 yilda o'zgartirilgan) ning
112-117 bandlari.
25 Tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktiv bo'yicha u sotish uchun mo'ljallangan
sifatida tasniflanganda yoki sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish
guruhining qismi bo'lganda eskirish (yoki amortizatsiya) hisoblamasligi lozim. Sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhining majburiyatlariga tegishli
foizli va boshqa xarajatlarning tan olinishi davom ettirilishi lozim.

Sotuv rejasiga o'zgartirishlar

26 Agarda tadbirkorlik sub'ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflagan bo'lsa, ammo 7-9 bandlardagi mezonlar bundan buyon
qanoatlantirilmasa, tadbirkorlik sub'ekti aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish
uchun mo'ljallangan sifatida tasniflashni to'xtatishi lozim.
27 Tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishi to'xtaydigan
(yoki sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhiga kiritilishi
to'xtaydigan) uzoq muddatli aktivni quyidagilarning kamrog'ida baholashi lozim:
(a) aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflanishidan oldingi uning balans qiymatining shunday eskirish, amortizatsiya yoki qayta
baholashlar summasiga to'g'rilanganiki, qaysiki tan olingan bo'lar edi, agarda aktiv (yoki
hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanmaganda edi, va
(b) keyingi sotmaslik qarori sanasidagi uning tiklash summasi.5
28 Tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishdan to'xtaydigan
uzoq muddatli aktivning balans qiymatiga nisbatan har qanday to'g'rilashni davomiy
faoliyatlardan foyda yoki zararda shunday davrda hisobga olishi lozimki, qachonki 7-9
bandlardagi mezonlar bundan buyon qanoatlantirmaydi. Sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflanishdan buyon davrlar bo'yicha moliyaviy hisobotlar mos tarzda o'zgartirilishi lozim,
agarda sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishdan to'xtaydigan hisobdan chiqarish guruhi
yoki uzoq muddatli aktiv shu'ba tadbirkorlik sub'ekti, birgalikdagi faoliyat, qo'shma korxona,
qaram tadbirkorlik sub'ekti, yoki qo'shma korxonadagi yoki qaram tadbirkorlik sub'ektidagi
ulushning qismi bo'lsa. Tadbirkorlik sub'ekti ushbu to'g'rilashni umumlashgan daromad to'g'risidagi
hisobotning, agarda mavjud bo'lsa, 37-bandga muvofiq tan olingan foyda yoki zarar taqdim
etiladigan moddasida aks ettirishi lozim.
29 Agarda tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan
hisobdan chiqarish guruhidan alohida aktiv yoki majburiyatni chiqarib tashlasa, sotiladigan
hisobdan chiqarish guruhining qolgan aktivlari va majburiyatlari guruh sifatida baholanishda
davom etishi lozim, faqatgina agarda guruh 7-9 bandlardagi mezonlarni qanoatlantirsa. Aks
holda, sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini alohida tarzda
qanoatlantiradigan guruhning qolgan uzoq muddatli aktivlari alohida tarzda ularning balans
qiymatlari bilan ushbu

5 Agarda uzoq muddatli aktiv pul mablag'larini hosil qiladigan birlikning qismi


bo'lsa, uning tiklash summasi ushbu pul mablag'larini hosil qiladigan birlikdan yuzaga
keladigan har qanday qadrsizlanish zararining BHXS 36 ga muvofiq taqsimlanishidan keyin tan
olinishi mumkin bo'lgan balans summasidir.
sanadagi sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatlari o'rtasidagi kamrog'ida
baholanishi lozim. Mezonlarni qanoatlantirmaydigan har qanday uzoq muddatli aktivlarning
26- bandga muvofiq sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishi to'xtatilishi lozim.

Taqdim etish va ma'lumotlarni ochib berish

30 Tadbirkorlik sub'ekti moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilarga davom
ettirilmaydigan faoliyatlar va uzoq muddatli aktivlarning (yoki hisobdan chiqarish
guruhlarining) moliyaviy ta'sirlarini baholashda yordam beradigan ma'lumotlarni taqdim etishi
va ochib berishi lozim.

Davom ettirilmaydigan faoliyatlarni taqdim etish



31 Tadbirkorlik sub'ektining bo'lagi tadbirkorlik sub'ektining qolgan qismidan,
operatsion tarzda va moliyaviy hisobot maqsadlari bo'yicha, aniq farqlanishi mumkin bo'lgan
faoliyatlarni va pul oqimlarini qamrab oladi. Boshqacha aytganda, tadbirkorlik sub'ektining
bo'lagi foydalanishda bo'lgan paytida pul mablag'larini hosil qiladigan birlik yoki pul
mablag'larini hosil qiladigan birliklar guruhi bo'ladi.
32 Davom ettirilmaydigan faoliyat tadbirkorlik sub'ektining shunday bo'lagi bo'ladiki,
qaysiki hisobdan chiqarilgan bo'ladi, yoki sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan
bo'ladi, hamda
(a) biznesning asosiy yo'nalishini yoki faoliyatlarning geografik joyini aks ettiradi,
(b) biznesning asosiy yo'nalishini yoki faoliyatlarning geografik joyini hisobdan chiqarish
bo'yicha yagona muvofiqlashtirilgan rejaning qismi bo'ladi yoki
(v) faqatgina qayta sotish maqsadi bilan sotib olingan shu'ba tadbirkorlik sub'ekti
bo'ladi.
33 Tadbirkorlik sub'ekti quyidagilarni ochib berishi lozim:
(a) umumlashgan daromad to'g'risidagi hisobotda quyidagilarning jamini qamrab oladigan
yagona summani:
(i) davom ettirilmaydigan faoliyatlarning soliqdan so'nggi foyda yoki zarari va
(ii) sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholash bo'yicha yoki davom
ettirilmaydigan faoliyatni tashkil etadigan aktivlar yoki hisobdan chiqarish guruh(lar)ining
hisobdan chiqarilishi bo'yicha tan olingan soliqdan so'nggi foyda yoki zarar.
(b) (a) dagi yagona summaning quyidagilar asosida tahlili:
(i) davom ettirilmaydigan faoliyatlarning daromadi, xarajatlari va soliqdan oldingi
foyda yoki zarari;
(ii) BHXS 12 ning 81(z)-bandi orqali talab etilgan tegishli daromad solig'i xarajati; va
(iii) sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymatda baholash bo'yicha yoki davom
ettirilmaydigan faoliyatni tashkil etadigan aktivlar yoki hisobdan chiqarish guruh(lar)ining
hisobdan chiqarilishi bo'yicha tan olingan soliqdan so'nggi foyda yoki zarar.
Tahlil izohlarda yoki umumlashgan daromad to'g'risidagi hisobotda taqdim etilishi mumkin.
Agarda u umumlashgan daromad to'g'risidagi hisobotda taqdim etilsa, u davom ettirilmaydigan
faoliyatlarga tegishli sifatida belgilangan bo'limda, ya'ni davomiy faoliyatlardan alohida
tarzda, taqdim etilishi lozim. Tahlil sotib olinishida sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflanish mezonlarini qanoatlantiradigan yangi sotib olingan shu'ba tadbirkorlik
sub'ektlari bo'lgan hisobdan chiqarish guruhlari uchun talab etilmaydi (11-bandga qarang).
(v) davom ettirilmaydigan faoliyatlarning operatsion, investitsion va moliyalashtirish
faoliyatlariga tegishli sof pul oqimlari. Ushbu ochib beriladigan ma'lumotlar izohlarda yoki
moliyaviy hisobotlarda taqdim etilishi mumkin. Ushbu ochib beriladigan ma'lumotlar sotib
olinishida sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanish mezonlarini qanoatlantiradigan yangi
sotib olingan shu'ba tadbirkorlik sub'ektlari bo'lgan hisobdan chiqarish guruhlari uchun talab
etilmaydi (11-bandga qarang).
(g) bosh tashkilotning mulk egalariga tegishli bo'lgan davomiy faoliyatlardan va davom
ettirilmaydigan faoliyatlardan daromad summasi. Ushbu ochib beriladigan ma'lumotlar izohlarda
yoki umumlashgan daromad to'g'risidagi hisobotda taqdim etilishi mumkin.
33A Agarda tadbirkorlik sub'ekti BHXS 1 (2011 yilda o'zgartirilgan) ning 10A-bandida
keltirilgandek foyda yoki zararning moddalarini alohida hisobotda taqdim etsa, davom
ettirilmaydigan faoliyatlarga tegishli sifatida belgilangan bo'lim ushbu hisobotda taqdim
etiladi.
34 Tadbirkorlik sub'ekti 33-banddagi ochib beriladigan ma'lumotlarni moliyaviy
hisobotlarda taqdim etilgan oldingi davrlar uchun qayta taqdim etishi lozimki, bunda ochib
beriladigan ma'lumotlar taqdim etilgan eng oxirgi davr bo'yicha hisobot davri oxiri holatiga
davom ettirilmaydigan barcha faoliyatlarga tegishli bo'ladi.
35 Oldingi davrdagi davom ettirilmaydigan faoliyatning hisobdan chiqarilishiga bevosita
tegishli bo'lgan davom ettirilmaydigan faoliyatlarda oldin taqdim etilgan summalarga nisbatan
joriy davrdagi to'g'rilanishlar davom ettirilmaydigan faoliyatlarda alohida tarzda
tasniflanishi lozim. Bunday to'g'rilashlarning xususiyati va summasi ochib berilishi lozim. Ushbu
to'g'rilanishlar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarga misollar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
(a) hisobdan chiqarish operatsiyasining shartlaridan yuzaga keladigan noaniqliklarning
bartaraf etilishi, masalan sotib oluvchi bilan sotib olish narxi to'g'rilanishlarini va qoplash
masalalarini hal qilish.
(b) qismning hisobdan chiqarilishidan oldin uning faoliyatlaridan va unga bevosita
tegishli bo'lgan holda yuzaga keladigan noaniqliklarning bartaraf etilishi, masalan sotuvchi
tomonidan saqlanadigan ekologik va mahsulot kafolati bo'yicha majburiyatlar.
(v) xodimlarning haqlari tizimi majburiyatini hisob-kitob qilinishi, bunda hisob-kitob
hisobdan chiqarish operatsiyasiga bevosita bog'liq bo'lish sharti ostida bo'ladi.
36 Agarda tadbirkorlik sub'ekti tadbirkorlik sub'ektining qismini sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflashni to'xtatsa, 33-35 bandlarga muvofiq oldin davom
ettirilmaydigan faoliyatlarda taqdim etilgan qism faoliyatlarining natijalari qayta
tasniflanishi va taqdim etilgan barcha davrlar bo'yicha davomiy faoliyatlardan daromad
tarkibiga kiritilishi lozim. Oldingi davrlar uchun summalar qayta taqdim etilgandek
tasvirlanishi lozim.
36A Shu'ba tadbirkorlik sub'ekti ustidan nazoratni yo'qotishni qamrab olgan sotuv rejasini
bajaradigan tadbirkorlik sub'ekti 33-36 bandlarda talab etilgan ma'lumotlarni ochib berishi
lozim, qachonki shu'ba tadbirkorlik sub'ekti 32-bandga muvofiq davom ettirilmaydigan faoliyat
ta'rifini qanoatlantiradigan hisobdan chiqarish guruhini tashkil etadi.

Davomiy faoliyatlarga tegishli foyda yoki zararlar

37 Davom ettirilmaydigan faoliyat ta'rifini qanoatlantirmaydigan va sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini)
qayta baholash bo'yicha har qanday foyda yoki zarar davomiy faoliyatlardan foyda yoki zararda
aks ettirilishi lozim.

Sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivni yoki hisobdan chiqarish


guruhini taqdim etish

38 Tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli


aktivni va sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhining
aktivlarini moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda boshqa aktivlardan alohida tarzda taqdim
etishi lozim. Sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan hisobdan chiqarish guruhining
majburiyatlari moliyaviy holat to'g'risidagi hisobotda boshqa majburiyatlardan alohida tarzda
taqdim etilishi lozim. Ushbu aktivlar va majburiyatlar o'zaro hisob-kitob qilinmasligi va
yagona summa sifatida taqdim etilmasligi lozim. Sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflangan aktivlar va majburiyatlarning asosiy turkumlari moliyaviy holat to'g'risidagi
hisobotda yoki izohlarda alohida tarzda taqdim etilishi lozim, bundan 39-bandda ruxsat
etilgan holat mustasno. Tadbirkorlik sub'ekti sotish uchun mo'ljallangan sifatida
tasniflangan uzoq muddatli aktivga (yoki hisobdan chiqarish guruhiga) tegishli holda boshqa
umumlashgan daromadda tan olingan har qanday yig'ilgan daromad yoki xarajatni alohida tarzda
taqdim etishi lozim.
Agarda hisobdan chiqarish guruhi sotib olishda sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflash
mezonini qanoatlantiradigan yangi sotib olingan shu'ba tadbirkorlik sub'ekti bo'lsa (11-
bandga qarang), aktivlar va majburiyatlarning asosiy turkumlarining ochib berilishi talab
etilmaydi.
Tadbirkorlik sub'ekti eng oxirgi taqdim etilgan davr uchun moliyaviy holat to'g'risidagi
hisobotda tasniflashni aks ettirish maqsadida oldingi davrlar uchun moliyaviy holat
to'g'risidagi hisobotda sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli aktivlar
yoki hisobdan chiqarish guruhlarining aktivlari va majburiyatlari bo'yicha taqdim etilgan
summalarni qayta tasniflamasligi yoki qayta taqdim etmasligi lozim.

Qo'shimcha ma'lumotlarni ochib berish

Tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) sotish uchun
mo'ljallangan sifatida tasniflangan yoki sotilgan davrdagi izohlarda quyidagi ma'lumotlarni
ochib berishi lozim:
(a) uzoq muddatli aktivning (yoki hisobdan chiqarish guruhining) izohi;
(b) sotuvga tegishli bo'lgan yoki kutilgan hisobdan chiqarishga olib keladigan dalillar va
holatlarning izohi va ushbu hisobdan chiqarishning tarzi va muddati;
(v) 20-22 bandlarga muvofiq tan olingan foyda yoki zarar va, agarda umumlashgan
daromad to'g'risidagi hisobotda alohida taqdim etilmagan bo'lsa, umumlashgan daromad
to'g'risidagi hisobotda ushbu foyda yoki zararni qamrab oladigan bo'lim;
(g) agarda qo'llash mumkin bo'lsa, uzoq muddatli aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) MHXS
8 Operatsion segmentlar ga muvofiq taqdim etiladigan hisobot segmenti.
39 Agarda 26-band yoki 29-band qo'llanilsa, uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish
guruhini) sotish rejasini o'zgartirish qarorining davrida, tadbirkorlik sub'ekti qarorga olib
keladigan dalillar va holatlarning izohini va qarorning davr va taqdim etilgan oldingi
davrlar uchun faoliyatlar natijalariga ta'sirini ochib berishi lozim.

O'tish qoidalari

MHXS sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflash mezonini qanoatlantiradigan uzoq muddatli
aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) va davom ettirilmaydigan sifatida tasniflash
mezonini qanoatlantiradigan faoliyatlarga nisbatan MHXS ning kuchga kirish sanasidan keyin
prospektiv tarzda qo'llanilishi lozim. Tadbirkorlik sub'ekti MHXS ning talablarini sotish
uchun mo'ljallangan sifatida tasniflash mezonini qanoatlantiradigan barcha uzoq muddatli
aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga) va davom ettirilmaydigan sifatida tasniflash
mezonini qanoatlantiradigan faoliyatlarga nisbatan MHXS ning kuchga kirish sanasidan oldingi
har qanday sanadan keyin qo'llashi mumkin, agarda MHXS ni qo'llash uchun zarur bo'lgan
baholashlar va boshqa ma'lumotlar ushbu mezonlar dastlab qanoatlantirilgan paytda olingan
bo'lsa.

Kuchga kirish sanasi



Tadbirkorlik sub'ekti mazkur MHXS ni 2005 yil 1 yanvardan boshlanadigan va undan keyingi
yillik davrlar uchun qo'llashi lozim. Muddatidan oldin qo'llash ma'qullanadi. Agarda
tadbirkorlik sub'ekti mazkur MHXS ni 2005 yil 1 yanvardan oldin boshlanadigan davr uchun
qo'llasa, u ushbu ma'lumotni ochib berishi lozim.
1 (2007 yilda o'zgartirilgan) MHXSlarda foydalanilgan atamalarni o'zgartirdi. Shu bilan
birga, unga asosan 3 va 38-bandlar ham o'zgartirildi va 33A-band qo'shildi. Tadbirkorlik
sub'ekti mazkur o'zgarishlarni 2009 yil 1 yanvardan boshlanadigan va undan keyingi yillik
davrlar uchun qo'llashi lozim. Agar tadbirkorlik sub'ekti BHXS 1 (2007 yilda o'zgartirilgan)
ni oldingi davr uchun qo'llasa, o'zgarishlar ushbu oldingi davr uchun qo'llanilishi lozim.
27 “Jamlangan (konsolidatsiyalashgan) va alohida moliyaviy hisobotlar” (2008 yilda
o'zgartirilgan) ga asosan 33(g)-band qo'shildi. Tadbirkorlik sub'ekti mazkur o'zgarishni 2009
yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlar uchun qo'llashi lozim. Agar
tadbirkorlik sub'ekti BHXS 27 (2008 yilda o'zgartirilgan) ni oldingi davr uchun qo'llasa,
o'zgarish ushbu oldingi davr uchun qo'llanilishi lozim. O'zgarish retrospektiv tarzda qo'llanilishi
lozim.
yil may oyida chop etilgan MHXSlarga takomillashtirishlar ga asosan 8A va
36A-bandlar qo'shildi. Tadbirkorlik sub'ekti mazkur o'zgarishlarni 2009 yil 1 iyuldan
boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlar uchun qo'llashi lozim. Muddatidan oldin qo'llashga
ruxsat etiladi. Biroq, tadbirkorlik sub'ekti BHXS 27 (2008 yil yanvarda o'zgartirilgan) ni
ham qo'llamaguncha, mazkur o'zgarishlarni 2009 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi
yillik davrlar uchun qo'llamasligi lozim. Agarda tadbirkorlik sub'ekti o'zgarishlarni 2009 yil
1 iyuldan oldin qo'llasa, u ushbu ma'lumotni ochib berishi lozim. Tadbirkorlik sub'ekti
o'zgartirishlarni u birinchi marta MHXS 5 ni qo'llagan sanadan boshlab prospektiv tarzda
qo'llashi lozim va bu BHXS 27 (2008 yil yanvarda o'zgartirilgan) ning 45-bandidagi o'tish
shartlariga shartli ravishda amalga oshiriladi.
44G 2008 yil noyabr oyida MHXSSHQ 17 “Pul mablag'i bo'lmagan aktivlarni mulk egalariga
taqsimlash” ga asosan 5A, 12A va 15A-bandlar qo'shildi va 8 o'zgartirildi. Ushbu o'zgarishlar
2009 yil 1 iyuldan boshlanadigan va undan keyingi yillik davrlardagi mulk egalariga taqsimot
sifatida tasniflangan pul mablag'i bo'lmagan aktivlarga (yoki hisobdan chiqarish guruhlariga)
nisbatan prospektiv tarzda qo'llanilishi lozim. Retrospektiv qo'llashga ruxsat etilmaydi.
Muddatidan oldin qo'llash ma'qullanadi. Agarda tadbirkorlik sub'ekti o'zgarishlarni 2009 yil 1
iyuldan oldin boshlanadigan davr uchun qo'llasa, u ushbu ma'lumotni ochib berishi va MHXS 3
“Biznes birlashuvlari” (2008 yilda o'zgartirilgan), BHXS 27 (2008 yil yanvarda o'zgartirilgan)
va MHXSSHQ 17 ni ham qo'llashi lozim.
44D 2009 yil aprel oyida chop etilgan MHXSlarga takomillashtirishlar ga asosan 5V-band
qo'shildi. Tadbirkorlik sub'ekti mazkur o'zgarishni 2010 yil 1 yanvardan boshlanadigan va undan
keyingi yillik davrlar uchun prospektiv tarzda qo'llashi lozim. Muddatidan oldin qo'llashga
ruxsat etiladi. Agarda tadbirkorlik sub'ekti o'zgarishni oldinroq bo'lgan davr uchun qo'llasa,
u ushbu ma'lumotni ochib berishi lozim.
44E 2010 yil oktyabr oyida chop etilgan MHXS 9 ga asosan 5-band o'zgartirildi. Qachon
tadbirkorlik sub'ekti 2010 yil oktyabr oyida chop etilgan MHXS 9 ni qo'llasa, u mazkur
o'zgarishni qo'llashi lozim.
44J 2011 yil may oyida chop etilgan MHXS 11 “Birgalikdagi faoliyat bo'yicha kelishuvlar” ga
asosan 28-band o'zgartirildi. Qachon tadbirkorlik sub'ekti MHXS 11 ni qo'llasa, u ushbu
o'zgarishni qo'llashi lozim.
44Z 2011 yil may oyida chop etilgan MHXS 13 “Haqqoniy qiymatni baholash” ga asosan A-
ilovadagi haqqoniy qiymat ta'rifi o'zgartirildi. Qachon tadbirkorlik sub'ekti MHXS 13 ni
qo'llasa, u mazkur o'zgarishni qo'llashi lozim.
44I 2011 yil iyun oyida chop etilgan “Boshqa umumlashgan daromad moddalarini taqdim
etish” (BHXS 1 ga o'zgartirishlar) ga asosan 33A-band o'zgartirildi. Qachon tadbirkorlik
sub'ekti 2011 yil iyun oyida o'zgartirilgan BHXS 1 ni qo'llasa, u mazkur o'zgarishni qo'llashi
lozim.

A-ilova
Ta'riflangan atamalar

Mazkur ilova MHXS ning ajralmas qismidir.

pul mablag'larini hosil qiladigan birlik



tadbirkorlik sub'ektining qismi
Aktivlarning eng kichik aniqlanadigan guruhi bo'lib, u boshqa aktivlardan yoki aktivlar
gurhlaridan pul oqimlaridan ko'proq tarzda mustaqil bo'lgan pul oqimlarini yuzaga keltiradi.
Tadbirkorlik sub'ektining qolgan qismidan, operatsion tarzda va moliyaviy hisobot
maqsadlarida, aniq farqlanishi mumkin bo'lgan faoliyatlar va pul oqimlari.
sotish xarajatlari Aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) hisobdan chiqarilishiga
bevosita terishli bo'lgan qo'shimcha xarajatlar, bunda moliyalashtirish xarajatlari va daromad
solig'i xarajatidan tashqari.
joriy aktiv Tadbirkorlik sub'ekti aktivni joriy sifatida tasniflashi lozim, qachonki:
(a) u o'zining odatiy operatsion davrida aktivni o'zlashtirishni ko'zda tutadi, yoki uni
sotishni yoki iste'mol qilishni rejalashtiradi;
(b) u aktivga asosan savdo maqsadida egalik qiladi;
(v) u hisobot davridan keyin o'n ikki oy ichida aktivni o'zlashtirishni ko'zda tutadi; yoki
(g) aktiv pul mablag'idir yoki pul mablag'm ekvivalentidir (BHXS 7 da ta'riflangandek),
bunda aktiv hisobot davridan keyin o'n ikki oy ichida ayirboshlanishdan yoki majburiyatni
hisob-kitobda foydalanilishdan cheklangan bo'lmaguncha.
davom ettirilmaydigan faoliyat
hisobdan chiqarish guruhi
Tadbirkorlik sub'ektining qismi bo'lib, u hisobdan chiqarilgan yoki sotish uchun mo'ljallangan
sifatida tasniflangan va:
(a) biznesning alohida asosiy yo'nalishini yoki faoliyatlarning geografik joyini aks
ettiradi,
(b) biznesning alohida asosiy yo'nalishini yoki faoliyatlarning geografik joyini hisobdan
chiqarish bo'yicha yagona muvofiqlashtirilgan rejasining qismini tashkil etadi yoki
(v) faqatgina qayta sotish maqsadida sotib olingan shu'ba tadbirkorlik sub'ekti.
Sotuv yoki boshqa usullar orqali, yagona operatsiyada guruh sifatida birgalikda hisobdan
chiqariladigan aktivlar hamda operatsiyada o'tkaziladigan va ushbu aktivlarga bevosita
bog'langan majburiyatlar guruhidir. Guruh biznes birlashuvida sotib olingan gudvillni o'z
ichiga oladi, agarda guruh BHXS 36 Aktivlarning qadrsizlanishi (2004 yilda o'zgartirilgan)
ning 80-87 bandlarining talablariga muvofiq gudvill taqsimlangan pul mablag'larini hosil
qiladigan birlik bo'lsa yoki agarda u bunday pul mablag'larini hosil qiladigan birlik ichidagi
faoliyat bo'lsa.
haqqoniy qiymat Haqqoniy qiymat bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o'rtasidagi
tartibli operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo'lgan yoki majburiyatni o'tkazishda
to'lanishi mumkin bo'lgan narxdir. (MHXS 13 ga qarang.)
qat'iy sotib olish kelishuvi
Ikki tomonni bog'laydigan va odatda qonuniy kuchga ega bo'lgan holda, o'zaro bog'liq bo'lmagan
tomon bilan kelishuv bo'lib, u (a) barcha ahamiyatli shartlarni, jumladan operatsiyalarning
narxini va muddatini, belgilaydi va (b) bajarishni yuqori ehtimolli qilishda yetarli darajada
sezilarli bo'lgan bajarmaslik moyilsizligini o'z ichiga oladi.
yuqori ehtimolli Ehtimolliga nisbatan ahamiyatli darajada mumkin bo'lgan.

uzoq muddatli aktiv Joriy aktiv ta'rifini qanoatlantirmaydigan aktivdir.


Ehtimolli Imkonsizlikka qaraganda ko'proq mumkin bo'lishlik.
tiklash summasi Aktivning sotish xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati bilan uning
foydalanishdagi qiymati o'rtasidagi yuqorirog'i hisoblanadi.
foydalanishdagi qiymat
Aktivdan ukluksiz foydalanishdan va uning foydalanish muddati oxirida uning hisobdan
chiqarilishidan yuzaga kelishi kutilan baholangan kelgusi pul oqimlarining keltirilgan
(diskontlangan) qiymatidir.

B-ilova
Qo'llashga qo'shimcha

Mazkur ilova MHXS ning ajralmas qismidir.

Sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrni uzaytirish



B1 9-bandda ta'kidlanganidek, sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrni uzaytirish
aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotuv uchun mo'ljallangan sifatida tasniflanishidan
to'smaydi, agarda muddatini uzaytirish tadbirkorlik sub'ekti nazoratidan tashqarida bo'lgan
hodisalar yoki holatlar orqali sodir bo'lsa va tadbirkorlik sub'ekti aktivni (yoki hisobdan
chiqarish guruhini) sotish bo'yicha o'z rejasini saqlab qolishi to'g'risida yetarlicha dalil mavjud
bo'lsa. Shu tufayli, 8- banddagi bir yillik talabga istisno bunday hodisalar yoki holatlar
yuzaga keladigan quyidagi holatlarda qo'llanilishi lozim:
(a) tadbirkorlik sub'ekti uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) sotish
rejasini qat'iy bajarishga qaror qilgan sanada, u oqilona tarzda boshqalar (sotib oluvchi
emas) tomonidan aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) o'tkazish bo'yicha shunday shartlar
belgilanishini ko'zda tutadiki, qaysiki sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrni
uzaytiradi va:
(i) ushbu shartlarga munosabat bildirish uchun zaruriy choralarni qat'iy sotib olish
kelishuviga ega bo'lgunga qadar amalga oshirish imkoni bo'lmaydi va
(ii) qat'iy sotib olish kelishuvi bir yil ichida yuqori ehtimollidir.
(b) tadbirkorlik sub'ekti qat'iy sotib olish kelishuviga ega bo'ladi va, natijada,
xaridor yoki boshqalar kutilmaganda oldin sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq
muddatli aktivni (yoki hisobdan chiqarish guruhini) o'tkazish bo'yicha shunday shartlar
belgilaydiki, qaysiki sotuvni tugallash uchun talab etilgan davrni uzaytiradi va:
(i) shartlarga munosabat bildirish uchun zarur bo'lgan davriy choralar amalga oshirilgan
bo'ladi va
(ii) muddatini uzaytiradigan omillarning qulay qarori kutiladi.
(v) dastlabki bir yil davr mobaynida, oldin ehtimolsiz deb hisoblangan holatlar yuzaga
keladi va, natijada, oldin sotish uchun mo'ljallangan sifatida tasniflangan uzoq muddatli
aktiv (yoki hisobdan chiqarish guruhi) ushbu davr oxiri holatiga sotilmaydi va:
(i) dastlabki bir yil davr mobaynida tadbirkorlik sub'ekti holatlardagi o'zgarishga
munosabat bildirish uchun zarur bo'lgan chorani amalga oshirgan bo'ladi,
(ii) holatlardagi o'zgarish inobatga olingan holda, uzoq muddatli aktivni (yoki hisobdan
chiqarish guruhini) oqilona hisoblangan narxda sotish bo'yicha faol marketing amalga oshiriladi
va
(iii) 7 va 8-bandlardagi mezonlar qanoatlantiriladi.

Download 40,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish