Moliyaviy hisobotlar axborot foydalanuvchilarining keng doirasi uchun



Download 309,73 Kb.
bet5/9
Sana27.06.2022
Hajmi309,73 Kb.
#709214
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs yangi

Hisoblash tartibi: xaqqoniy baholash xo‘jalik faoliyatining
aktivlari va jarayonlariga nisbatan farqlanadi.
Aktivlarni odilona baholash korxonalarning moliyaviy
natijaviyligiga, jarayonlarni odilona baholash esa kapitallashuv
jarayoniga ta’sir etadi. Biologik aktivlarning (boquvdagi va o‘stiruvdagi
jonivorlar, o‘simliklar) odilona baholanishidagi o‘zgarishlar foyda va
zararlarga, asosiy vositalarni qayta baholanishi esa korxona kapitalining
o‘zgarishiga olib boriladi.
Biologik aktivlar “odilona baholash” kabi hisobning yangi
tushunchasidir. MHXSga muvofiq biotransformatsiyalashuvni
boshqarishni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jalik faoliyati biologik
aktivlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yaratishni yoki qo‘shimcha
biologik aktivlarni etishtirishni nazarda tutadi.
Baholash tartibi. Odilona baholash aktivlarning turiga va ular
qiymatining o‘zgarish darajasiga bog‘liq.
Odilona qiymat raqobatbardosh bozor baholariga (sotuvchi va
oluvchilarning axborotlar to‘liqligiga tayangan holda dallolsiz
kelishuvlarga) tayangan holda aniqlanadi. Agar aktivning bozor bahosini
aniqlash imkoni bo‘lmasa, ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatish
muddatlarida keltiradigan daromadligiga qarab aniqlanadi. Agarda,
aktivlarning kelgusida, daromad keltirishini aniqlash imkoni bo‘lmasa,
qayta tiklash qiymati bo‘yicha baholanadi. Ayrim va juda kam
kuzatiladigan hollarda, ya’ni yuqorida keltirilgan usullardan birontasi
odilona qiymatni aniqlash imkonini bermasa, u holda dastlabki qiymat
bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Moliyaviy holatni reyting baholash orqali turli tashkilot va
korxonalarning o‘zaro bir-biriga nisbatan faollik darajasiga baho
beriladi. Ushbu jarayonni, bir tizimga, tarmoqka kiruvchi korxonalarga
nisbatan makro ko‘lamda o‘rganish masalasi sifatida qarash mumkin.
Ushbu masala ikkita jihat bilan xarakterlanadi.
Birinchi jihat bir nechta korxonalarning faoliyatini kompleks baholashning tahlil etuvchi tomonidan tarkiblangan muxim ko‘rsatkichlar tizimiga tayangan holda taqqoslashni va ularni darajalar bo‘yicha ketma-ketligini belgilashni
nazarda tutadi.
Ikkinchi jihati korxonalar o‘rtasida etalon sifatida olingan bir nechta
natijaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslash asosida o‘tkaziladigan jarayonlar
nazarda tutiladi.
Birinchi jihatda reyting baholash yuzasidan ko‘rsatkichlar tizimi
turlicha tanlanishi, ikkinchi jihatda esa rasmiy belgilangan ko‘rsatkichlar
tizimiga tayaniladi.
Alohida moliyaviy hisobot tuzuvchi, tadbirkorlik subyekti sifatida
faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini reyting
baholash orqali tarkiblash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning
kapitallashuv darajasi bo‘yicha raqobatdoshligini aniqlashning muhim
vositasi hisoblanadi.
Reyting baholash maqsadini korxonalar moliyaviy barqarorligini
baholash orqali ularning raqobatchilar va boshqa subyektlarga nisbatan
qiyosiy o‘rnini belgilab berish tashkil etadi.
Reyting baholashning quyidagi xususiyatlari tarkiblanadi.
- baholashda ishlatiladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar rasmiy chop
etiladigan moliyaviy hisobotlarda aks etgan bo‘lishi lozim;
- reyting baholashning ko‘rsatkichlar tizimini tarkibiga: foydalilik
ko‘rsatkichlari, boshqaruvning samaradorligi ko‘rsatkichlari, ish
aktivligi ko‘rsatkichlari, likvidlilik darajasi va baqarorlik ko‘rsatkichlari
kiritiladi. Har bitta tarkibda uchtadan ettitagacha ko‘rsatkich qatnashadi;
- reyting baholashda barcha tarkib ko‘rsatkichlar bo‘yicha yuqori
darajaga ega bo‘lgan etalon korxona ko‘rsatkichi asos qilib olinadi;
- reyting baholash asosida chikariladigan xulosa moliyaviy holat
tahlili xulosalaridan keskin farq etadi va bunda korxonani iqtisodiy
rivojlanish tendentsiyalariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Reyting baholashda qatnashuvchi koeffitsiyent quyidagi talabalarga
javob berishi lozim
- maksimal darajadagi axborotlikka ega bo‘lishi;
- bir tomonlama xarakterga ega bo‘lishi (masalan koeffitsiyent
o‘sishi moliyaviy holatni yaxshilanishini xarakterlashi lozim)
- barcha ko‘rsatkichlar miqdoriy minimal normalarga ega bo‘lishi
lozim
- rasmiy, chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida
hisoblanishi lozim.
R eyting baholash yuzasidan aniqlanadigan va hisob-kitob
kilinadigan formulani quyidagi birliklar nisbati orqali ifoda etish
mumkin.


Bunda:
L – reyting baholashda aniqlanadigan ko‘rsatkichlar;
N – koeffitsiyentni normativ talabi;
K – koeffitsiyent 1/ L*;
N – indeks.
Ushbu ko‘rsatkichning 1 dan kichkina bo‘lishi moliyaviy holatni
qoniqarsiz ekanligini xarakterlaydi.
Reyting baholashda eng ko‘p ko‘llaniladigan ko‘rsatkichlar qatoriga
quyidagi ko‘rsatkichlar kiritiladi. Bular:
1. O‘z mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti;
2. Balans likvidligi;
3. Avanslangan kapital aylanuvchanligi;
4. Korxona boshqaruvining samaradorligi;
5. Xususiy kapital rentabelligi.


Download 309,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish