Moliyaviy hisobot auditi


 Maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha auditorlik xulosalari



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/271
Sana14.12.2022
Hajmi2 Mb.
#886054
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271
Bog'liq
Moliyaviy hisobot auditi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

8.5. Maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha auditorlik xulosalari 
Maxsus auditorlik topshiriqlari bo’yicha auditorlik xulosasining mohiyati va 
tayinlanishi. 
Majburiy audit bilan bir qatorda auditorlik faoliyatida maxsus auditorlik 


MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING MAQSADI VA UNING ASOSIY 
TAMOYILLARI
115 
topshiriqlari bo’yicha tekshirishlar o’tkazish va mazmuni va tuzilish tartibi umumqabul 
qilinganidan farqlanuvchi maxsus xulosa berish zarurati ham kelib chiqadi. 
Maxsus auditorlik topshirig’i deyilganda auditor va iqtisodiy sub’ekt (yoki boshqa 
huquqqa ega yuridik shaxs) orasidagi shartnoma va/yoki topshiriq bilan buxgalteriya 
hisobotining alohida moddalarini tekshirish, mulklarning sifat holati, iqtisodiy sub’ektning 
moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan bevosita bog’liq kapital va boshqa masalalar, huquqiy-
fuqarolik holatlarini tartibga soluvchi shartnomalar (kontraktlar)ni yuridik va iqtisodiy 
ekspertizasi kabilar tushuniladi. Bunday holatlarda audit o’tkazish tartibi «Maxsus auditorlik 
topshiri bo’yicha auditorlik tashkilotining xulosalari» qoidalari (standarti) bilan belgilangan. 
Rossiya auditi amaliyotida kullaniladigan maxsus topshiriqlar bo’yicha auditorlik 
xulosasini tuzish masalalarini kurib chiqamiz. Quyidagilar maxsus auditorlik topshirig’i 
buyurtmachilari bo’lishi mumkin: 
a) O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida bevosita o’rnatilgan (belgilangan) hujjatlar 
bilan bo’lgan holatda davlat va huquqni muhofaza qilish idoralari
b) litsenziya beruvchi idoralar; 
v) shartnomaviy majburiyatlar asosida boshqa huquqqa doir yuridik shaxslar. 
«a» bandda ko’rsatilgan idoralar deganda surishtiruv va tergov, prokuror, sud, arbitraj sudi, 
bojxona organlari, Respublika Moliya vazirligining nazorat va reviziya bo’limlari va b. 
tushuniladi. 
«b» bandda ko’rsatilgan idoralar deganda O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini 
amalga oshirish uchun litsenziya beradigan idoralar tushuniladi. Boshqa huquqqa oid yuridik va 
jismoniy shaxslar deganda («v» band) «a» va «b» bandlar ta’siriga tushmaydigan shaxslar, 
aynan: sanoq va nazorat palatalari, iqtisodiy sub’ektning mulk egalari va investorlari, iqtisodiy 
sub’ektning yuqori organlari, iqtisodiy sub’ektning tematik topshiriqlar bo’yicha rahbariyati, 
sug’urta tashkilotlari, mustaqil baholovchilar, jamoat tashkilotlari, shu jumladan, jamoatchi 
auditorlik birlashmalari, yuridik shaxsni tashkil etmaydigan tadbirkorlar va b.dan iborat. 
Prokurorning sanktsiyasi (ruxsatnomasi) bo’lganda surishtiruv va tergov idoralari, 
prokuror, sud va arbitraj sudi O’zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligiga mos 
holda auditorlik tashkilotlariga iqtisodiy sub’ektni, agar ko’rsatilgan organlarda qo’zg’otilgan 
jinoyat ishlari (ish qo’zg’otish bilan yangilangan), ish yuritishga qabul qilingan (ish qo’zg’otish 
bilan yangilangan) fuqarolik ishlari yoki arbitraj sudida ko’rib chiqiladigan ishlar mavjud 
bo’lgan hollarda auditorlik tashkilotlariga iqtisodiy sub’ektni maxsus auditorlik topshirig’i bilan 
tekshiruvdan o’tkazish haqida ko’rsatma berilishi mumkin. Bunday topshiriq (ko’rsatma)ning 
mazmuni jinoyat ishi qo’zg’otish uchun (ish qo’zg’otish bilan yangilash) fuqarolik ishi yoki 
arbitraj sudi yurituvidagi ishlarni qo’zg’otish uchun asos bo’lgan holatlarga mos bo’lishi zarur. 
Bunday topshiriqlar bilan auditorlik tekshiruvining muddati auditor bilan (auditorlik firmasi 
bilan) kelishuv bo’yicha, lekin, qoidaga ko’ra, ikki oydan ortiq bo’lmagan muddatga belgilanadi. 
Agar shartnoma tuzilgandan yoki auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq berilgandan 
keyin amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos holda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga yo’l 
qo’yilmaydigan holatlar paydo bo’lsa yoki ma’lum bo’lib qolsa, shartnoma bekor qilinadi
topshiriq esa chaqirib olinadi (bekor qilinadi). 
Auditorlik tekshiruvini o’tkazish va maxsus auditorlik tekshiruvi bo’yicha xulosa tuzishda 
auditorlik tashkiloti tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ektdan hamda har qanday uchinchi tomondan, 
shu jumladan, ularga tekshiruv o’tkazishni topshirgan davlat organlaridan ham, mustaqildir. 
Surishtiruv, prokuror, tergov, sud va arbitraj sudi organlari tomonidan berilgan topshiriq 
bo’yicha o’tkazilgan maxsus auditorlik tekshiruvi davomida olingan ma’lumotlar sud (arbitraj 
sudi) hukmi (qarori) kuchga kirgunga qadar faqat ko’rsatilgan organlarning ruxsati bilan, ular 
mumkin deb topgan hajmda oshkor qilishga berilishi mumkin. 



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   271




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish